Mavzu: Dunyo okeanlari
Mineral va energetika resurslari
Download 0.59 Mb.
|
Dunyo okeanlar2
Mineral va energetika resurslari
Okean boy mineral resurslar manbaidir. Ular dengiz suvlarida erigan hoddagi kimyoviy elementlar; dengiz tubi ta-gidagi va tubi yuzasidagi foydali kazilmalardan iborat. 20-asrning 70-yillarigacha dengiz suvlaridan, asosan, osh tuzi (yiliga 8 mln. t), natriy sulfat, magniy xlorid, kaliy xlorid, brom xlorid olinar edi. Fantexnikaning keskin rivojlani-shi sharoitida dengiz suvlaridan xil-ma-xil kimyoviy elementlar olish is-tiqbollari ochilmoqda. Okeandan olinadigan mineral xom ashyo umumiy qiymatining 90% neft va gazga toʻgʻri keladi. Shelf zonasidagi neft va gazga boy maydon 13 mln. kmІ ga teng (shelf umumiy maydonining ʻ/2 qismi). taxminan hisobga koʻra. Okeandagi neftning geologik zaxiralari (305 m chuqurlikkacha) 280 mlrd. t, gazniki — 140 trillion mі. 20-asr 70-yillar boshi-gacha neft va gaz qirgokdan 150 km uzoklikdagi 100–110 m chuqurliklardan olinar edi, Yaqin kelajakda bu ishlarni Okeanning qirgʻoqdan ancha uzoq va chuqurroq joylarida amalga oshirish imkoni tugʻiladi. 40 ga yaqin mamlakat dengiz tubidan neft va gaz chiqarish bilan shugʻullanadi, 100 ga yaqin mamlakat dengiz va Okean shelf zonalarida qidiruv ishlari olib bormokda. Dengiz tubidan neft va gaz chiqarishning eng yirik konlari Fors va Meksika qoʻltiqlarida joylashgan. Shimoliy dengiz tubidan ham neft va gaz olinmokda. Shelf metall rudalari va nometall qazilmalarga ham boy. Ular ichida titanli minerallar — ilmenit va rutil, shuningdek, sirkon va monatsit muhim ahamiyatga ega; eng yirik konlar Avstraliya (sharqiy sohil)da boʻlib, yiliga 1 mln. t titanli minerallar chiqariladi. Bunday sochma konlar Hin-diston, Shri Lanka, Malayziya va boshqa mamlakatlar yaqinida ham uchraydi. Qalay (Malayziya, Indoneziya, Tailand, Vyetnam va Osiyodagi b. mamlakatlar qirgʻoqlari yaqinidagi shelflarda), temir rudasi (Yaponiya, Kanadadagi Nyufaundlend), sof oltingugurt (Meksika), kumir (Kanada) va boshqa qazib chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda; bir qancha joylarda oltin va platina (mas, AQShdagi Alyaska va Kalifor-niyada), tantaloniobat, magnetit, titan-magnetit, xromit, olmos (Afrikaning janubi-gʻarbiy qirgʻogʻidagi Namibiyada) ham topilgan. Fosforit konkretsiyalari yotkiziklari (Meksika, Peru, Chili, JAR va boshqalar) keng tarqalgan. Okean tubining keng maydonlarida oʻziga xos koʻp komponentli rudalar — temirmarganets konkretsiyalari yotqiziqlari topilgan; ularning potensial zaxiralari bir necha trillion t hisoblanadi; bu rudalar tarkibidagi marganets, nikel, kobalt zaxiralari ularning quruqlikdagi zaxiralaridan bir necha marta koʻp. Baʼzi mamlakatlarda 4 ming m chuqurlikdan sanoat yoʻli bilan konkretsiyalar qazib chiqarish sinab koʻrilmoqda. Neft va gazdan boshka energetika resurslari ham muhim potensial ahamiyatga ega. Okeandan energiya olish uchun toʻlqinlar kuchi, suv koʻtarilishi va qaytishi yuzaga keltiradigan sath ta-fovuti yoki suv yuzasi va tagidagi temperatura tafovutidan foydalanish mumkin. Suv koʻtarilishi energiyasining quvvati 1 mlrd. kVt hisoblanadi. Dastlabki suv koʻtarilishi elektr stansiyasi Fransiyaning La-Mansh sohilida, Rane daryosi quyiladigan joyda qurildi (1967); Rossiya Federatsiyasida Kola yarim orolning shimolida Kislaya Guba suv koʻtarilishi va qaytishi bilan ishlaydigan elektr styasi tajriba tariqasida qurildi (1968); yanada kattaroq quvvatli suv koʻtarilishi va qay-tishi elektr stansiyalari qurish loyihalari tuzilmokda. Kanada, AQSH, Buyuk Britaniyada ham bunday stansiyalar loyihalari ishlab chiqilmokda. Okeanning ter-mik energiyasidan foydalanishda tropik oʻlkalarda sharoit ayniqsa, qulay. Bu yerlarda qirgʻoq zonasidagi suvlarning temperaturasi ustki qatlamlarda 30°, 400–500 m chuqurliqda esa 8—10°. Birinchi gidrotermal elektr stansiyasi Abidjan yaqinida (Kot-d’Ivuar)da quriddi. Okean ogʻir vodorod (deytriy)ning asosiy manbaidir. Termoyadro reaksiyasini muvaffaqiyatli boshqarish masalasi xal qilinsa, ogʻir vodorod bitmas-tuganmas energiya manbaiga aylanadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling