Mavzu: elektr energiyasi ishlab chiqarish
Download 1.23 Mb.
|
13-мавзу 15dcdbfa407efa4afde3f9a5500b3cc1
- Bu sahifa navigatsiya:
- EUL simlari
EUL larning tayanchlari. Elektr ta’minoti tizimlarida EUL larning tayanchlari sifatida yog’och, temir-beton va temirli konstruksiyalar ishlatiladi. Past va o’rta kuchlanishli EUL larda yog’och tayanchlarni uchratish mumkin. Yog’och tayanchlarga chirishdan va biologik kemiruvchilardan himoyalash uchun maxsus ishlov beriladi (maxsus moyli aralashmalarga bo’ktiriladi). Yog’och konstruksiyalar arzon va qo’llanilishga qulay, yengil bo’lgani holda ularning ishlash muddati qisqa (40-50 yil). Bu tayanchlar yerga ko’milgan temir-beton asosga (6- a rasm) po’lat simlar orqali maxkamlab qo’yiladi. 1950-1970 yillarda (elektr energetikasining tezkor suratlar bilan rivojlangan davri) yog’och tayanchlar keng amalda bo’lgan. Lekin 20-asr boshlariga kelib yog’och xom-ashyosi narxining oshishi, ekologik va boshqa texnik sabablarga ko’ra temir beton tayanchlar yog’och tayanchlarni butunlay siqib chiqardi.
a b 6-rasm. Yog’och tayanch, temir-beton va temir konstruksiyali tayanchlar. Amalda ko’proq temir-beton va temir konstruksiyali tayanchlar keng tarqalgan. Tayanchlarning konstruksiyalari, o’lchamlari EUL kuchlanishiga qarab turlicha bo’ladi. Chunki, kuchlanishning ortishi bilan liniya simlari orasidagi masofa va simning yerdan balandligi ham katta bo’lishi kerak. Bu esa tayanch va tutqichlarning o’lchamlariga ta’sir etadi. Kuchlanish 6-10 kV bo’lganda simlarning oralig’i 1m dan kam bo’lmasligi kerak. Kuchlanish 35-220 kV bo’lganda esa simlar oralig’i 2,5-7 m gacha bo’lishi talab etiladi. 500 kV kuchlanishli liniyalarda esa simlar oralig’i 10-12 m bo’lishi zarur. Simlar oralig’ini bunday bo’lishini ta’minlash uchun albatta tayanch va tutqichlarning o’lchamlari ham kattalashib boradi(6 -b rasmga qarang). 330 kV gacha bo’lgan liniyalarning tayanchlari odatda yakka temir-beton ustundan iborat bo’ladi. Undan katta kuchlanishlarda esa tayanchlar bir necha ustunli, yoki asos kesimi katta bo’lgan temir konstruksiyali murakkab formaga ega bo’ladi. EUL simlari. Liniyalarda o’tkazgichlar sifatida asosan ochiq (izolyasiyasiz) alyumin simlar ishlatiladi. Alyumin ishlatish liniya tannarxini kamaytiradi. Bundan tashqari, tayanchlarga osilib turgan simlarning og’irligi kamayadi, bu esa tayanchlar orasidagi masofani oshirish va tayanchlarni iqtisod qilish imkonini beradi. Simning kesim yuzasi EUL kuchlanishiga qarab ortib boradi. Masalan 6-10 kV kuchlanishli liniyalarda simning kesim yuzasi 70-120 mm2 bo’lsa, 220 kV kuchlanishli liniyada yuza 300 mm2 bo’ladi. 500 kV kuchlanishli liniyalarda simlarning umumiy kesim yuzasi (bitta faza ikki yoki uchta aloxida simlarga bo’lingan bo’lishi mumkin, 7 rasm) 1500 mm2 gacha yetadi. 7 -rasm. Ikki zanjirli EUL. Simlarning kesimi ortib borgani sari ularning og’irligi ham ko’payib borib, alyumin sim o’z og’irligini ko’tara olmasligi mumkin. Shuning uchun mexanik mustahkamlikni oshirish maqsadida alyumin simlarning ichida po’lar o’zak bo’ladi. Bu po’lat o’zaklar ham ko’p tolali bo’ladi 8-rasm. a b 8-rasm. Ko’p tolali alyumin simi va uning po’lat o’zagi: a-simning umumiy ko’rinishi, 1- alyumin tolalar, 2- po’lat o’zak tolalari; b-simning ko’ndalang kesimi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling