Mavzu: duradgorlikning xalq turmushidagi roli
-MAVZU: YELIMLAR, BIRIKTIRILADIGAN DETAL YUZASINI YELIMLASH
Download 0.96 Mb.
|
Mavzular 34talik
18-MAVZU: YELIMLAR, BIRIKTIRILADIGAN DETAL YUZASINI YELIMLASH
Yelim qaynatishda qattiq qaynab ketmasligini va uzoq vaqt qizimasligini kuzatib turish kerak. Chunki ana shunday hollarda uning sifati yomonlashadi. Odatda, yelim bir-ikki kunlik ishga yetarli qilib tayyorlanadi. Negaki, u qayta qizdirilsa, buziladi. Juda quyuq yoki juda suyuq yelim buyumlarni yelimlashga yaramaydi. Yelimning ishga yaroqliligini aniqlash uchun unga bitta payrahani tiqib olib, uning tomishiga qaraladi. Agar yelim payrahadan uzluksiz oqib tushsa, sifatli bо‘ladi, tomchilab tushsa (yoki butunlay oqib tushmasa) ishlatishga yaramaydi. Qattiq (dub, buk va boshqa) yog‘och buyumlarni yelimlash uchun suyuq va yumshoq yog‘och buyumlarni yopishtirish uchun quyuq yelim ishlatiladi. Yelimlangan buyumlarni namgarchilikdan saqlash zarur. Kazein yelimi. Bu yelim tarkibining asosiy qismi yog‘i olingan quruq tvorog-kazeindan iborat bо‘ladi. U yog‘siz sutdan tayyorlanadi. Yelimning tarkibida kazeindan tashqari kerosin va yelim buzilmasligi uchun qо‘shiladigan maxsus antiseptik modda ham bо‘ladi. Kazein yelimi quyidagicha tayyorlanadi: emallangan toza idishga xona haroratidagi suv quyiladi va uning ustiga yelim kukuni (ikki hissa suvga bir hissa qilib) sepiladi, keyin bir jinsli massaga aylangunicha yaxshilab aralashtiriladi. Suvni yoki yelim aralashmasini isitmaslik kerak. Chunki bunda yelim buziladi. Kazein yelimi о‘zining yopishtirish qobiliyatini 3-4 soatgacha saqlaydi. Shunga kо‘ra, uni faqat ish uchun yetarli miqdorda tayyorlash kerak. Qotib qolgan kazein yelimi aralashmasini ikkinchi marta suvda eritish yoki yangi yelimga qо‘shish mumkin emas. Yog‘och detallarni yelimlashning mustahkamligi faqat tayyorlangan yelim eritmasining sifatiga emas, balki biriktirilgan detallar orasida hosil qilingan yelim qatlamining qalinligiga ham bog‘liqdir. Mazkur detallar yog‘och orasida 0,1-0,15 mm li qatlam hosil qilib, ularni mustahkam biriktiradi. Detallarni mustahkam biriktirish uchun ularning orasida tirqish qoldirmay moslashtirish lozim. Detallarning о‘zaro birikadigan sirtlarini changdan yaxshilab tozalash, keyin ularga qо‘l bilan tegmaslik kerak, chunki changlar yelimlashning mustahkamligiga putur yetkazadi. Yelim biriktiriladigan sirtiga chо‘tka bilan bir tekis qatlam qilib surtiladi, shundan keyin yog‘och yelimni shimib olishi uchun biroz kutib turiladi, shunda yelim aralashmasidagi namlik ham bug‘lanadi. Lekin yelim qurib qolmasidan oldin detallarni biriktirish kerak. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling