Mavzu: djon meynard keys iqtisodiy ta`limoti


Download 0.5 Mb.
bet2/4
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702172
1   2   3   4
Bog'liq
IAKT slayd

Mamlakatda pul masalasini ko`paytirish uchun intilish (pulning qadrini biroz pasaytirish), va shunga muaofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga investitsiyalarni qo`yishni rag`batlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar oshuvini qo`llash (savdo va ishlab chiqarishni rag`batlantirish usuli sifatida), pulning yetishmasligi ishsizlik sababi deb tan olinadi iqtisodiy siyosatning milliy (davlat) xarakteriga ega ekanligi tushuniladi. U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya'ni makroiqtisodiy ko`rsatkichlar bo`lgan milliy daromad va jamg`armalar o`rtasidagi bog`lanish va nisbatlarni tadqiq qilish g`oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot usuli o`z davrida fiziokratlar (F.Kenye, A.Turgo) K.Marks tomonidan qo`llanilgan Keynsgacha mikroiqtisodiy yondashuv, ya'ni alohida xo`jalik obyektlari bo`lgan firmalar iqtisodiyotini tahlil etish rasm bo`lgan edi. Firmaning rivoji millat mamlakat ravnaqi bilan bir deb qaralar edi. Asosiy e'tibor umumiy iqtisodiyotga emas, balki firmaga qaratilgan edi. Keyns ta'limoti iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog`liqdir. Agar Marks kapitalistik tizimning yemirilishini bashorat qilgan bo`lsa, Keyns kapitalizm muhandisi sifatida uni ta'mirlash yo`lini aniqlab berdi. Davlat tomonidan rag`batlantiraladigan talab "samarali talab" konsepsiyasi ilgari suriladi.

Iste'mol talabining yetarlicha o`smasligi yangi investitsiyalarga harajatlarning oshuvi yo`li bilan qoplanishi, ya'ni ishlab chiqarish iste'molining ishlab chiqarish vositalariga qarab oshuvi yo`li bilan qoplanishi mumkin. Shu sababli investitsiyalarning umumiy hajmi bandlik hajmini belgilashda hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Keynsning fikri bo`yicha investitsiyalar hajmi investitsiyalarga bo`lgan intilishga bog`liq. Sohibkor investitsiyalarni kapitalning "eng yuqori samaradorligi" foiz darajasigacha pasaygan paytgacha kengaytiradi (foyda normasi o`lchanadigan rentabellik). Qiyinchilik shundaki, kapitalning rentabelligi pasayadi, foiz darajasi esa mo'tadil bo`ladi. Bu holat yangi investitsiyalar uchun imkoniyatni pasaytiradi, demak, bandlik o`sishi ham kamayadi. Kapital "eng yuqori samaradorligi"ning pasayishi kapital massasining o`sishi, shuningdek, kapitalist-tadbirkorlarning bo`lajak daromadlariga ishonchsizlikka "moyilligi" bilan tushuntiriladi. Keyns ta'limoti bo`yicha bandlikning umumiy hajmi uch omilga - "iste'molga moyillik", "eng yuqori samaradorlik" va foiz normasiga bog`liq. Keyns ochgan "asosiy psixologik qonun" uningcha istalgan jamiyat uchun qo`llanilishi mumkin va iste'mol talabining kamomadi asriy tendensiyaga ega hamda barcha uchun yagona iste'mol qonuni mavjuddir.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling