Mаvzu: Ekzogen geologik jarayonlar. Nurash
Ekzogen geologik jarayonlar
Download 1.43 Mb.
|
Mаvzu Ekzogen geologik jarayonlar. Nurash
19.1. Ekzogen geologik jarayonlar
Yer po’stida bo'ladigan geologik jarayonlar ekzogen jarayonlar deb nomlanib, uning natijasida rel’ef nevilirlanadi yoki silliqlanadi. Bu jarayonlar atmosfera, gidrosfera va biosferalarning Yer po’sti bilan o'zaro ta'siri natijasida bo'ladi. Tepaliklar emiriladi, emirilgan jinslar shamol, suv yordamida olib ketiladi va yotqiziladi. Yerning tashqi kuchlari bilan bog’liq bo'lgan geoologik jarayonlar natijasida oltin, qo'rg’oshin, platina, olmos, har xil ko'mirlar, slanets, neft, gaz va boshqa foydali qazilma konlari vujudga keladi. 3.1. Nurash Mineral va tog’ jinslarining muhim o'zgarishini vujudga keltiruvchi mexanik, ximik va organik turdagi bir qancha jarayonlarga nurash deyiladi. Yer yuzasidagi jinslar temperaturaning sutka va yil davomida o'zgarib turishi, havo va namning fizik hamda kimyoviy ta'sir etishi va organizmlarning ta'siri natijasida nurab ketadi. Quyosh, havo, nam va organizmlarning ta'siri natijasida tog’ jinslarining o'zgarish jarayoni nurash deb ataladi. Qattiq jinslarning katta-kichik parchalarga bo'linib sinishi fizik nurash deb ataladi. Bunda jinsni tashkil etuvchi minerallarning kimyoviy tarkibi o'zgarmaydi. Temperaturaning o'zgarib turishi fizik nurashning asosiy faktoridir. Agar jins yoriqlariga suv kirib, bu erda suv muzlab qolsa, u holda fizik nurash yana ham tezlashadi. Suv muzlaganda uning hajmi kengayishi ma'lum. Muzlagan suvning yoriq devorlarining 1 sm2 eriga itargan kuchi taxminan 870 kg ga etadi. G’oyat katta bunday kuch har qanday qattiq jinsni ham maydalab tashlashi mumkin. Suvning takror muzlab erib turishi bilan bog’liq bo'lgan fizik nurash sovuqdan nurash deb ataladi. Fizik nurash natijasida hattiq jinslar mayda-mayda bo'lib ketadi, hatto zarrachalar 0,01 mm gacha etadi. Qattiq jins zarrachalarining issiqdan kengayib ketishi, tuzlarning to'planishi ham fizik nurashga kiradi. Tog’ jinslari har xil minerallardan hosil bo'lganligi uchun issiqlikni bir xil o'tkazmaydi. Bundan tashqari, bir xil minerallardan tuzilgan tog’ jinslari ham bir xilda kengaymaydi va mineral kristali hamma tomonga har xil kengayadi. Shunga ko'ra, tog’ jinslarini tashkil etuvchi minerallarning turlicha kengayishi va torayishi natijasida hatto granit jinsi ham maydalanadi. Rasm 50. Qoratutboshi tog’idagi nurash. jadval 11.
Quyidagi jadvalda ba'zi bir minerallar hajmining keengayish koeffitsienti berilgan. Minerallar kristalining har tomonga kengayish koeffitsienti bir xil bo'lmaganligidan nurash hodisasi tezlashadi. Quyidagi jadvalda kvarts va kaltsit minerallari kristalining ikki tomonga ikki xil kengayishi ko'rsatilgan. jadval 12.
Nurash Yer yuzasining o'simlik bilan qalin yoki siyrak qopla-nishiga ham bog’liq. Suv va o'simlik kam yoki yo'q, bo'lgan joylarda fizik nurash kuchli bo'ladi. O'rta Osiyoda yoz faslida (qoraqum cho'lida) qum va yalang toshlar temperaturasi 70-800C ga etadi, kechalari 5-100C gacha pasayadi, natijada jinslar yorilib ketadi. Nurash xodisasi jinslarning kristalli va qatlamlarning darzli bo'lishiga ham bog’liq. Tog’ jinsida darz qancha ko'p bo'lsa, u shuncha tez emiriladi. Mexanik nurash asosan tashqi sabablar yordamida yuz beradi. Chunonchi, Yer yoriqlariga, mineral va tog’ jinslari orasiga kirib qolgan suvning temperaturasi pasayib, bu Yerda suv muzlaydi, suv muzlashi bilan muz kengayib, jinslarni yorib yuboradi, Bunday nurash ko'proq yalang tog’ jinslarida, baland tog’larda yilning barcha faslida bo'lib turadi. Buning natijasida juda ko'p siniq jinslar uyumi hosil bo'ladi. Bundan tashqari, Yer yuzasi qanday joy bo'lishidan qat'y nazar, o'simlik bilan qonlangan. O'simliklarning ildizi jinslar orasiga yorib kirib, ularni bo'laklarga ajratadi, darzlarni kengaytiradi. Chirigan ildizlardan o'tgan suv Yer ostida muzlab, darzlarni kengaytiradi. Nihoyat, Yer ichki qismida yashovchi hasharotlar, qurt va chuval-changlar gil hamda lyossimon jinslar orasida juda ko'p miqdorda kovaklar hosil qiladi, ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o'zgarishiga yordam beradi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling