Mavzu: Elektr mashinalari va transformatorlarni ishlab chiqarish texnalogiyasining umumiy masalalari


Download 1.15 Mb.
bet1/2
Sana27.10.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1726678
  1   2
Bog'liq
mavzu 3 Elektr mashinalari


Reja.
Mavzu: Elektr mashinalari va transformatorlarni ishlab chiqarish texnalogiyasining umumiy masalalari.
1. Elektr mashinalari va transformatorlarni ishlab chiqarishda quyma materiallarni ishlatilishi.
2.Elektr mashinalari va transformatorlarning qismlarini
payvandlash.
Elektr mashinalari va transformatorlarning detallariga fason berish xamda detallariga murakkab shakl berishda eritilgan metaldan foydalaniladi.
Elektr mashinasi massasining 35-60 %ni quyma detallar tashkil etadi. Umumiy maqsadli elektr mashinalarning korpusi, shitlari, chiqish qopqog‘i, futilkasi, siqib turuvchi shaybalari va qopqog‘lari cho‘yandan tayorlanadi. O‘zgarmas tok elektr mashinalarining korpusi, shitlari, kollektor detallari va flanslari po‘latdan quyib tayyorlanadi. Katta quvvatli elektr mashinalarining vali, futilkalari va siqib turuvchi shaybalari ham po‘latdan quyib tayyorlanadi.
Elektr mashinalarini tayyorlashda alyuminiy quymasi ham ishlatiladi. Kam quvvatli Elektr mashinalarining korpusi, shitlari, qopqog‘lari, chiqish qopqog‘i va ventilyatorlari alyuminiydan quyib tayyorlanadi. Turba generatorlar rotorini klin (pona)lari, cho‘tka tutqich va boshqa detallari xam alyuminiy quymasidan foydalaniladi. Elektr mashinalari va trasformatorni ishlab chiqarishda mis quymalaridan, jez va bronzadan ham foydalaniladi.
Bunday metallardan elektr mashinalarining cho’tka tutqichlari, moylab turuvchi xalqa, chulg‘am sterjenlarini ulashda ishlatiladigan detal (nakanechnik)lar va boshqa detallar, transformatorlarning kontaklari, kontakt tutqichlari, futulkalar, flans va boshqa detallari ham tayyorlanadi. Bobbitli quyma o‘rta va katta quvvatli Elektr mashinalari podshivniklarining vkladishlarini tayyorlashda ishlatiladi.
2.1 –rasm. Ikki qsimli quyma forma. 1,2 – tepa va pastki qolip 4, 9 – siquvchi , 3 – quyuvchi kanal, 5, 12 – ustki va pastki belgilar, 6 – letnik; 7 – letnikli chashka; 8, 11 – formаlovchi aralashmani ustki va pastki quyuvchi qismi. 10 – sterjn; 13 – quyuvchi bo’shliq.
Quyma materiallarni texnologik talablari. Elektr mashinalarni quyib tayyorlanadigan qisimlarini loyihalash jarayonida bir qator tayyorlash texnologik talablarga rioya qilishlari lozim. Quyma detallar o‘zining tashqi chizmasiga, to‘g‘ri chiziqli konturiga va yuza qismining siliqligiga ega bo‘lishi lozim. Detallarning qismlarida keskin qalinliklarini o‘zgarishi, minimal darajada chuqur qismlari va keskin o‘zgarishlari kam bo‘lishi lozim. Quyilgan detallarni tayyorlash, tayyorlash jarayonida xosil bo‘lgan yupqa qismini mustahkamligini oshirish maqsadida qovurg‘alar yasaladi. Sterjn va yechiluvchi qismlari minimal darajada kamaytirish lozim.
Asosiy kanstruktiv ishlov berish quyma detal chizmasiga qarab ishlov berilishi lozim. Qolipdan olingan detallarga mexanik ishlov beriladi. Detallarga qayta ishlov berish jarayonida detallarda xosil bo’lgan ortiqcha qismlarini olib tashlash lozim, chunki detallarda aniqlik darajasi muhim. 2.2 – rasmda elektr mashinaning quyma qalqonining loyiha chizmasi ko‘rsatilgan. Shtrixda mexanik ishlov beriladigan qismi, bo’rtib chiqqan hamda nishab qismlari ko‘rsatilgan. O‘tkir burchak va doira qismlari ham ko‘rsatilgan. 2.1 – rasmda esa elektr mashinalarning quyma, ikki qismda bo‘lib tayyorlanadigan, qismlarini qolipi ko‘rsatilgan. Pog‘onada teshik hosil qilish uchun sterjnlardan 10 foydalaniladi, 5 va 12 da sterjenli yorliq o‘rnatilgan
Qora metaldan quyma detallarni tayyorlash texnologiyasi. Quyma detallarni tayyorlashning asosiy shartlari maksimal darajada o‘lchamlarga yaqin holda tayyorlash va tayyor detal o‘lchamlariga keltirish. Quyma detallarni yetarli darajada kerakli o‘lchamlarga yaqin darajada quyulishi, foydalanilgan materiallarni koefitsientini oshiradi va mexanik ishlov berishni kamaytiradi. Hozirgi vaqtda aralashmalarni tayyorlash jarayonida yuqori mustaxkamlikni ta’minlash maqsadida, tayyorlanadigan detalni o‘zaklaridagi qoliplarning o‘zida eritilib tayyorlanadi, hozirgi kunda kontaktsiz elementlar va logistik elementlar orqali boshqarilib, kerakli bo‘lgan shakldagi qoliplar avtomatlar yordamida tez va yuqori aniqlikda tayyorlanadi.
2.2 – rasm. Podshivnikli quyma qalqonni loyiha chizmasi
Qoliplarni tezda tayyorlashning kng tarqalgan usullaridan biri bu presslab tayyorlanadigan usuldir. O‘q balandligi 250 mm gacha bo‘lgan elektir mashinalarning chugundan quyma holatda tayyorlanadigan qismlari ya’ni podshivnik qalqoni, mufta va boshqa mayda detallarini qumdan presslab tayyorlangan qoliplarda tayyorlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
2.3 – rasm. metallni formaga quyish usuli. 2.3 – rasmda tirgaksiz qolipdan biri ko‘rsatilgan. Fоrma quyiladigan aralashma bunkerga solinadi 1-havoni siqish yordamida ishchi rezervuar tayyor bo’ladi 2-Ikkinchi tomonidan qo‘zg‘aluvchi modelli plita 3-qo‘zg‘aluvchi shtik

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling