Mavzu don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida nizomning umumiy qoidalari Reja


Download 49.5 Kb.
bet1/2
Sana09.02.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1182901
  1   2
Bog'liq
1-Ma\'ruza


Mavzu -1. Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida nizomning umumiy qoidalari

Reja


1.Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida nizomning umumiy qoidalari
2. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi korxonalaridan don xarid qilishni rasmiylashtirish
3. Temir yo‘l va avtomobil transportida ichki tashish tartibida keltirilayotgan don va don mahsulotlarini rasmiylashtirish

Vazirlar Maxkamasining 2006-yil 25-mayda 95- sonli “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki hisobini yuritish va hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibi” to‘g‘risidagi nizomi qabul qilindi. 


Ushby nizom don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va sotishning dastlabki miqdor va sifat jihatidan hisobini yuritish va hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomning amal qilishi davlat ehtiyojlari uchun don xarid qilish, ularni saqlash, qayta ishlash hamda don va don mahsulotlarini sotish faoliyatini amalga oshiruvchi mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi. Bunday korxonalar sirasiga don tayyorlash korxonalari, elevatorlar, tegirmonlar, yorma, omixta em va urug‘ni qayta ishlash korxonalari va boshqa korxonalar kiradi.
Don va don mahsulotlarining miqdor va sifat jihatidan dastlabki hisobi (keyingi o‘rinlarda “dastlabki hisob” deb ataladi):
don va don mahsulotlarining saqlanishi va ulardan oqilona foydalanilishi ustidan nazorat qilishni;
don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ularga ishlov berishda, shuningdek don mahsulotlari ishlab chiqarishda ularning massasi va sifati o‘zgarishini aniqlashni;
sotuvchilar (yetkazib beruvchilar) hamda xaridorlar (oluvchilar) o‘rtasida, shu jumladan ichki tashishda don va don mahsulotlari uchun hisob-kitoblarning to‘g‘riligini;
don va don mahsulotlari sifati yomonlashuvining oldini olishni ta’minlashi shart.
Dastlabki hisob don va don mahsulotlari bilan barcha xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi axborotlarni, ularni yalpi, uzluksiz va hujjatli hisobga olish yo‘li bilan yig‘ish, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimini ifodalaydi.
Miqdor va sifat jihatidan dastlabki hisobni tashkil etishni va uning to‘g‘riligini korxona rahbari ta’minlaydi.
Don va donni qayta ishlash mahsulotlarining miqdor jihatidan hisobi va ular bilan operatsiyalar fizik og‘irlikda bir kilogrammgacha aniqlikda olib boriladi. Bundan tashqari, un va yormaning, shuningdek zavodda idishga joylashtirilgan makkajo‘xori va boshqa ekinlar urug‘ining hisobi idishlar soni bo‘yicha yuritiladi.
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling