Mavzu: “e-commerce” – jamiyatning iqtisodiy rivojlanishining asosi sifatida


Elektron tijoratga investitsiyalar jalb qilish


Download 38.83 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi38.83 Kb.
#1492876
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“E-Commerce” – jamiyatning iqtisodiy rivojlanishining asosi............

2.2. Elektron tijoratga investitsiyalar jalb qilish
Elektron tijoratga investitsiyalar jalb qilish Endi kriptovalyutalarning investorlar uchun qanday qiyinchiliklar tug’dirishi masalasini ko’rib chiqamiz. Hozirgi davrda yangi raqamli texnologiyalar startap kompaniyalarga kriptovalyutalar yoki tokenlar ko’rinishida juda katta investitsion mablag’larni jalb qilish imkoniyatini yaratayapti. Misol uchun, yuqoridagi bo’limda ko’rsatilganidek, raqamli pullarni birlamchi joylashtirish – ICO (initial coin offering) o’nlab million pullarni investitsiyalar uchun to’plash imkonini 296 yaratayapganini bir qancha davlatlardagi tajriba yaqqol namoish qilayapti. Ammo bu ishlarning manfiy oqibatlari ham vujudga kelishi ehtimoli bor albatta. ICO vositasida investitsiyalar jalb qilinadigtan startaplar bozorida yangi moliyaviy puffak paydo bo’lishi mumkin. Bunda emitentlar tomonidan hech qanday sarfharajat qilinmagan xolda investorlar uchun yuqori darajada foyda olishlariga imkon yaratiladi.
An’anaviy investitsion capital yig’ish usulida esa kompaniya kerakli kapitalni yig’a olish uchun uzoq yillar davomida aholining ishonchini qozongan bo’lishi kerak. Raqamli valyuta vositasida investitsion capital to’plash operatsiyasining qimmatli qog’ozlarni birlamchi aktsiyalar joylashtirish (anderrayting - birjalarda sotish) orqali amalga oshiriladigan an’anaviy usulidan asosiy farqi shundaki, bunda kompaniya sotuv uchun aktsiyalarni emas, balki tokenlarni (raqamli jetonlarni) chiqaradi. Buning uchun investorlar kriptovalyuta orqali to’lov qiladilar (masalan, bitkoin yoki laytkoin orqali). Mutaxassislarning fikricha, ICO emitentlari bu ishlarni qilayotganlariga katta tavakkalchiliklarga qo’l uradilar. Bu ayniqsa, kriptovalyutalar bozori faoliyati davlat boshqaruviga o’tgan paytda o’ta kuchayadi. ICO tashkil qilish uchun kompaniya-emitent mahsus web-platformadan foydalanadi, masalan, Waves yoki Ethereum vositasiga tokenlarni, ya’ni, qimmatli qog’ozlarning kriptoversiyasini chiqaradi. Buning uchun blokcheynga tranzaktsiyalar, ularning tavsifi, soni va unikal ID si bilan qo’shiladi.
Emissiyadan so’ng, tokenlarning istalgan sondagisini blokcheyndagi biror bir hamyondagi kriptovalyutaga almashish mumkin bo’ladi. Ba’zi bir kompaniyalar o’z tokenlarini oltin bilan yoki kompaniyaning maxsuloti bilan ta’minlab beradilar. Masalan, Ethereum bazasidagi DigixDAO startapi 2016 yilda o’z tokenlarini oltin standartiga bog’lab chiqardi, amerikaning Ethereum asosida derivativlar bilan savdo qiladigan blokcheyn-platforma yaratayotgan StabL startapi esa o’z tokenlarini oddiy valyutada qiymati bo’lgan moliyaviy mahsulotlarga bog’lab qo’ydi. Tokenlarni chiqaradigan kompaniya-emitent va ularni sotib olishni istagan investorlar smart-kontrakt tuzishadi va buning asosida avtomatik blokcheynzanjirning ishtirokchilariga aylanadilar.
Ushbu blokcheyn-zanjir doirasidagi 297 kelishuvlar teskari kuchga ega emas. Token-kriptovalyuta oldi-sotti jarayoni quyidagicha tartibda amalga oshadi: Kompaniya dastur yordamida investorning hamyonini va investorga token jo’natiladigan hamyonni so’raydi. Kompaniya investordan kerakli summani olganidan so’ng, tranzaktsiya amalga oshirilgan hisoblanadi va smart-kontrakt ishga tushib, tokenlar xaridorga yetkazib beriladi. ICO tashkil qilgan kompaniya kroptoaktsiyalarni (tokenlarni) bankka yoki venchur investorga emas, balki to’g’ridan-to’g’ri loyiha ishtirokchilariga sotadi.
Demak, bu xolda loyiha ishtirokchilari kompaniya ishiga kuchliroq jalb qilinadilar, kompaniya mahsuloti va hizmatlaridan foydalanishga stimul oladilar hamda boshqa insonlarga ham bu mahsulotlarni taklif qilish foydaliligini tushunadilar. Chunki, kompaniyaning ishi qanchalik yaxshi bo’lsa, investorlar ham shunchlik ko’p foyda oladilar. Kriptoaktsiyalarni birinchi bo’lib joylashtirgan kompaniya Mastercoin bo’lib, u 2013 yilda ICO yordamida $500 ming dollar pul yig’a olgan. Blokcheyn texnologiyalar rivojlanishi bilan bu mablag’ jalb qilish texnologiyasi yanada ko’proq qo’llanila boshlandi. TechCrunch ning ma’lum qilishicha, 2016 yilda umumiy summasi $103 млн bo’lgan 64 ICO ishga tushirilgan. Keyingi davrlarda esa bir necha o’nlab kompaniyalar ICO tashkil qilinishi haqida xabar bermoqdalar,
Shu jumladan, Rossiyaning SONM kompaniyasi kriptovalyutada $42 mln jalb qilishga erishdi. ICO lar tarixidagi burilish nuqtasi bo’lib Kanadalik dasturchi Vitalik Buterinning DAO deb nomlangan loyihasini ko’rsatish mumkin. Bu loyiha doirasida kompaniya birdaniga $152 mln investitsiya jalb qila oldi (buni ko’pincha kraudfunding deb atashadi). DAO loyihasi markazlashmagan venchur fond bo’lib, uning boshqaruvi dasturiy ta’minot vositasida avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Ushbu xodisadan so’ng, jahon miqyosida ICO lar tashkil qilish jarayoni juda ham tezlashib ketdi. 2017 yil 30 may kuni JacaScript tili va Mozilla brauzeri ishlab chiqqan Brendan Ayk yangiBrave brauzeri ishlab chiqsh uchun ICOmexanizmi orqali $35 mln yig’a oldi. Buning uchun Brendan BAT yoki Basic Attention Tokendeb nomlangan token yaratdi. Ushbu tokenlarning 1 milliarddan ortiqrog’i 156 000 Ethereum kriptovalyutasi birligiga sotildi (ko’pincha bu 298 valyutani efir deb ham atashadi). Bu kriptovalyutaning bittasi narxi 2017 yil 23 iyun sanasiga $327,42 deb baholandi.
ICO ga investor bo’lib, an’anaviy moliyaviy instrumentlar bilan ishlash tajribasi yo’q insonlar ham qatnashishi mumkin. Shuning uchun ham tokenlarni ko’pincha malakali va professional investorlar emas, balki kriptovalyutaga ishonadigan yoki shu sohada ishlaydigan insonlar sotib olishadi. Bunday insonlar birjada yoki Forex da ishlash tajribalari yo’q bo’lgani bilan, ishni darhol kripovalyuta biznesidan boshlaydilar. Kriptokraudfunding bilan bir qancha Rossiya kompaniyalari ham shug’ullanadilar va blokcheynlarni o’z loyihalari real iqtisodiyotiga tadbiq etadilar. Masalan, 2017 yil may oyida Moskva viloyatidagi “Kolionovo” nomli qishloq xo’jalik fermasi ICO yordamida $500 ming jalb qilishga erishdi.
Bu ferma “kolion” deb nomlangan mahsulot kuponlari chiqardi va uni fermaning mahsuloti bilan ta’minladi. Iyun oyida esa tsirkoniy ishlab chiqaradiganZrCoin deb nomlangan Rossiya startap kompaniyasi Waves platformasidagi ICO vositasida 4000 investordan salkam $7 mln investitsiya jalb qilishga erisha oldi. Bunda bir tokenning bahosi bir kilogram tsirkoniy dioksidi narxiga teng qilib olindi. Kompaniya jalb qilingan investitsiya yordamida zavod quradi va keynchalik o’z foydasidan investorlarga ularning tokenlariga mos ravishda to’lovlarni amalga oshiradi. Bu kompaniyalar kriptovalyuta tokenlarini real mahsulot ishlab chiqarishga bog’ladilar. Kompaniyalar blokcheynni o’z offline bizneslarini rivojlantirish uchun qo’shimcha vosita sifatida ishlatdilar. Shuni ham aytish kerakki, ICO lar muvaffaqiyatining poydevorlaridan biri marketing jarayonini samarador va aqlga muvofiq ravishda amalga oshirishdir. ICO bilan nafaqat startap kompaniyalar, balki yirik kompaniyalar ham qiziqa boshlashayaptilar. 2017 yilda investorlar va startaplar uchun mo’ljallangan amerika platformasi taqsimlangan tarmoqlar qurish Protocol Labs kompaniyasi bilan hamkorlikda CoinList platformasini ishga tushirdilar.
Bu platformaning missiyasi turli kompaniyalarga ICO tashkil qilishni osonlashtirishdir. Blokcheynlarni real biznesga tadbiq qilish imkoniyatlarini qidirishga bag’ishlangan va 2017 yil fevral oyida tashkil qilingan Ethereum Enterprise Alliance korxonalar 299 al’yansiga xozirgi paytda 100 dan ortiq kompaniyalar kirgan.
Bular jumlasiga Microsoft, JPMorgan, Chase, Toyota, Merck va boshqa katta kompaniyalarni kiritish mumkin. Shuning bilanbir qatorda bitkoinlarni to’lov vositasi sifatida qabul qiladigan yirik kompaniyalar soni ham ortib bormoqda. Misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:  Blog va saytlar yaratish platformasi WordPress  Aviabiletlar qidirish sayti Expedia  PayPal to’lov tizimi  Yer yo’ldosholi televidenie provayderi Dish Network.
Latiya aviakompaniyasi AirBaltic  Xaydovchilar chaqirish on-line servisi Wheely  Legal Prime GS Consulting yuridik firmasi  On-line supermarket Yulmart Davlatlar tomonidan ham blokcheyn texnologiyalarga qiziqish ortgani bilan kriptovalyutalarning qonuniy jihatdan boshqariluvini yo’lga qo’yish jarayoni ancha past darajada. Masalan, Uzbekiston, Rossiya, Qozog’ston va boshqa hamdo’stlik mamlakatlarida 2018 yil holatida kriptovalyutalarning statusi umuman aniqlangan emas.
Ularning konstitutsiyalarida kriptovalyutalarga o’xshash pul surrogatlarining pul aylanishida ishlatilishi qat’iyan ma’n etilgan. Ammo kriptovalyutalardan foydalanish asosida yotgan blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ma’n etilgan emas. Lekin ba’zi mamlakatlarda nolegal tranzaktsiyalarga qarshi kurash olib borish uchun kriptovalyutalardan foydalanish mumkinligi bildirilgan va uni qonuniylashtirish zarurligi bir qancha mamlakatlarda tan olingan. Agarda “barcha qonuniy ravishda ma’n etilmagan amallardan foydalanish mumkin” degan mantiqiy qoidadan foydalansak, u xolda ICO ishtirokchilari qonunni buzmaydi deb o’zimizni ovuntirishimiz mumkin, albatta. Ammo tomonlar orasida tushumovchilik kelib chiqqanda, ularning o’z qonuniy xuquqlarini himoya qilishlari katta muammo bo’lib qolishi mumkin. Ya’ni tokenlarni kriptovalyutalarga sotib olish tomonlar orasidagi o’zaro kelishuvday bo’lib, o’zaro kelishmovchilik kelib chiqqan taqdirda shartnomani bajarmaslik uchun yetarlicha 300 xuquqiy asos topish mumkin bo’ladi.
Shuning uchun ham bizda xozircha kriptovalyutalardan faol foydalanishga shoshilmagan ma’qul. Keyingi paytlarda ko’plab kompaniyalar tomonidan ICO ga qiziqish tobora ortib borayotgani tufayli Status deb nomlangan Singapur blokcheyn-startapi tokenlarini joylashtirishda Ethereum platformasi ishida buzilishlar ro’y berdi. Kriptovalyutalarni o’rganishga bag’ishlangan ilmiy-izlanish Smith + Crown online resursi xozirgi vaqtdaICO tashkil qilayotgan yoki 2017 yil noyabrigacha bu ishni amalga oshirmoqchi bo’lgan 50 kompaniya haqida ma’lumot bergan.
Buning ma’nosi shundaki, ICO lar atrofida moliyaviy puffak xosil bo’lmoqda va agarda bu puffak yorilsa, ushbu segmentgai investorlarning kriptovalyuta va tokenlarga bo’lgan qiziqishi sezilarli ravishda kamayishi mumkin. ICO larga bo’lgan katta qiziqish unchalik hayratlanarli emas, chunki ICO lar startap biznesga venchur investitsiyalarga nisbatan tezroq va qulayroq xolatda yaxshigina kapital jalb qilish va tezda birjaga chiqishga imkon beradi. Haqiqatan ham klassik usuldagi investitsiyada yangishga capital jalb qilish uchun siz investorlar uchun taqdimot qilishingiz kerak, birjaga kelib, maslahatchilar yollashigiz lozim, aktsiyalar emissiya qilishingiz zarur, emissiya esa maxsus organlar tomonidan nazorat qilinadi va xakozo.
Bu qiyinchiliklarni aylanib o’tib, investitsiyalar uchun kerakli bo’lgan mablaglar’ni xozirda boshqarilmaydigan kriptovalyutalar bozoridan jalb qilish juda ham oson yo’l albatta. Lekin bu ishlarning havfli tomonlari ham bor. Bu xududni terra incognito deb bilib, qonun bilan to’qnashib qolmaslik uchun extiyotkorlik bilan ish olib borish lozim bo’ladi. Istalgan xuquqiy yoki jismoniy shaxs, agar ularning ishonchini qozona olmasangiz, sizni “kompaniya meni bu ish bilan bog’liq tavakkalchiliklar va risklar bilan to’liq tanishtirmagan” deb, kompaniyani firibgarlikda ayblab, sudga berishi mumkin. “Kriptovalyutalar yuqori darajadagi riskka ega bo’lgani uchun, xozircha ularga pul tikmagan ma’qul, chunki kompaniyaning sizga qandaydir daromad berishi ichun hech qanday huquqiy asos mavjud emas” deb maslahat ham beradilar. Lekin ko’pchilik ekspertlarning fikriga ko’ra, uzoq muddatli perspektivada kriptovalyutalar bozori o’sishda davom etadi, blokcheyn texnologiyasi esa an’anaviy moliyada yanada 301 kengroq miqyosda qo’llanilaveradi. Xozirda esa kriptovalyutalar olamida investorlar va kompaniyalar orasida hech qanday qonunchilikda ko’zda tutilgan xuquqiy asos bo’lmagani tufayli, investorlarning juda katta miqdordagi daromad olishlariga imkon yaraladi hamda firibgarlik uchun ham katta imkoniyat paydo bo’ladi. Xozigi davrda ICO larda mayda investorlarniong pullari aylanayapti, keyinchalik esa bu soxaga banklar, fondlar va davlat jalb qilinishi tufayli kriptovalyutaga qiziqish yanada ortadi. Xozircha kriptovalyutalar kursining bir oshib va bir kamayib turishi tabiiy bir xoldir. 8.3. Kriptovalyutaelektron tijoratida birjalardan foydalanish Ushbu bo’limda kriptovalyutalar bo’yicha real operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshirish mumkin bo’lgan bir qancha birjalar va ularning almashinuv punktlari bilan tanishib chiqamiz hamda bo’lim oxirida kriptovalyutalar bozirida ishlashni boshlash uchun zarur bo’lgan eng muhim.
Yuzlab milliard dollarlik kattalikka ega bo’lgan jahon internet bozorining rivojlanishi nafaqat tadbirkorlar uchun qiziqarli, balki investorlarni ham o’ziga jalb qiladi. Chunki bu sohada tavakkalchilik miqdori ancha katta bo’lishiga qaramay, elektron biznesga bo’lgan investitsiyalar 3-5 yilgahca bo’lgan muddatlardi Forbes ning ma’lumotlariga ko’ra, 1000% gacha daromad keltirishi mumkin ekan. Shuning uchun ham venchur fondlar elektron biznes yo’nalishidagi loyihalarga ularning boshlang’ich bosqichlaridayoq yaxshi niyat bilan pullar jalb qiladilar. Ko’pchilik xollarda bunday biznes loyihalari yuqori texnologik va innovatsion hususiyatga ega bo’ladilar. Investor uchun venchur investitsiyalash juda yuqori tavakkalchilik darajasiga ega bo’ladi. „Venchure“ so’zi ham o’zbek tiliga tajima qilinganida tavakkalchilik bilan boshlangan ish degan ma’noni berdai. Ammo bunday biznes loyihasi innovatsion yangilik bilan bog’liq bo’lganligi uchun 462 investorning boshlang’ich kapital qo’yilmasini o’nlab, yuzlab va ba’zi xollarda esa minglab marta katta miqdorda ko’paytirishga imkon beradi. Lekin suni ham aytish kerakki, barhca vachur investitsiyalar ham muvaffaqiyatli bo’lavermaydi – 70%- 80% investitsiyalar zararga ham kirib ketishi mumkin.
Qolgan 20-30% venchur investitsiyalar barcha zararlarni qoplaydi va katta foyda ham keltiradi. „MoneyTreeTM:Venchur bozori navigatori“ ning ma’lumotlariga ko’ra,2 013 yilning uchta choragida amalga oshirilgan venchur kelishuvlarning 157 tasidan 138 tasi
IT-loyihalarga to’g’ri kelganligini ko’rish mumkin. Keyingi yillarga investorlar meditsinadagi, ta’limdagi, biotexnologiyadagi, transportdagi va moliya soxasidagi loyihalarga ham faol investitsiyalarni amalga oshirmoqdalar. Bunday investorlarga misol qilib, i2bf fondini, Bright Energy (al’ternativ energetika) fondini, QWave (kvant texnologiyalari) fondini, Biopress Capital Ventures va Maxwell Biotex (biotexnologiya) fondlarini keltirish mumkin. Bright Capital venchur fondi top-menejerining fikriga ko’ra, industriyaga va raqamli texnologiyalar investitsiyalarning absolyut turli xildagi tipologiyasiga ega bo’ladilar. Masalan, energetika va biotexnologiyga bo’lgan investitsiyalar davomiyligi 7-8 yil bo’lib, kapital sig;imi ham ancha katta bo’ladi. Raqamli texnologiyalarda esa investitsion tsikl ancha kichik bo’ladi. Kraudfunding platformalariga bo’lgan zamonaviy turdagi investitsiylar ham ancha samarador hisoblanadi. Bu turdagi 45 ta platforma tahlil qilinganida, ularga 230 ta moliyaviy tashkilotlardan $866 million dollar inbestitsiya jalb qilingani ma’lum bo‘lgan va bu summadan 79% qismi P2P turidagi xalq kreditlar servislariga to’g’ri kelgan (http://crowdssourcing.ru). Venchur investitsoyalar bo’yicha eng ilg’or mamlakat AQSH hisoblanib, bu ish Xitoyda, Xindistonda, Evropa Ittifoqida va Izroilda ham yaxshi rivojlangan. Amerika venchur fondlari uchun eng qiziq bo’lgan sohalar dasturiy ta’minot, biotexnologiya va mediya tarmoqlari hisoblanadi (J’Son&Partners Consulting).
Hozirda investorlarning diqqat-e’tibori ko’proq elektron savdo va bulutli texnologiyalarga qaratilmoqda. Amaliy innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlovchi davlat va davlatsifat tashkilotlarining asosiy turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: „afzallilarga 463 erishish markazlari“ tarmoqlari, texnologiyalar transferi markazlari, ekuv moliyalash fondlari, biznes-inkubatorlar, davlat venchur fondalri va investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash universal institutlari. Trasmilliy korporatsiyalar innovatsion loyihalarga quyidagi bir qancha usullar vositasida kirishlari mumkin: • To’g’ridan-to’g’ri (bevosita) investitsiyalar – bunda tavakkalchilik darajasi juda katta bo’ladi, ammo juda katta foydaga ham ega bo‘lish mumkin; • O’zining kichik innovatsion korxonasini tashkil qilish; • Korporatsiya oldindan mavjud bo’lgan va tegishi mutaxassislakka ega bo’lgan venchur fondga kirishi mumkin; Venchur fondlarga investitsiya qiladigan korporatsiyalar sifatida Intel Capital, Google Ventures va Mikrosoft firmasining investitsiyalar fondini ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun foydalaniladigan tashkilotlar sifatida esa quyidagilarni keltirishimiz mumkin: texnologik markazlar (klasterlar), innovatsion-texnologik markazlar, texnoparklar, biznes-inkubatorlar va biznes-akseleratorlar.
Bunday tashkilotlarning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:  Ish yuritish uchun qulay va foydali bo’lgan ofislar hamda ishlab chiqarish maydonlarini olishga yordam berish;  Informatsion qo’llab-quvvatlash;  Investitsiyon loyihalarni amalga oshirishda ish kuchini, mutaxassislarni va xamkorlarni topishda yordam berish;  Potentsiyal investorlar guruxini kengaytirish;  Soha bo’yicha mutahassislarni topishda ko’mak berish;
 Innovatsion joyihalarning boshlang’ich bosqichlarida moliyaviy ko’mak ko’rsatish. Innovatsion loyihalar uchun moliyaviy mablag’lar topishning eng yaxshi usullariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: o’z mablag’laringiz, do’stlar va olilaviy mablag’lar, grant yoki subsidiyalar olish, bankdan kradit olish, biznes-farishtalarga murojaat qilish va venchur kapitaldan foydalanish. Biznes-farishtalar deb, 464 biznesning ilk bosqichlarida investitsiyalardan katta foyda olishni mo’ljallagan hususiy investorlarga tushuniladi.
AQSH dagi unday turdagi tashkilotlarga New York Angels, Tech Coast Angels, Launchpad Venchure kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Venchur fondlar keng tanlash imkoniyatiga egadirlar, ammo ularga bank, sug’urta va investitsion kompaniyalarga vositalar jalb qlishga ruxsat berilmaydi. Ular aniq bir yoki bir necha yo’nalishlarga mablag’lar jalb qilishlari mumkin. Masalan, venchur fondlar faqat meditsinaga yoki og’ir sanoatga investitsiya qilishari mumkin yoki bir vaqtning o‘zida ham tibbiyotga, ham og’ir sanoatga, ham aloqaga va ham ekologiyaga investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Oxirgi yillarda startaplar orasida elektron biznesga, ijtimoiy saytlarga, tanishuv saytlariga, blokcjeynlarga, ta’limga va mediaga investitsiyalar jalb qilish ommabop bo’lib bormoqda.

Xulosa.
E-Commerce jamiyatning iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu soha quyidagi muhim hulosalarni o'z ichiga oladi:
Ish yaratish: Elektron savdo platformalari va onlayn bozorlar yanada ko'p ish o'rinlarini yaratadi. Bular tovarlarni ishlab chiqarish, yetkazish, mahsulotlarni sotish, xizmatlarni ko'rsatish, tahlil qilish, dizayn qilish, ma'lumotlarni ishlab chiqish va boshqalar kabi xizmatlar uchun qo'shimcha bandlik ishlarini talab qiladi. Shuningdek, internet-dasturlash, dizayn va marketing sohasidagi kasblar elektron savdo sohasida katta imkoniyatlarni beradi.
Xitoydagi eng yirik kompaniyalardan biri – Alibaba Group ning asoschisi va direktorlar kengashi raisi Djek Maning ta’kidlashicha, «Taxminan 30 yillardan so’ng, biznesning 80% dan ortigi internet orqali amalga oshiriladi . . . . Agar bu paytga kelib, ertangi kun uchun qandaydir yechimingiz bo’lmasa, bu yechim kimdadir albatta bo’ladi». Xaqiqatan xam, bugungi kunda informatsion va kommunikatsion texnologtyalar xayotimizning barcha soxalariga shiddat bilan kirib kelmoqda. Insonning kundalik xayotini ancha yengillashtiradigan va 472 ma’lumot uzatilishini xamda uning qayta ishlanishini tezlashtiradigan texnologiyalarning va internetning bunday tezkorlik bilan rivojlanishi industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o’tishining o’ziga xos katalizatori sifatida namoyon bo’la boshladi.
Bu esa maqsadli auditoriyani ancha toraytirib, o’sish imkoniyatlarini kamaytiradi. 470 Elektron bozordagi aniq bir pozitsiyaning mavjud emasligi – kompaniya barcha narsani va hoziroq qilishga urinishi, bunga albatta iste’molchlarning ko’pchiligi ham, xamkorlr ham tayyor bo’lmaydilar. Mufaffaqiyatga bo’lgan ishonchni juda erta yo’qotish va tushkunlikka tushish. Infratuzilmani tashkil etishda xatolarga yo’l qo’yish – texnologik platformaning hajmi kamchilligi, xosting hizmatlariga bog’liqlik, infratuzilma uchun to’lovlarning kechitirilishi va bu bilan bog’liq bo‘lgan moliyaviy muammolar.

Download 38.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling