Mavzu: Eganing ishtirokiga ko’ra sodda gaplarning turlari. Reja: Egasi ma’lum gap. Egasi umumlashgan gap. Egasi noma’lum gap. Atov gap. So’z gap


Soʻz gaplarning quyidagi turlari mavjud


Download 218.1 Kb.
bet3/3
Sana16.11.2023
Hajmi218.1 Kb.
#1781735
1   2   3
Bog'liq
Ashurova Fazilat ona tili tayyori (

Soʻz gaplarning quyidagi turlari mavjud:

1. Tasdiq bildiruvchi soʻz-gaplar. Bunday soʻz-gaplar soʻzlovchining aytilayotgan fikrni tasdiqlashi yoki biror fikrga qoʻshilishini koʻrsatadi. Tasdiq soʻz-gaplar vazifasida: ha, shunday, toʻgʻri, yaxshi, albatta, xoʻp, boʻlmasa-chi kabi soʻzlar ishlatiladi.
2. Inkor soʻz-gaplar. Bu xil soʻz-gaplar berilgan savolga soʻzlovchining inkor javobini yoki ma’lum fikrga qoʻshilmaganini ifodalaydi. Bu inkor ayrim oʻrinlarda ekspressiv ma’noni anglatadi. Inkor soʻz-gaplar vazifasida yoʻq, hech, aksincha kabi soʻzlar ishlatiladi: – Siz ham shunday oʻylaysizmi? – Aksincha! (yoki yoʻq).
3. Soʻroq soʻz-gaplar.Soʻzlovchining savoli, taajjubini anglatadi yoki tinglovchini javob berishga, biror ish-harakatga undaydi. Soʻroq soʻz-gaplar vazifasida shundaymi, yoʻqmi, nahot, rosti bilan-a, boʻptimi, yaxshimi kabi soʻzlar va bu xil soʻzlarning yuklama yoki ayrim koʻmakchilar bilan birikuvi orqali ifodalanadi:—Salim bugun darsga qatnashmabdi? – Nahot?!
So'z-gap
1.Tasdiq
Ha.Shunday.To'g'ri.Yaxshi.Albatta.Xo'p
2.Inkor so'z-gap
Aksincha.Yo'q.
3.So'roq so'z-gap
Shundaymi? Nahot? Bo'ptimi? Yaxshimi?
4.Undov so'z-gap
Dod! Uf! Ura! Oh!
5.Modal so'z gap
Albatta.Ehtimol.Shubhasiz.
Shunday gaplar ham borki, ular birgina soʻzdan iborat boʻlib, turli his-tuygʻular ifodalanayotgan fikrga modal munosabatlarni bildiradi:
– Ertaga kutubxonaga borasanmi?
– Ha.
Bunday gaplar tobe yoki hokim boʻlaklarni talab ham etmaydi, ularda biror boʻlakning «yashiringani» ham sezilmaydi. Ular oldin aytib oʻtilgan fikrga ekspressiv-modal munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun ham ular koʻproq dialog, ba’zan monolog gaplarda qoʻllanadi. Ana shu xususiyatlarga koʻra ular toʻliqsiz gaplardan ham farqlanib turadi.
Topshiriq.
Bobur qalamiga mansub quyidagi satrlar egasiz gaplarning qaysi turiga mansub? Oʻz fikringizni asoslab bering.

Yoz fasli , yor vasli , doʻstlarning suhbati,

She’r bahsi, ishq dardi , bodaning kayfiyati.

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR


Download 218.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling