Mavzu: Dori-darmonlarini organizmga kiritish usullari.
REJA
Tashqi - dori moddalarni teri qoplamlari, shilliq pardalar yoki
nafas yo’llari orqali kiritish:
Ichki (enteral) usul-og’iz yoki to’g’ri ichak orqali dorilarni
kiritish.
Parenteral usul-dori moddalarni in’yeksiya qilish yo’l bilan
teri orasiga, teri ostiga, muskul orasiga, vena ichiga va orqa miya kanaliga yuborishdir.
DORILARNI ENTERAL USULDA YUBORISH
Nazariy tushuncha. Dori moddalarni og’iz orqali, to’g’ri ichak orqaliva til tagiga qo’yib organizmga kiritish usuliga ichki (enteral) usul deb ataladi.
Dorilarni ichki (enteral) usulda yuborish eng ko’p qo’llaniladi. Bu usulning afzalligi shundaki, u sodda dorilarni turli shakllarda har qanday sharoitda nosteril xolda kiritish mumkin. Kamchiliqlariga esa dorining sekin surilishi, dorining me’da va ichak ta’sirida qisman parchalanib ketishi, surilish tezligi va suriladigan dori dozasining ma’lum ekanligi kabilar kiradi.
Og’iz orqali dorilarni tabletkalar, draje, kukun dori, pilyulalar, damlamalar, ekstraktlar va boshqalar ko’rinishida kiritiladi.
Dorilarni tug’ri ichak orqali kiritishning afzalligi shundaki ular tez so’riladi va dozasi aniq bo’ladi. Dori fermentlar ta’siriga uchramaydi. Bu usul og’iz orqali qabul qilmaydigan (qusadigan, qizilo’ngachga ovqat tutilib qolganda, yuta olmaganda, xushsiz yotganda, ruxiy xastaliklarda) qo’l keladi.
To’g’ri ichakka yuborish uchun shamchalardan va dorili xuknalardan foydalaniladi.
Til ostiga qo’yiladigan dori tez suriladi, hazm fermentlari ta’sirida parchalanmaydi, jigarni chetlab o’tib, umumiy qon o’zaniga to’shadi. Nitrogletsirin, validol va boshqa dorilar shunday qabul qilinadi.
Nazariy tushuncha. Dori moddalarni parenteral usulda organizmga kiritish in’yeksiya yo’li bilan amalga oshiriladi.
In’yeksiya deb, dori moddalarni shpritslar yordamida teri orasiga, mushaklar orasiga, suyaklar ichida va orqa miya kanaliga yuborishga aytiladi. Bu usulda aseptik qoidalariga amal qilingan xolda
bajariladi.
Parenteral usulining afzalliklari dorilarni yuborish tezligi ta’siri va dozasining aniqligidir. In’yeksiyalar uchun shprits ignalardan foydalaniladi.
DORI MODDALARNI TERI ORASIGA YUBORISH.
Do'stlaringiz bilan baham: |