Mavzu: Doimiy hajmda gaz bosimining temperaturaga bog’liqligi (Sharl qonuni)


Download 220.7 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi220.7 Kb.
#1473748
1   2   3
Bog'liq
gaz qonunlari

Tajriba qurilmasi
Simob tomchilarini yig’ish
- Dastaki vakuum nasosini gazli termometrga ulang va termometrni shunday ushlangki, uning ochiq uchi pastga qarab yo’nalgan bo’lsin. (2-rasmga qarang).
- Dastaki vakuum nasosi yordamida maksimum ortiqcha bosimni Δp yuzaga keltiring va tomchi shaklidagi simobni qavariq joyga (a) to’plang. Dastaki vakuum nasosining manometri ortiqcha bosimni Δp manfiy qiymat tarzida ko’rsatadi.
- Agarda hali ham simobning tomchilari kapillyarda qolsa, kapillyarni sekin turtkilab, ular qavariq joyga (a) siljitiladi.

Gaz hajmini o’rnatish
- Gazli termometrdan foydalanish uchun uni ishchi holatdan (ochiq uchi yuqorida) sekin shunday buringki, simob kapillyarning kirish teshigiga siljisin.
- Dastaki vakuum nasosining ventilyasiya klapanini (b) sekin oching va Δp bosimni sekin 0 ga shunday kamaytiringki, simob yakka bog’langan tomchi bo’lib asta yumalasin.
- Gazli termometr bilan katta trubkani shtativ ustuniga o’rnating. Agar katta simob tomchisi kuchli ventilyasiya yoki vibrasiya natijasida parchalansa, qaytadan simobni yig’ining.

Temperaturani raqamli termometr bilan o’lchash (o’lchash asbobini taqdimot qilish) Gazli termometrga parallel qilib temperatura datchigini NiCr-Ni katta probirkaga kiriting va uni raqamli termometr bilan ulang.

Temperaturani Mobil CASSY yordamida o’lchash (ko’chma o’lchash asbobi)
Gazli termometrga parallel qilib temperatura datchigini NiCr-Ni katta probirkaga kiriting va uni Mobil CASSY bilan ulang.

Texnika xavfsizligi

  • Diqqat: gazli termometr simobga ega.

  • Gazli termometr bilan ishlaganda, iloji boricha tartibga rioya qiling. Shisha idish va o’lchov stakani bilan ishlaganda iloji boricha hushyor bo’ling; shishani sinishiga yo’l bermang.


Ishni bajarish tartibi
- Shisha idishdagi 400 ml hajmli suvni 90 °C gacha elektroplitkada qizdiring
- Issiq suvni ehtiyotlik bilan shisha idishga quying.
- Temperatura ortishini kuzating va temperatura pasaya boshlash momentini kuting.
- Simob ustuni balandligini aniqlang Bu qiymat simob ustuni bilan berkilgan havo hajmini ko’rsatadi. Issiq vanna (probirkadagi suv ) sovushi mobaynida, astasekin quyidagi ishlarni qaytaring:
- Dastaki vakuum nasosi bilan haydab ortiqcha bosimni ∆p to simob ustuni lastlabki balandligiga erishmaguncha oshiring (ya’ni, shunday qilib, doimiy hajmda o’lchash sharoitini ta’minlash uchun, sovush jarayoni vaqtida hajmning kamayishi kompensasiya qilinadi).
- Temperaturani ϑ va ortiqcha bosimni ∆p yozib oling.

Download 220.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling