Mavzu: Dori-darmonlarini organizmga kiritish usullari


Download 1.01 Mb.
bet3/4
Sana11.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1454423
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Dori-darmonlarini organizmga kiritish usullari

Ishdan maqsad. Teri ostiga dori yuborish muolajasini o’rganishi bo’yicha malakasini egallash.
Kerakli jixozlar: Shprits (dori to’ldirilgan), steril paxta sharcha spirt, fantom qo’girchoq.
Ishni bajarish tartibi: In’yeksiyadan oldin teri yaxshilab spirt bilan artiladi. Chap qo’l bilan usha soxani asosi pastga qaragan uchburchak shaklidagi burma hosil qilib yig’iladi. O’ng qo’lning ikkinchi barmog’i bilan igna muftasi bilan silindr tanasi ushlab turiladi. Ignani chaqqonlik bilan uchburchak asosiga 450 burchak ostiga, chap qo’lning 1 va 2 barmoqlari orasida 1-2 sm ichkariga kiritiladi. Ignaning uchi teri orqali o’tib, teri osti qavatiga to’shganiga ishonch hosil qilingach eritma sekin yuboriladi. Dorining hammasi yuborilgandan so’ng, igna tezda chaqqonlik bilan chiqarilib olinadi. Igna sanchilgan joy ozroq vaqt spirtga xo’llangan paxta sharcha bilan bosib turiladi.


DORI MODDALARNI MUSKUL ORASIGA YUBORISH



Nazariy tushuncha. Mushaklardan qon tomirlar va limfa tomirlar tarmog’i juda ko’p. Shuning uchun ularda dorilarning tez va to’liq surilishi uchun sharoitlar yaratiladi.
Mushak orasiga in’yeksiyalarni tananing ma’lum joylarida muskul to’qimasi qavati anchagina qalin soxada yirik qon tomirlar va nerv o’zaklari o’tadigan joydan uzoqroqda, masalan, dumba, qorin va sonlarning muskullariga qilinadi.
Muskul orasiga in’yeksiyalar qilish uchun uzunligi 8-10 sm va diametri 0,8-1,5 mm bo’lgan igna
sig’imi 5-10 ml ga teng bo’lgan shpritslardan foydalaniladi.


Dumbalar soxasi muskul orasiga in’yeksiya qilish uchun qulay joy xisoblanadi, lekin bu yerdan quymich nervi va yirik qon tomirlar o’tadi. Shuning uchun in’yeksiyalar uchun dumbaning yuqori tashqi qismidagina foydalaniladi.
Aksari muskul orasiga antibiotiklar zardoblar va boshqalar yuboriladi. Antibiotiklar maxsus flakonlarda kristal poroshok ko’rinishida chiqariladi. Ishlatishdan oldin uni natriy xloridning izotonik eritmasida ikki marta distillangan suvda yoki 0,5% li novokain eritmasida eritiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling