Mavzu: Doimiy tishlovdagi frontal guruh tishlarining tuzulishi


Download 193.96 Kb.
bet5/5
Sana16.03.2023
Hajmi193.96 Kb.
#1279147
1   2   3   4   5
Bog'liq
REFERAT

Emal (enamelum).Emal tishning toj qismini qoplab turadi.Emalning qalinligi tishning hamma yerida bir xil emas. Tishning bo'yin sohasida emalning qalinligi 0,01 mm, chaynov yuzasida 1,62-3,5 mm. Emalning qattiqligi asosan mineral tuzlarga boyligi va kristallarning joylashishi ta'minlaydi. Qattiqlik jihatidan emal kvars va appatit o'rtasida turadi. Emalda mineralli tuzlar miqdori 96% ni tashkil qiladi. Anorganik moddalarning ko'p qismini kalsiy karbonat va kalsiy fosfat tuzlari tashkil qiladi. Kalsiy ftor birikmasi 4% ni tashkil qiladi. Organik moddalarga mukoproteid va oqsillar kirib, ular 3,5% ni tashkil qiladi. Emalning yuzasi yupqa strukturasiz bo'lgan organik qobiq - kutikula (nasmit parda) bilan qoplangan bo'lib, keyinchalik yo'qolib ketadi va faqat tishning toj qismining kontakt yuzalarida saqlanib qoladi. Bu parda tishning bo'yin qismida milk epiteliysi bilan tutashib ketadi va epitelial birikma deb nomlanadi. Emalning asosiy strukturali elementi emal prizmalari hisoblanadi. Emal prizmalari dentin- emal birikmasidan boshlanibsimon buraladi, keyinchalik radial yo'nalib tishning toj qismida tugaydi. Emalning yo'g'onligi 3-6 mkm, bo'y i esa buralmalar hosil qilgani sababli butun emalning qalinligidan oshadi.Emal prizmalari cho'ziq bo'lib, 5-6 qirralik tuzilmadir.Ushbu prizmalarning 10-20 tasi radial joylashgan emal tutamlarini hosil qiladi.Har bir emal prizmalar orasida kamroq ohaklangan, yelimlovchi organik ipsimon to'r joylashadi.Ushbu to'r oralig'ida esa mineral tuzlar kristallari joylashadi. Elektron mikroskopik kuzatishlarga qaraganda emal prizmalari ko'ndalang kesimda arkadasimon shaklga egadir, ya'ni ular «qulf teshigi»ni eslatadi. Uning uzunchoq dum qismi pastroqda joylashgan prizmalarining yo'g'on qismlari orasida joylashgan. Emal prizmalari va prizmalar oraliqlari qat'iy tartibda yo'nalgan gidroksiappatit kristallaridan tashkil topgan, ularning uzunligi 50-100 nm ni tashkil qiladi. Emal prizmalarining markaziy qismlardagi kristallar prizmaning bo'ylami o'qiga parallel joylashadi, prizma qirg'og'ida esa 45-50° burchak ostidabo'ladi. Emal prizmalarining yo'nalishi murakkab bo'lib, bo'ylama kesimda emalning to'q va och rangdagi dentin - emal birikmasiga parallel yo'llar kuzatiladi,

.
Download 193.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling