Mavzu: Elektr maydon kuchlanganiligi va potensiali. Elektrostatik maydondagi dielektrik. Guruh: 2k-20m Bajardi: Xamidov B. Tekshirdi: Xo’janiyozov J. Reja


Download 223.16 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi223.16 Kb.
#1019023
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Elektr maydon kuchlanganiligi va potensiali. Elektrostati

Dielektrikning tuzilishi

H ar qanday dielektrik suyuq va gazsimon ko‘rinishdagi neytral


molekulalardan tashkil topgan bo‘ladi. Elektr zaryadi molekula doirasida juda murakkab taqsimlangan bo‘ladi, lekin makroskopik nazariyada uning taqsimotini aniq o‘rganishga hojat yo‘q. Molekulaning elektr holatini, ya’ni uning hosil qilgan maydonini uning tashqi maydonga reaksiyasiga qarab, musbat zaryadi "musbat zaryad markazida", manfiy zaryadi - "manfiy zaryad markazida" to‘plangan deb qaraladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, molekulaning elektr maydoni dipolga o‘xshash deb qarash mumkin, bu yerda q - molekulaning musbat va manfiy zaryadining absolyut miqdori -"manfiy zaryad markazi" dan "musbat zaryad markazi" gacha o‘tkazilgan vektordir. Shunday molekulalar ham bo‘ladiki, musbat va manfiy zaryadlari mos keladi, bir birining ustiga tushadi. Bu simmetriya markaziga ega bo‘lgan molekulalar, masalan, ikkita bir xil atomdan tashkil topgan molekulalar (H2, O2 ....). Bunday molekulalar xususiy dipol momentiga ega bo‘lmaydi (p=0, chunki l=0 ) va shuning uchun ularni qutblanmagan
deb ataladi Agar molekulada musbat va manfiy zaryad markazlari mos kelmasa, noldan farq qiluvchi dipol momentiga ega bo‘ladi va ularni qutblangan molekulalar deyiladi.
Ko‘pgina qattiq dielektriklarda kristall panjara tugunlarida ionlar
joylashgan bo‘ladi. Ba’zi xollarda (masalan: bitta element atomidan hosil bo‘lgan kristallarda) barcha ionlar musbat ionga ega bo‘ladi, ular o‘rtasidagi bog‘lanish valent elektronlar orqali (kovalent bog‘lanish) amalga oshiriladi. Boshqa xollarda, kristall kimyoviy birikmalardan iborat bo‘lsa, (masalan, osh tuzi kristalli) ionlar turli xil ishoraga ega bo‘ladi va panjarada o‘zaro tortishish kuchlari orqali ushlab turiladi (ionli bog‘lanish). Bunday kristallning kristall panjarasini ikkita panjarachadan, biri musbat iondan, ikkinchisi - manfiy iondan hosil bo‘lgan deb hisoblash mumkin.

Xulosa

Men ushbu mustaqil ishni bajarish davomida elektr maydon kuchlanganligi, elektr maydon potensiali va dielektrik kabi tushunchalarni bilib oldim. Elektr maydon kuchlanganligi bu birlik musbat nuqtaviy zaryadga maydon tomonidan ta’sir qiluvchi kuchga teng bo’lgan kattalikka nisbata aytilishini, elektr maydon potensiali deb esa, maydon tomonidan zaryadga ta’sir qiluvchi potensial energiyaga teng bo’lgan fizik kattalikka aytilishini bilib oldim. Shuningdek, elektr maydonga kiritilgan zaryadning maydon tomonidan ta’sri qilishi natijasida hosil bo’lgan elektr maydon kuchlanganligni hisoblashda kerak bo’ladigan formulalarni o’rgandim va ularni misollar orqali mustahkamladim.



Download 223.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling