Mavzu: elektr energiyasi ishlab chiqarish


Download 1.23 Mb.
bet5/5
Sana28.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1014849
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-мавзу 15dcdbfa407efa4afde3f9a5500b3cc1

Izolyatorlar. Elektr liniyalarida, liniyani yerdan izolyasiyalash uchun, tok o’tkazuvchi simlarni tayanchlarga izolyatorlar orqali mahkamlanadi. Amalda izolyatorlar chinni, shisha va polimer materiallaridan yasaladi 9- rasm. Izolyatorlarning shakli va o’lchamlari liniya kuchlanishiga qarab turlicha bo’ladi. EUL sining kuchlanishi qancha katta bo’lsa liniya simi va tayanch tutqislari oralig’idagi izolyatorning o’lchami shuncha katta bo’ladi. li izoralig’ida



9-rasm. EUL izolyatorlari.
Izolyator materiallarning dielektrik xususiyatlari yuqori bo’lishi, shuningdek, tashqi muxitga va mexanik kuchlanishlarga chidamli bo’lishi talab qilinadi. Chunki izolyatorlar ochiq atmosfera sharoitida uzoq muddat ishlashi va unga osilgan, katta massali simlarni ko’tarib turishi kerak. Yuqorida aytilganidek, liniya kuchlanishi ortishi bilan, liniya simlari ham yo’g’onlashib, og’irligi ortib boradi. Bu esa simlarni ushlab turuvchi izolyatorlar ham mustahkam bo’lishini talab etadi.

10-rasm. EUL izolyatorlari.
a- past kuchlanishli liniyalarning izolyatorlari, b-past kuchlanish liniyalarida simlarning izolyatorga mahkamlanishi, v- izolyator tayanch tutqichiga osib qo’yilgan,
g-izolyatorlar simlar va tayanch tutqichlari oralig’ida joylashgan.



11-rasm. Girlyand izolyatorlar.


    1. Transformator podstansiyalari


Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchidan (elektrostansiyalardan) iste’molchilarga (aholi va korxonalar elektr tizimlari) yetkazib beruvchi “elektr tarmoqlari” EUL laridan tashqari, transformator podstansiyalarini (TP) ham o’z ichiga oladi. Transformator podstansiyalari EUL lardan kelayotgan kuchlanishni qabul qilib, uni o’zgartirib (kuchaytirib yoki pasaytirib), elektr tarmog’ining keyingi liniyalariga, yoki iste’molchilarga tarqatadi. TP lar o’zgartirilgan kuchlanishni bir yoki bir necha iste’molchilarning EUL lariga taqsimlab beradi. Agar stansiyada kuchlanish o’zgartirilmay, faqatgina stansiyaga tushayotgan elektr energiyasini taqsimlab berilsa, bunday stansiyalar taqsimlash stansiyalari deb yuritildai. Shuningdek TP da EUL dan kelayotgan elektr toki parametrlarini o’lchash va elektr energiyasi hisobini yuritish ishlari ham bajariladi. TP lar transformatorlardan, kommutasion qurilmalar, saqlagichlar, releli himoya va avtomatik vositalardan, hamda o’lchov qurilmalaridan tashkil topgan, murakkab elektrotexnik tizimlardan iborat bo’ladi. Elektr tarmog’ining umumiy tuzilishi sxemasi 12-rasmda keltirilgan.

12-rasm. Elektr tarmog’ining umumiy sxemasi.
1-elektrostansiya, 2-kuchaytiruvchi transformator podstansiyasi, 3-pasaytiruvchi transformator podstansiyasi, 4- iste’molchilarning transformatorlari.


Elektrostansiya generatoridan chiqqan o’zgaruvchan kuchlanish (elektro- stansiya generatorlarining chiqish kuchlanishi 6,6 kV; 11 kV; 13,8 kV; 15,75 kV; 18 kV yoki 20 kV bo’lishi mumkin) kuchaytruvchi transformatorda 110 kV,
220 kV yoki 500 kV kuchlanishgacha kuchaytirilib EUL ga beriladi. Liniya oxirida joylashgan pasaytiruvchi transformatorda kuchlanish 6 kV, 10 kV yoki 35 kV gacha (masofaga qarab) pasaytirilib, nisbatan yaqin masofalarda joylashgan “iste’molchi transformator”larga uzatiladi. Pasaytiruvchi transformator stansiyasidan bir nechta liniyalar chiqishi mumkin. Shuning uchun bu transformator podstansiyasi taqsimlash qurilmalariga ham ega bo’ladi. Iste’molchining transformatoridan uch fazali uch simli yoki uch fazali to’rt simli liniyalar orqali elektr energiyasi bevosita iste’molchilarga beriladi.
Yirik sanoat korxonalari o’zining aloxida transformatorlariga ega bo’lishi mumkin. Bu transformatorlarga 6kV, 10 kV yoki 35 kV kuchlanishli liniyalar kelishi mumkin 13-rasm. Shuningdek elektr transporti tizimlarida transformator podstansiyalaridan tashqari o’zgaruvchan tokni to’g’rilash sistemalari ham mavjud.
Bu to’g’rilash sistemalarida 600 V dan 1500 V gacha o’zgarmas kuchlanishlar hosil qilinib, transport tizimi tok ta’minotiga beriladi. Transformator podstansiyasining taqsimlash qurilmasidan chiqqan 6 kV yoki 10 kV kuchlanishli liniya bevosita iste’molchi transformatorlariga beriladi.
Transformator podstansiyalari va taqsimlash stansiyalaridagi murakkab texnologik vazifalardan biri, katta quvvatli iste’molchi zanjirini elektr kuchlanishi ostidagi liniyaga ulash va undan ajratishdir.

13-rasm. Elektr ta’minoti tizimining umumiy ko’rinishi.
1-gidroelektr stansiyasi, 2-kuchaytiruvchi transformator, 3-elektr uzatish liniyasi, 5-pasaytiruvchi transformator (110kV dan 6 yoki 35 kV gacha pasaytiradi), 5-taqsimlash stansiyasi, 6-iste’molchi transformatorlari.
Chunki, katta quvvatli yuklamaga tok berish (ulash) va uni tokdan ajratib olish (uzish) jarayonlarida kontaktlar oralig’ida kuchli elektr yoyi hosil bo’ladi. Uni oldini olish uchun kommutasiya vositalari deb ataluvchi maxsus o’chirib yoqish qurilmalari ishlatiladi
Uzgich. Zanjirni tokli tarmoqqa ulash va undan ajratish uchun maxsus qurilma “uzgich” ishlatiladi. Demak uzgichlar zanjirni ish tokiga ulash va undan ajratish uchun ishlatiladi. Buday uzgichlarning yoy sundiruvchi qurilmalari, tok o’tkazuvchi qismlari, izolyatorlari, kontaktlarni harakatga keltiruvchi qismlari o’ziga xos bo’ladi.
Tuzilishi va yoy so’ndirish usullariga qarab uzgichlar katta hajmdagi moyli, kichik hajmdagi moyli, havoli, elektromagnitli, elegazli, avtogazli va vakuumli turlarga bo’linadi. 14-rasmda moyli va elegazli uzgichlar ko’rsatilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki elegazli uzgichlar moyliga qaraganda ancha ixcham va qulay.



a b
14-rasm. Moyli (a) va elegazli(b) uzgichlar.

Uzgichlarda ulanuvchi kontaklarni moy, vakuum, elegaz kabi muhitlarga joylashtirish hisobiga elektr yoyi hosil bo’lmaydi. Uzish-ulash jarayoni qo’lda yoki elektromexanik yuritmalar yordamida bajarilishi mumkin.






Elegaz. Elektrotexnik gaz SF6, tarkibi oltingugurt va ftor atomlari dan iborat bo’lib yuqori darajadagi dielektriklik xususiyatiga ega. Elegaz rangsiz va hidsiz gaz bo’lib u yonmaydi, havodan 5 marta og’ir. Metallar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Aynan shu xususiyatlariga ko’ra bu gazlar elektrotexnika sanoatida izolyasiyalovchi gaz sifatida keng ishlatiladi.




Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling