Mavzu: Doimiy tishlovdagi frontal guruh tishlarining tuzulishi


Pastki jag'ning qoziq tishlari


Download 193.96 Kb.
bet4/5
Sana16.03.2023
Hajmi193.96 Kb.
#1279147
1   2   3   4   5
Bog'liq
REFERAT

Pastki jag'ning qoziq tishlari
Pastki jag' qoziq tishining tuzilishi yuqori jag' qoziq tishining tuzilishiga o'xshaydi, lekin imdan kichikroq bo'ladi. Tishning tojqismining shakli rombsimon bo'lib, dahliz yuzasi bo'rtib chiqqan.Kesuv qirrada bitta do'mboq kuzatiladi. Undan ikki tomonga medial va lateral qirralari tarqaydi. Shulardan medial qirrasi kaltaroq, laterali esa biroz uzunroq bo'ladi. Medial burchak bo'yin qismidan biroz uzoqda va o'tkirroq bo'ladi. Tish ildizi ko'ndalang kesimda oval shaklga ega. Ildiz cho'qqisi lateral tomonga qiyshaygan.
O'rtacha uzunligi 26 mm (26,5-28,5 mm). Odatda bu tishda 1 ildiz, 1 kanali bor, lekin 6%-ikkita kanal bo'lishi mumkin.Kanal yaxshi o'tuvchi, keng.Tish bo'shlig'i til tomonidan ochiladi.Ildiz kanaliga kirish uchun bo'shliq gumbazi olinadi, kanalga kirish joyi voronkasimon kengaytiriladi.


Pastki jag' yon kurak tishining bo'ylama kesimi
Dentin (dentinum).Dentin tishning asosiy qismini tashkil qiladi. Dentinda 28% organik va 72% anorganik moddalar bor. Dentinning asosini kollagen tolalar tashkil qiladi, tashqi qavatlarda tolalar yo'nalishi radial ichki pulpaga yaqin qavatlarda - tangensial yo'nalishda bo'ladi. Tolalar orasida yelimsimon amorf modda joylashgan.Tashqariga radial yo'nalgan yopqich dentin deyilsa, ichkariga yo'nalgani pulpaga yo'nalgan dentin yoki pulpa oldi dentin deb ataladi.Pulpa oldi dentini kam ohaklangan bo'lib, dentinning o'sish qismi predentin nomi bilan ataladi.Dentin qo'pol, dag'al suyak to'qimani eslatadi. Dentin asosiy modda va unda joylashgan dentin naychalardan iborat. Ularning diametri 1-5 mkm bo'lib, 1 mm2 dagi soni 15000-75000 dan ortiq naychalardan iborat.Dentin naychalaridan odontoblastlarning o'simtalari o'tadi.Odontoblastlaming tanasi esa pulpada joylashgan. Dentin naychalari pulpadan boshlanib, nurga o'xshab tarqaladi va dentinning tashqi yuzasida tugaydi. Dentin naychalari tishning ildiz qismida yon tarmoqlar (44-rasm) beradi, bunday tarmoqlar tishning toj qismida kam uchraydi. Faqat dentinning emal bilan tutashgan yerida naychalar yana mayda shoxlarga bo'linadi. Sement bilan chegaradosh yerida naychalar tarmoqlarga bo' Unadi va bir-biri bilan tutashib ketadi. Ba'zi naychalar sement va emal moddasiga kiradi va kolbasimon pufakcha shaklida tugaydi. Bunday holatni, ayniqsa, tishning chaynov yuzasida kuzatish mumkin.Naychalar tizimi dentinning oziqlanishini ta'minlaydi. Dentin naychalarining ichki pardasi argirofil tolalardan tuzilgan, ulaming atrofida mineral moddalar yig'iladi, tolalaming yo'nalishi bo'yicha dentinda 3 ta qism mavjud: Dentin tuzilishi: 1-dentinning asosiy moddasi;
2-odontoblastlarning dentin о'simtasi;
3-dentin о 'simtasining shoxlanishi

Download 193.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling