Mavzu: Elektir zanjirlarining Asosiy elememtlari Reja


Download 0,73 Mb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi0,73 Mb.
#1576812
  1   2   3
Bog'liq
Ahmedov Farrux




Mavzu: Elektir zanjirlarining Asosiy elememtlari
Reja:

a) Elektr zanjiri va uning elementlari, turlari.
b) Parametrlari mujassamlashgan chiziqli elektr zanjirlarini hisoblash.

v) Kuchlanish bo’lgichlar. Tebranish konturlari.

g) Bog’langan tebranish konturlari.

Xulosa

Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar (pereklyuchatellar), saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi manbalarida biror turda gi energiya (suv, issiklik va boshqalar ener giyasi) elektr energiyasiga, qabul qil gichlar (isteʼmolchilar)da elektr ener giyasi issiqlik, mexanik va boshqalar tu| energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri rejim" (ish maromi) barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bogʻliq boʻladi. Elektr zanjiridagi tok, EYUK va kuchlanish oʻrtasidagi munosabat Kirxgof qonunlari bilan tushuntiriladi (qarang Kirxgof koidalari). Elektr zanjiri oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlariga boʻlinadi. Elektr zanjirining asosiy elementlari: rezistor, induktivlik gʻaltagi, elektr kondensator va boshqalar
Chiziqli elektr zanjirlarda bo’ladigan o’tkinchi jarayonlarni klassik usulida hisoblash


Elektr zanjiri va uning elementlari.
Elektr toki o’tishini ta‘minlaydigan elementlardan tashkil topgan sistema yoki elektr tokini o’tkaza oladigan har qanday berk kontur elektr zanjirlari deyiladi. Radiotexnikada qo’llaniladigan elektr zanjirlari radiotexnikaviy zanjirlar yoki qisqacha qilib radiozanjirlar deb ataladi. Umumiy kurinishda elektr zanjirlarini bir yoki bir necha elektromagnit energiyasi manbaini o’z ichiga oluvchi to’rt qutbli sistema deb qaraladi.

Elektr zanjirining tasviri.
Elektr zanjirning signal ulanadigan qismi kirish zanjiri, signal olinadigan qismi chiqish zanjiri deb ataladi. Signal elektr zanjiridan o’tayotganda o’ning ichida yoki sirtida energiya yutilishi yoki to’planishi mumkin. Shunga ko’ra, elektr zanjirning elementlari aktiv (rezitiv) va reaktiv qarshiliklarga ajratiladi.
Elektr zanjirining aktiv qarshilikli elementi «rezistor» deb ataladi va sxemada «R» yoki «r» harfi bilan belgilanadi. Reaktiv qarshilikli elementlarga misol qilib induktivlik g’altagi va kondensatorni ko’rsatish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, tok o’tkazayotgan o’tkazgich kesmasi bir vaqtda aktiv qarshillikka (energiya yo’qolgani uchun) ham, L induktivlikka (atrofida magnit maydoni bo’lgani uchun) ham, C elektr sig’imiga (zaryadlar to’plami bo’lgani uchun) ham ega bo’ladi. Bu elementlar zanjirning parametrlari deb ataladi.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling