Mavzu: Draglaynlarni texnologik o’lchamlari Reja


-Rasm Draglaynning umumiy ko’rinishi


Download 0.82 Mb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1566199
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Draglaynlarni ish unumdorligi. Reja

1-Rasm Draglaynning umumiy ko’rinishi


2. 2-Rasm Draglaynning ishchi parametrlari.


Draglaynlar asosan karerlarda ochish ishlarini olib borish va ochish ishlaridan hosil bo‘lgan tog‘ jinslarini ishlangan bo‘shliqlarga joylashtirishda qo‘llaniladi hamda karerlarni qurayotganda transheyalarni qazish uchun ishlatiladi.
3-Rasm Draglayn zaboylari.

Pog‘ona balandligi draglaynning qo‘llash prizmasi chegarasidan tashqarida joylashishini hisobga olgan holda, cho‘michlash chuqurligiga qarab belgilanadi (qazish joyi tekisligiga 30-60º).
Kirish kengligi V(m) – draglaynning qaytib olish burchagi (1 va 2) ni hisobga olgan holda cho‘michlash radiusi bilan aniqlanadi (siljish uqiga nisbatan 45 dan yuqori emas).
V = Rch ( sin1 + sin2 ).
Qazish joylarini pastdan cho‘michlab qazib olishda –avvalo tepadan pastga qarab gorizontal qatlamlar bilan qirqib olinadi. Draglaynning siljish qadamining kattaligiga qarab, xar qaysi qatlam cho‘mich to‘ladigan masofada qazib olinadi. Qazib olishning har bir bosqichi pog‘ona qiyaligidan boshlanadi. Qatlamlar to‘la balandlik bo‘yicha qazib olinib bo‘lganidan keyin, qazish joyida qolgan tog‘ jinslari qiya qatlamlar bilan qazib olinadi.
Agar qoplovchi tog‘ jinslarning quvvati katta bo‘lmasa ochish
ishlarida buldozerlar mustaqil yoki draglayn bilan birgalikda qo‘llanishi
mumkin.
4-Rasm Draglaynning ishlash sxemalari.

a, b, v - yon tomonlama (torsovыy) zaboyda ishlash sxemasi; a – pog‘ona yuqori qatlamida, b –pog‘onaning oraliq qatlamida, v – pog‘ona pastki qadtlamida; g – pog‘ona pastki qatlamida boshi berk (tupikli) zaboyda ishlash sxemasi.
Yuqoridan cho‘michlab qazib olish uchun draglayn cho‘michining sig‘imi 10m³ dan kam bo‘lmasligi kerak. Bunda, pog‘ona balandligi (h) – qazish joyida ekskavator burilganida cho‘michi bilan pog‘onaga tegib ketmasligi uchun h = 0,8 Hr dan katta bo‘lmasligi kerak. Ekskavator cho‘michi toyib (inib) ketmasligi uchun qazish joyi tekisligining qiyalik burchagi 20-25º bo‘ladi.
Ba’zi bir draglaynlarning ish rejimi yarim avtomatlashtirilgan. Ekskavatorni boshqarish tizimiga elektron kqrilma ulanadi va mashinist tomonidan cho‘michlash amali bajarilganidan keyin operatsiyalarni boshqarish punktiga cho‘michni ko‘tarish, ekskavatorni bo‘shatish joyiga burish, bo‘shatish va burilib qazish joyiga qaytib kelish komandasini beradi va bu ishlar machinist tomonidan nazorat qilib turiladi. Bu tizim ekskavator ishini maromlashtiradi, ekskavatsiyalash siklini kamaytirib, ekskavator unumdorligini oshishiga olib keladi.
Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar hozirda eng ko‘p ishlatiladi. Zanjirli
ko‘p kovshli ekskavatorlar konveyr shaklidagi to‘xtovsiz harakatlanuvchi
cho‘michlardan iborat. Cho‘michlarni bo‘shatish lentali transporterga
tashlash bilan bajariladi. Cho‘michlarning sig‘imi katta emas, lekin zanjirda ularning soni 40 donagacha etadi. Shu sababli ularning to‘xtovsiz harakatida yuqori mahsuldorlikka erishiladi. Zanjirli ekskavatorning ramasi turli burchaklarda
joylashgan bo‘lishi mumkin, ya’ni ekskavator turgan joy darajasida va ish
pog‘onasining pastki yoki yuqori qismida joylashadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling