Mavzu: Elektr tokidan talofat korganda birinchi yordam. Reja: Elektrdan jarohatlanganda dastlabki tez yordam
Izoh: 1,2,3, -zanjirni elektr tarmogidan uzib qo‘yish; 4.5.6-
Download 200.78 Kb.
|
23 Elektr tokidan talofat korganda birinchi yordam.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sun’iy nafas oldirish
Izoh: 1,2,3, -zanjirni elektr tarmogidan uzib qo‘yish; 4.5.6-
zanjir ta’siridan odamni ajratib olish. Bu ishlarni bajarishdan oldin tok o‘tkazuvchi hamma faza simlarini oldindan maxsus tayyorlangan (bu moslama elektr xavfi yuqori bo‘lgan har bir ish joyida tayyor turishi kerak) o‘tkazgich yordamida birlashtirgan qolda jaroqatlanuvchi yotgan joydan eng kamida 10 m nariroqdan yerga ulab qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu tadbir odamni tokdan ajratib olish vaqti cho‘zilib qolgan taqdirda unga ta’sir etayotgan tokning kuchini qirqadi. Natijada jarohatlanish darajasini yengillatadi. Yerdan qo‘l yetmaydigan darajada balandrok joyda elektr tarmog‘iga ulanib qolgan odamni, yuqorida qayd qilingan tartiblardan birini qo‘llagan qolda jaroqatlanuvchi ostiga yerdan 0,5 - 1,0 m balandlikda pishiqroq matodan yoki kengroq tikilgan ustki kiyimdan foydalanib 2 yoki undan ortiq odam yordamida chodir tutmoq lozim. Buning oqibatida tokdan ajratilgan qushsiz odamni yerga qattiq tushib jaroqatlanishidan asrab qolinadi. Sun’iy nafas oldirish Sun’iy nafas oldirish, bu jaroqatlanuvchi o‘pkasiga xaloskorning o‘pkasidan havo yuborib uning vaqtincha to‘xtab qolgan o‘pkasini ishga tushirish demakdir. Buning uchun xaloskor eng avval jarohatlanuvchining og‘zini ochishi, jag‘ini komidan ajratish zarur, bu osonlikcha bo‘lmaydi, chunki jang‘ni qarakatlantiruvchi pay va nerv tolalari tok ta’sirida o‘ta qisqarganligi sababli jag‘lar bir-biriga qattiq jipslashib qotib turgan bo‘ladi. Ularni bir-biridan ajratish uchun biror bir yapaski buyum-iskana, boltani dami, dastarrani yoki pichoqni orqasi kabilar bilan jag‘lar orasiga kirg‘izib ayirmoq kerak va jag‘lar oxirgacha ochilgandan keyin, tilni oldinroq tortib tomoq havo yo‘lini ochish kerak. Agar buni qo‘l barmoqlari yordamida bajarish mushkul bo‘lsa, ombir uchlariga toza latta yoki doka o‘rab uning yordamida tilini uchidan qisib turib oldingi tishlar orqa chizig‘igacha tortish zarur. Shunda tanglay havo yo‘li ochilib, sun’iy nafas oldirish uchun imkon yaratiladi. Undan keyin og‘iz bo‘shlig‘ida yig‘ilib qolgan so‘laklardan tozalanadi va maboda jag‘-tishlari sun’iy - qoplama bo‘lsa, ularni chiqarib olinadi. So‘ngra jabrlanuvchini yotgan joyida, yelkasi ostiga kichkiroq lo‘la - bolish qo‘yib, bir qo‘l bilan uning bo‘yni ostidan oxista ko‘tarib, ikkinchi qo‘l bilan esa peshonasidan bosilib qo‘yiladi. Shunda 2 b rasmda ko‘rsatilganidek tomoq yo‘li ochiladi va quyidagi tartibda sun’iy nafas berishga kirishiladi. Yuqoridagi holatni saqlagan holda peshonada turgan qo‘l bilan bemorning burnini qisib xavo chiqmasligini ta’minlagandan keyin, xaloskor chuqur nafas olib uning ochiq turgan og‘ziga yopilgan toza va yupqa mato ustidan «og‘izdan - og‘izga» usuli bilan havo yuboradi. 2-rasm. Boshni qaysi holatida nafas yo‘li ochilgan bo‘ladi: a) havo utmaydi b) havo utadi Ba’zan og‘izdan qavo yuborish mushkul bo‘lganda burun teshiklari orqali yuborilishi qam mumkin. Hargal havo yuborilgandan keyin bemor yuzi va ko‘krak qafasiga e’tibor berish kerak. Uning ko‘kragi ko‘tarilishi va tushayopanda o‘z vazni bilan ortiqcha xavoni chiqarib yuborishi kuzatiladi. Bu qol bir minutda 10-12 marta qaytarilib turiladi. Shunda bemor lablari yo kipriklari o‘zidan-o‘zi qimirlab, yutinish kabi belpshar paydo bo‘lsa, bemorning ikki qo‘lini bogai uzra yarim doira shaklida 2 sekundda bir marta harakatlantirib urish kerak. Agar o‘zi mustaqil nafas olishga o‘tsa sun’iy nafas oldirishni to‘xtatish mumkin. Aks holda sun’iy nafas oldirishni lavom ettirish zarur bo‘ladi. Shu kabi yo‘llar bilan bemor o‘pkasiga yuborilayotgan havo tarkibida uni qayotga qaytshpi uchun yetarli kislorod bo‘ladi. Bundan tashqari bemorning og‘ziga yo‘naltirilayotgan havo ma’lum bosimga ega bo‘lganligi sababli, o‘z navbatida bemornyng vaqtincha qisqarib qolgan o‘pkasini mushak tolalarini asli holatiga qaytaradi va bir maromda davriy harakatni tiklashga undaydi. Download 200.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling