Mаvzu: Ekzogen geologik jarayonlar. Nurash


Download 1.43 Mb.
bet3/6
Sana09.10.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1695789
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mаvzu Ekzogen geologik jarayonlar. Nurash

Kimyoviy nurash. Fizik nurash natijasida jinslar maydalana­di, parchalanadi, ba'zan eziladi. Tog’ jinsiga erkin kislorod ta'siri natijasida, ayniqsa jins orasiga suvning o'tib borishi orqasida u Yerda hosil bo'lgan kimyoviy reaktsiya tufayli kimyoviy nurash yuz beradi. Kimyoviy nurash qattiq jins­larning yana ham ko'proq maydalanishiga yordam beradi. Kimyo­viy jarayonlar asosan oksidlanish, gidrotatsiya (metallarning suvlanishi), erish va gidroliz xillariga bo'linadi.

Rasm51. Chumbuchkut tog’ yon bag’ridagi burma.


Oksidlanish. Yer po’stini tashkil qiluvchi mineral va tog’ jinslari atmosferadagi erkin kislorod ta'sirida oksidlanadi. Atmosferada erkin kislorod 21 foizni, suvda 30 foizni tashkil etadi. Nurash bo'ladigan zonada erkin kislorod bo'lgan vaqtda qaytarilish reaktsiyasi ketadi va sul’fidlar hosil bo'ladi.
Erkin kislorod havoda va suvda bo'lganligidan sul’fid­lar beqaror bo'lib qoladi va parchalanib asta-sekin sul’fatlarga, karbonatlarga va oksidlarga aylanadi. Bu reaktsiyani quyida pirit minerali misolida ko'rish mumkin:
2FeS2 + 7O2 + 2H2O = 2FeSO4 + 2 H2O
Bundan hosil bo'lgan temir sul’fat oksidi (FeSO4) yana osidlanishni davom ettiradi va quyidagicha reaktsiya beradi.
6 FeSO2 + 3 H2O + 1,5 O2 = 2Fe2 (SO4)3 + 2Fe(OH)3
Hosil bo'lgan temirning sul’fat oksidi beqaror bo'lgani uchun temirning suvli oksidi va oltingugurt kislotasi hosil bo'ladi, chunonchi:
2Fe2 (SO4)3 + 9 H2O = 2Fe2O3 + 3H2O + 6H2SO4
Temirning suvli oksidi Yer yuzasidagi pirit yoki boshqa temir sul’fidlari bo'lgan jinslarning oksidlanishi natijasida hosil bo'lib, u Yer yuzasida temir Qalpoq deb ataluvchi shaklda uchraydi. Jinslarga issiqlik ta'sir etishi natijasida oksidlanish jarayoni goh tez, goh sekin yuz berishi mumkin. Oksidlanish jarayoni kimyoviy nurash hodisasi ichida ko'poq uchrab turadi, bu jarayonda atmosfera, suv va issiqlik ta'sirida temirli, magniyli va alyuminiyli jinslar oksidlanib turadi. Bu hodisa to'g’risida tog’ jinslari ochilib qolgan joylardagi qizil, pushti, kulrang, yashil va boshqa ranglar guvohlik beradi. Kimyoviy nurash Yer po’stining erkin kislorod tarqalgan oraliqlarida ro'y beradi. Erkin kislorod Yer sharining har xil zonalarida har xil chuqurlikda uchraydi. Torf va doimiy muz bilan qoplagan erlarda erkin kislorod Yer yuzasida uchraydi, boshqa joylarda esa 1 km gacha chuqurlikki o'tib boradi va shu chuqurlikkacha har xil bo'shliq darzliklarda kimyoviy nurash yuz berishiga sabab bo'ladi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling