Mavzu: duradgorlikning xalq turmushidagi roli


-O`rganish uchun amaliy mashqlar. Egov dastasini tayyorlash texnologiyasi


Download 0.96 Mb.
bet22/33
Sana31.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1142383
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
Mavzular 34talik

22-O`rganish uchun amaliy mashqlar. Egov dastasini tayyorlash texnologiyasi
Egov — qattiq (temir, yogʻoch, plastmassa va boshqalar) buyumlar sirtidan yupqa qatlamda qirindi olish, tekislash, silliqlash uchun moʻljallangan koʻp tishli (tigʻli) chilangarlik quroli; ish sirtlari (yuzi yoki yonlari) ga kesuvchi tishlar kertilgan asbob. Dastlabki E.lar temir davrida paydo boʻlgan. Mustahkam poʻlatdan yasaladi. E. ish qismi va quyruq qismidan iborat. Quyruq qismiga dasta oʻrnatiladi. Vazifasiga qarab, umumiy ishlarga moʻljallangan, maxsus mashina E.lari va boshqalar turlarga boʻlinadi.
Umumiy ishlarga moʻljallangan E.larning oʻtkir uchli yassi, toʻmtoq uchli yassi, kvadrat, uchburchak, dumaloq, yarim dumaloq, rombsimon, arrasimon xillari bor. Maxsus ishlarga moʻljallangan E.larga novsimon, ovalsimon E.lar kiradi. Mashina E.lari egovlash stanoklari va mashinalarida ishlatiladi. Bularga bor, disk, sterjenli, plastinkasimon E.lar kiradi. Ulardan aylanma yoki ilgarilamaqaytma harakatlanuvchi stanoklarga oʻrnatilib foydalaniladi. Tishlari soniga qarab, dagʻal, mayda tishli va mayin E.lar farqpanadi. Dagʻal (1 sm da 4,5 —12 ta), mayda tishli (13 — 26), mayin (42 — 80) E.lar boʻladi. Dagʻal E.lar buyumlarga dastlabki ishlov berish uchun moʻljallangan. Bunday E.lar bilan sirtlarga 0,1 — 0,2 mm aniqlikkacha ishlov beriladi. Mayda tishli E. toza ishlov berish uchun moʻljallangan. Bunday E.lar bilan 0,02 — 0,05 mm aniqdikkacha ishlov beriladi. Mayin E.lar buyumlarni pardozlash va oʻlchamiga yetkazish uchun ishlatiladi. Ular bilan sirtlarga 0,001 mm aniqpikkacha ishlov berish mumkin.


23-Mavzu: TIRNOQLI BIRIKMALAR TASNIFI
Yog‘och buyumlarni yasashda asosan tirnoqli biriktirishdan foydalaniladi. U ikki elsment: tirnoq va gо‘sha (quloqlar)dan iborat bо‘ladi. Tirnoqlar yaxlit va turumli xillarga bо‘linadi. Odatda yaxlit tirnoqlar yassi, turumli tirnoqlar esa yassi va dumaloq bо‘ladi. Mustahkamligi jihatidan yaxlit va turumli tirnoqli birikmalar bir xildir. Tirnoqlarning ochiq va yopiq xillari mavjud bо‘lib, ochiq tirnoq quloqlar yoki gо‘sha bilan birikkanida birikuvchi detalning narigi tomoniga о‘tadi. Yopiq tirnoqlar tubi bsrk gо‘sha, ya’ni uyalar bilan birikadi.Bu uyalarning chuqurligi tirnoqning uzunligidan eng kamida 2 mm ortiq bо‘ladi.



17-rasm.Tо‘g‘ri tirnoqning elementlari
Tirnoqlarning soni, shakli vaо‘lchamlari birikmaning mustahkamligiga jiddiy ta’sir kо‘rsatadi. Tirnoqlarning soni kо‘paysa, yelim surtiladigan yuza kattalashadi va birikmaning mustahkamligi ortadi, lekin ularni taysrlashga kо‘proq vaqt ketadi.
Duradgorlik birikmalarining mustahkamligi yog‘ochning sifatiga, biriktirilgan elementlarning aniq tayyorlanishiga, yelimning sifatiga va yelimlashning tо‘g‘ri bajarilishiga ham bog‘liqdir.Birikmaning elementlari yog‘ochning nuqsonlari, birikmaning о‘zida tirqish va yoriqlar bо‘lmasligi kerak.
Tо‘g‘ri burchakli tirnoqlar deraza romlarini, eshiklar, yashiklar va boshqa buyumlarni yasashda qо‘llanadi.
Ochiq va yopiq gо‘shali (uyali) tо‘g‘ri tirnoqlardan shvabralar, stullar, stollar va boshqa mebellar yasashda foydalaniladi.
Yarim о‘yiqli tirnoqlar imoratlar qurishda, turli ramkalar yasash va hokazolarda qо‘llanadi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling