Mavzu: Ekologik xavsizlik va ekspertiza Reja: Ekologik хavsizlikning asosiy yo’nalishlari. Ekologik ekspertiza
Davlat ekspertizasini o’tazish muddati haqida
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Usmonaliyev Husanboy Ekologik xavfsizlik
Davlat ekspertizasini o’tazish muddati haqida. Davlat ekspertizasini o’tazish muddati 30 kundan oshmasligi va ayrim, o’ta murakkab sharoitlarda, Тabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisi - bosh davlat eksperti ruxsati bilan 2 oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Ushbu ekspertiza faoliyatini moliyalash buyurtmachilar hisobidan bo’ladi. Qonun fuqarolar, fuqorolar yig’ini, o’zini o’zi boshqarish organlariga, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoat ekspertizasini o’tkazishga ham imkon beradi. Chunki O’zbekiston Respublikasi fuqorolarning konstitutsiiyaviy huquqi qulay va xavfsiz atrof tabiiy muhitda va bu haqda qonun bilan chegaralanmagan tarzda axborot olishi mumkin. Ekologik ekspertiza nuqtai nazaridan, ular o’z mablag’lari hisobiga, davlat ekspertizasidan tashqi mustaqil holda ekologik ekspertizani o’tkazishlari mumkin. Faqatgina jamoat ekologik ekspertiza xulosasini tekshirib ko’rish hamda sudga da’vo e’tirozi bilan chiqish imkonini beradi. Ekologik audit uch xil ya’ni, - ishlab chiqarish ekologik ekspertiza; - hududiy ekologik ekspertiza; - ekologik konsalting ko’rinishida olib boriladi. Ishlab chiqarish ob’ektlarini ekologik auditlashning maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilishga doir talab va yuriqnomalarga korxonalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’ri kelishi, tabiatni muxofaza qilish tadbirlari bo’yicha tavsiyanomalarni tayyorlash hamda tabiiy resurslardan foydalanishdagi sarf - xarajatlarni tekshirishdir. Ekologik ekspertizaning xar qanday turi uning ob’ektlarini qo’llash va ularni amalga oshirish mumkinligi 121 haqidagi xulosani berish bilan yakunlanadi. Umuman olganda, ekologik ekspertizalash jarayoni 5 ta bosqichni o’ziga qamrab oladi: -ekspertizani belgilash, -axborotlarni to’plash, umumlashtirish va baxolash, -dastlabki xulosani shakllantirish va u bilan jamoatchilikni tanishtirish, -ekspertiza xulosasini taqdim qilish va yuqori vakolatli organlar tomonidan tasdiqlash, -nizolarni hal qilish. Ekologik ekspertizaning quyidagi turlari mavjud: -davlat ekologik ekspertizasi; - jamoatchillik ekologik ekspertizasi; -ekologik audit. Ekologik ekspertiza quyidagi prinsiplarga asoslangan bo’lib ular : qonuniylik, xolislik, asosiylik, majburiylik, ekologik xavfsizlik, komplekslilik, oshkoralik, mustaqillilikdir. Shu bilan birgalikda ekologik ekspertizaningquyidagi ob’ektlari va su’bektlari majud: ob’ektlari: dasturlar, konsepsiyalar, sxemalar, rejalar, loyixalar, maxsulotlar, materiallar, texnologiyalar. Sub’ektlari: tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasining davlat eksperti, buyurtmachi, ekologik auditorlar (firmalar). Ekologik ekspertiza quyidagi tartibda olib borladi: -xujjatlarni tekshirish; - ma’lumotlarni taxlil qilish; -baxolashning to’g’riligini tekshirish; -ekologik xavfsizlik darajasining baholanganligini tekshirish; -ekologik chora-tadbirlarning amalga oshirilganligini tekshirish; -loyixalarning asosliligini tekshirish; - xulosalash. Ekologik xavfsizlikning muhim jihatlaridan yana biri bu ekologik muammolarni o’rganish va uning inson hayot faoliyati xavfsizligiga ta’sir qiluvchi 122 ekologik muammolarni o’rganish bilan bevosita va bilvosita bog’liq Ekologik muamolarni o’rganishda eng avvalo, quyidagi muhim yo’nalishlarni o’rganish lozim: - biogenotsenozlarning fan-texnika va jamiyat jamiyat taraqqiyoti tufayli yuzaga kelgan ekologiyasini, ularga antropogen (insonning tabiatga bo’lgan) ta’sirlarining turli ko’rinishlarini; -o’zgargan muhitning inson va jamiyatga ko’rsatgan aks ta’sirini; - insonning ma’naviy jihatdan tubanlashishi (yovuzlik, bosqinchilik, zo’rlik va boshqalar). Ekologik muammoni hal etishning ilmiy tahlili uchun uning ijtimoiy turmushining turli tomonlari bilan bog’liqligini ochib berish va katta ijtimoiy hamda insonparvarlik masalalariga murojat etish muhimdir. Qurilishga yoki boshqa maqsadda ishlatishga mo’ljallangan sanoat korxonasining, biror qurilma yoki asbobning tabiiy muhitga ta’sirini aniqlash uchun ular ekologik ekspertizadan o’tkaziladi. Ekspertizaning asosiy vazifasi tabiiy muhitni insonning zararli faoliyatidan muhofazalashdir. Sanoat korxonalari, suv inshootlarini kurish yoki ta’mirlash loyihalarini ekspertizadan o’tkazish, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish imkoniyatini beradi. Ekspertizada qurilish va ta’mirlashdan tashqari, davlat standartlari, kimyoviy moddalarning ko’llanish texnik sharoitlari, transport vositalari va ularni ishlatish vaqtida muhitga tarqatilgan zararli moddalari, shovqin, elektromagnit to’lqin kabilar bilan ta’sirni kamaytirish maqsadida maxsus qurilmalar quriladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling