NH3 + NH3 = NH4+ + NH2-
Agar erituvchi qanchalik protogen bo’lsa, unda erigan modda shunchalik kuchli asos bo’ladi va ausincha, erituvchi qanchalik kuchli protogen bo’lsa, erigan modda shunchalik kuchli kislota xossasiga ega bo’ladi.
Suv juda kuchsiz proton erituvchi, unda kuchli kislotalar to’la dissotsialanadi. Kuchsizroq protofil (masalan, CH3COOH) kislotalar qisman dissotsialanadi. Kislotalik kuchi bo’yicha kislotalar quyilagicha joylashadi.
HClO4 > HBr > H2SO4 > HCl > HNO3
Erituvchining xossasiga qarab, kislota va asoslarning ionlanishi turli erituvchilarda turlicha boradi. Hatto erituvchiga qarab, ionlanishning tabiati ham o’zgarishi mumkin. Biror modda bir erituvchida kislota, boshqa erituvchida esa asos bo’lishi mumkin.
Umumlashgan kislota-asos nazariyasi
Liyus nazariyasiga ko’ra moddalarning kislota asoslik xossalar ularning tarkibida vodorod yoki kislorodning bo’lishi, eruvchining ta’siriga emas, balki moddalarning tuzilishi bog’liqdir. Moddalarning tuzilish nazariyasi asosida kislota-asoslarning elektron nazariyasi yaratildi. Bu nazariya umumlashgan kislota - asos nazariyasi deb ataladi.
Asos - erkin elektron jufti bor modda bo’lib, uning juft elektronlarining boshqa atomning barqaror elektronlar gruppasini tashkil qilishda ishtirok etishi mumkin.
Masalan: H
H :N: H asos
H
Kislotalar - alyuminiyda barqaror elektronlar gruppasi hosil qilish uchun boshqa atomning erkin juft elektronlaridan foydalana oladigan moddalardir. Masalan:
Cl Cl
Al:Cl B:Cl
Cl Cl
Boshqacha aytganda, kislota juft elektronlar akseptori, asos esa juft elektronlar donoridir. Neytrallanish reaksiyasida bu juft elektronlar hisobidan kavalent bog’lanish hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |