Mavzu: Elektr xavfsizligi asoslari Reja


Download 2.22 Mb.
bet1/2
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701701
  1   2
Bog'liq
Avazbek va Hojimurod HFX fanidan mustaqil ishi


Mavzu: Elektr xavfsizligi asoslari
Reja:
1.Elektr tokining inson tanasiga ta’siri
2.Inson tanasining elektr qarshiligi
3.Bir fazali va uch fazali tarmoqlarda tok o’tkazuvchi qismlarga tegishdagi xavf
Elektr tokining inson tanasiga ta’siri. Elekrt toki organism orqali o’tganda issiqlik, elektrolitik va biologik ta’sir ko’rsatadi. Issiqlik ta’siri tananing ayrim qismlarining kuyishi , qon tomirlari , asab va boshqa to’qimalarning qizishi bilan tavsiflanadi. Elektrolitik ta’sir qon va boshqa organik suyuqliklarning ko’rinishi va ular fizik-kimyoviy tarkibining buzilishiga olib keladi. Elektr tokidan olingan jaroxatlarni shartli ravishda mahalliy va umumiy turlarga bo’lish mumkin . Umumiy turini odatda , tok urishi deyiladi.Mahalliy turini organizm ma’lum qismining elektr toki yoki elektr yoyi ta’sirida shikastlanishidir.
Elektr tokidan kuyish tanadan tok o’tganda hamda elektr yoyi ta’sirida bo’lishi mumkin. Birinchi holatda jarohat nisbatan yengil o’tadi. Bunda terini qizarishi, pufakchalar paydo bo’lishi kuzatiladi.Elektr yoyi ta’sirida bo’lgan kuyish, odatda, ancha og’ir harakterga ega.
Elektroaftalmiya – elektr yoyidan chiqadigan kuchli ultrabinafsh nurlar oqimning tasiri natijasida ko’z tashqi pardasining yalliqlanishidir. Odatda, kasallik bir necha kun davom etadi. Ko’zning muguz patrdasi jarohatlangnda davolash murakkablashib, uzoq davom etadi. Tokning biologik ta’sirida a’zolar mushaklarning tortishib qolishida namoyon bo’ladi. Bunda mushaklar, shu jumladan, yurak va o’pka mushaklari beixtiyor tortishib qoladi. Natijada, nafas a’zolari va qon aylanish tizimi ishining buzilishi ro’y berishi mumkin.
Elertr izlari tok ta’sir etgan odamning tanasi sirtida aniq ko’rinib turadigan kulrang yoki och sariq rangdagi dog’lardir. Izlari tirnalish, kichik jarohat, kesik yoki latlar ko’rinishida bo’ladi. Terining shikastlangan qismi qadoq singari qattiqlashib qoladi. Terining metallanishi elektr yoyi tasirida erigan metall zarralarining teri ustki qatlamiga kirib qolishidir. Elektr toki urishi, bu – organizm orqali elektr toki o’tishi natijasida mushaklarning tortishib qolishidir.




Odam organizmiga elektr tokining ta’siri qanday oqibatlarga olib kelishiga qarab, elektr toki urishining shartli ravishda quyidagi to’rt darajaga ajratish mumkin:
I daraja- mushaklar tortishib qoladi, ammo odam hushidan ketmaydi;
II daraja- mushaklari tortishib qolib, hushidan ketadi, lekin u nafas oladi va yuragi urib turadi;
III daraja – mushaklar tortishib , yurak faoliyati yoki nafas olishi buziladi (yoki har ikkisi baravar ro’y beradi);
IV daraja – klinik (o’kinchi) o’lim yuz beradi, ya’ni nafas olish va qon aylanishi to’xtaydi.
Klinik o’lim hayot bilan o’lim o’rtadsidagi holat bo’lib, yurak va o’pka ishlashdan to’xtagan paytdan boshlanadi. Bu holatda odam nafas olmaydi, yurak urmaydi, og’riq his qilmaydi, ko’z qorachog’ kengayadi va yorug’likni sezmaydi. Bu davrda turli a’zolar faoliyati davom etib turadi.
Inson tanasidan o’tayotgan tok kuchi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
I(i)=U/(r+2R(i))
Qutb orqali yerga ulangan tarmoqdagi o’tkazgichga tegib ketishda:
I(i)=U/(R(i)+2R(0))
Inson tanasining elektr qarshiligi. Elektr tokidan shikastlanishda inson tanasining qarshiligi muhim rol o’ynaydi. Inson tanasining elektr toki tasiriga qarshiligi terining holatiga (quruq yoki hol, dag’al yoki mayin, jarohatlangan yoki jarohatlanmagan), elektr simi bilan bog’lanish yuzasiga va darjasiga, tok kuchi va tok chastotasiga, tokning inson tanasi orqali o’tish yo’liga hamda ta’sir vaqtiga bog’liq bo’ladi.
Insin tanasining elektr tokiga qarshiligi 1000 om dan 100 000 om gacha bo’lishi mumkin. Odamning tok tasiriga qarshiligi 30 sek dan keyin tahminan 25% , 90 sek dan keyin esa 70%ga kamayadi.
Inson uchun 10 mA gacha bo’lgan o’zgaruvchan tok, 50 mA gacha bo’lgan o’zgarmas tok xavfsiz hisoblanadi, shuningdek 0.05 A tok kuchi xavfli va 0.1 A tok kuchi halokatli hisoblanadi.
Inson tanasining qarshiligi (R(i)) yerga ulangan neytrali qarshiligida (R(0)) ancha ko’p bo’lganligi (R(i)>R(0)) inobatga olinsa:
I(i)=U/R(i)

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling