Mavzu: dsp turdagi pechda Cт2cп markali instrumental po‘lat eritish jarayonini va asosiy dastgohini hisoblash. Yillik ishlab chiqarish unumdorligi 650 ming tonna Kafedra mudiri: Berdiyarov B. T


Xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlari


Download 236.76 Kb.
bet19/20
Sana19.06.2023
Hajmi236.76 Kb.
#1604063
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Yoyli po\'lat eritish pechi DSP nazariy va xulosa

Xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlari.Fizik (jismoniy) xavfli va zararli faktorlar bir qancha guruhlarga bo‘linadi: harakatlanadigan mashina va mexanizmlar; ishlab chiqarish asboblarining, jihozlarining himoya qilinmagan qismlari; harakatlanadigan jihozlar, materiallar, zagatovkalar; bo‘ziladigan tuzilmalar; qulatiladigan va bo‘ziladigan tog‘ jinslari; jihozlarning o‘ta qizigan yoki sovugan yuzasi; ortiqcha changigan yoki gazlanlangan ish joyi; ish joyidagi ortiqcha shovqin; ortiqcha titrash, infratovush tebranishlar; ortiqcha qisqa to‘lqinli tovush; ish zonasining ortiqcha yoki kam atmosfera bosimi; ortiqcha namlik yoki uning etishmasligi; ish zonasidagi barometrik bosim; havo harakati; nurlanishning yuqori darajaliligi; elektr tarmog‘‘idagi yuqori kuchlanish; odam tanasi orqali qisqa tutashuv; elektromagnit to‘lqinning yuqori darajaligi; magnit maydon yoki elektrning yuqori kuchlanganligi; tabiiy yoritishning yo‘qligi va etishmasligi; ish zonasining yetarlicha yoritilmaganligi yoki aksincha; ultrafiolet va infraqizil nurlarning ortiqchaligi; ish zonasining dag‘al notekisligi; ish jihozlarining noqulay joylashi va boshqalardir.
Kimyoviy xavfli va zararli faktorlar ham inson organizmiga ta’siri bo‘yicha qismlarga bo‘linadi. Ular asabga ta’sir etuvchilar (serovodorod, uglevodorod va boshqalar); qo‘zg‘atuvchilar (ammiyak, xlor va boshqalar) kuydiradigan (kislotalar va b.); fermentlarga ta’sir etuvchi; jigarga ta’sir etuvchilarga (fosfor, xrom va b.); qonga ta’sir etuvchilar (uglerod oksidlari, qo‘rg‘oshin va b.); mudagen moddalar (genga ta’sir yetadagan); kontragen (rak kasalligi olib keluvchi) moddalarga bo‘linadi.
Ruhiy fiziologik xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlari ta’siri bo‘yicha jismoniy va ruhiy kuchlanishga olib kelishi mumkin.
Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli faktorlar ishlovchi yoki ko‘pchilikka birdan ta’sir etishi mumkin. Masalan, temir zarrachasining otilishi bitta ishlovchini zararlashi mumkin, shovqin, elektromagnit to‘lqin, kuchli yoritilganlik, infraqizil yoki infrafeolet nurlanish ko‘pchilikni birdan zararlashi mumkin. Shu sababdan ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligini ta’minlash uchun tanlanadigan usul, vosita va boshqa tadbirlar yuqoridagi xarakterni hisobga olib bajariladi.
Ishlab chiqarishda ishlovchilarga eng ko‘p zarar etkazuvchi xavflar texnika asbob-uskuna mashina mexanizmlar va boshqa texnik vositalardan iborat bo‘ladi.
XULOSA

Bitiruv malakaviy ishimning mavzusi: DSP turdagi pechda Cт2cп markali instrumental po‘lat eritish jarayonini va asosiy dastgohini hisoblash. Yillik ishlab chiqarish unumdorligi 650 ming tonna.


Bitiruv malakaviy ishida kirish, nazariy qism, texnologik hisoblar, iqtisodiy va hayot faoliyati xavfsizligi qismlari mavjud.
Bitiruv malakaviy ishim mavzusida po‘latning Cт2сп markasi mavjud bo‘lib, uning kimyoviy tarkibi quyidagicha: GOST 380-05

Si

Mn

Cu

Cr

Ni

S

C

P

0.15-0.30

0.25-0.50

0.30

0.30

0.30

0.05

0.0-0.15

0.04

Ushbu markali po‘latdan payvandlash ishlarida, 70 dan – 425 0C haroratda bosim bilan ishlov beriladi. Mening bitiruv malakaviy ishim bo‘yicha elementlar quyidagi foiz miqdorliklarda berilgan va uning ko‘rsatkichlari hisoblab topilgan:


C – 0,24 %, Si – 0,25 %,, Mn – 0,45 %, Ni – 0,25 %, Cu – 0,25 %
Buning uchun FeMn 60 markali gerromrganes, FeSi 75 markali ferrosilitsiy qo‘llanildi.
Hisoblanayotgan sexning yillik ishlab chiqarish unumdorligi 650 ming tonna. Tsexda foydalanilayotgan pechni 1 yilda bir marta issiq remont qilinadi, huddi shu kabi 1 oyda bir marta sovuq remont qilinadi, yana bir yilda 1 marta kapital remont qilinadi, uning davomiyligi 6 sutka davom etadi. Bir sutkada 1 ta pechning eritish soni 23 ta. Eritish davomiyligini 1,04 soat ga teng. Demak, berilgan vazifani bajarish uchun bitta pech yetarlidir.
Bitiruv malakaviy ishini ishlash jarayonida Men yoyli po‘lat eritish pechining ishlash jarayonini o‘rgandim va shunga tegishli hisobot qildim.

Download 236.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling