Mavzu: Elektron biznesda tovar va xizmatlarning o`ziga xos xususiyatlari reja 1


Download 140.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi140.91 Kb.
#1057424
1   2
Bog'liq
Mavzu Elektron biznesda tovar va xizmatlarning o`ziga xos xusus

1) Buzilmaslik xususiyati - ya’ni yaratilgan axborot tovar cheklanmagan muddatda 
foydalanishga yaroqlidir. Vaqti-vaqti bilan himoyalangan holda. 
2) O’zgartirish osonlik xususiyati - ya’ni elektron Tovar osongina o’zgartirish 
xususiyatiga ega. Lekin ayrim tovar va xizmatlar osongina o’zgartirmaslik uchun 
maxsus Adobe Reader deb nomlangan dastur orqali pdf-kengaytmasini oladi va 
oson o’zgartirish xususiyatini o’zgartiradi. 
3) Ovoz va tasvirning yorqinligi barcha elektron tovar va xizmatlar ovozli tasvirli 
ko’rinishni olishi mumkin. 
Elektron biznesda barcha tovar va xizmatlar 4 ko’rinishga ega. 
1. Matnli kengaytmalari - txt, doc, xls va boshqalar. 
2. Grafik ko’rinish - jpg, bmp, jpeg. 
3. Audio format - mp3, wave. 
4. Video format - mp4, date, avi. 
Ushbu formatlar quyidagicha tasniflanadi. 
1.Yetkazib berish bo’yicha 
a) Oson yetkazib beriladigan 
b) Interaktiv 
Yetkazib beriladigan tovarlarga va xizmatlar yuklanishda tezgina yuklanadi yoki 
sekin-asta yuklanadi. Interfaol tovar va xizmatlar esa serverga ulanib yetkazib 
beruvchi bilan muloqotga keyin yetkazib beriladi. 
2.Vaqt bo’yicha bog’liqligi 
a) tez qadr-qimmatini yo’qotuvchi 
b) qadr-qimmatini yo’qotmaydigan 
2. Elektron biznes marketingida tovar siyosati. 
Raqobat sharoitlarida biznesda muvaffaqiyat xaridorlik extiyojlarini maksimal 
qoniqtirishga bog’liq bo’lib, bu hozirgi vaqtda xaridorlarga taklif etiluvchi tovar va 
xizmatlarning individuallashtirilishiga olib keladi. Bu holda internet xaridorlar 
extiyojlarini aniqlash, ular bilan ikki tomonlama munosabatlar o’rnatish va ularga 
zarur tovar, xizmatlarni realizatstiya qilishning juda samarali vositasidir. G’arb 
marketologlari 
istemolchiga 
yondashuvning 
individuallashtirish 
jarayonini 
«kastomizastiya» atamasi bilan belgilaydilar. Kastomizastiyaning asosiy vazifasi-
iste’molchida ish shaxsan u uchun qilinayotganligi xisini yaratishdir. Bu muammoni 
hal etish uchun marketing-miks marketing vositasi qo’llanadi, uning birinchi 
elementi tovar siyosatidir.Umumiy tovar siyosatiga nisbatan internet muhitida 
an’anaviy marketingning barcha asosiy prinstiplari qo’llanishi mumkin.Biroq 
internetdan eng muvaffaqiyatli taklif etiluvchi mahsulotlar tasnifi o’z 
xususiyatlariga ega. Mahsulotlarning ikki asosiy guruhini ajratish mumkin: axborot 
va moddiy mahsulotlar.
Internet tarmog’i boshidan ma’lumot uzatish uchun mo’ljallangan, shuning 
uchun an’anaviy on-layn mahsulotlari uchun sotuv usuliga ko’ra eng moslashtirilgan 


hisoblanadi. (masalan, dasturiy vositalar, ma’lumot) mahsulot brendini bu holda 
shuningdek asosan on-layn tartibida o’tkaziladi. Ma’lumot bepul ham, ma’lum 
to’lov evaziga ham berilishi mumkin. Bepul ma’lumot foydalanuvchilarni web-
serverga jalb etish ko’rinishida kompaniya savdo markasini reklama qilish va ilgari 
surish, firma savdo markasining tanilishida va boshqalar uchun xizmat qiladi.
Pullik ma’lumot vosita tovar vazifasini bajaradi va firma tomonidan daromad 
olinishiga xizmat qiladi. Bu turdagi modelning realizastiyasiga internet axborot – 
intensiv muhit ekanligi ta’sir ko’rsatadi.Bepul beriluvchi ma’lumotning katta hajmi 
pullik ma’lumotga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirgan.Foydalanuvchi o’zini 
qiziqtirayotgan ma’lumotni boshqa serverlarda izlamasligi uchun firma o’ziga xos 
noyoblikka ega bo’lishi kerak.Foydalanuvchilarni jalb etish uchun u noyob 
ma’lumotlar, qo’shimcha xizmatlarni taqdim etish yoki iste’molchilarni 
motivastiyalashning boshqa usullaridan foydalanishi kerak. 
Boshqa guruhni moddiy mahsulotlar tashkil etadi. Ba’zan ularni yana 
tranzakstiya mahsulotlari deb ham ataydilar. Tranzakstiya ostida, ma’lumotdan 
tashqari, biron bir narsaning xaridorga sotuvchidan uzatilishi, berilishi 
tushuniladi.Tranzakstiya ko’p hollarda pul kuchirilishini o’z ichiga oladi, bu aslida 
qoida bo’lmasa ham. 
Internetda quyidagi tovarlar eng sotiluvchanlikka ega:
- xarid qilish uchun ancha ma’lumot hajmining tahlilini talab etuvchi yuqori 
texnologik mahsulotlar. Internet barcha zarur ma’lumotni iste’molchi tomonidan 
tahlil qilinishi uchun web-serverga taqdim etish imkoniyatiga ega. Bunday 
mahsulotlar misoli elektronika va avtomobillar bo’lishi mumkin;
-o’rtacha yoki yuqori narxga ega mahsulotlar; 
- texnika mahsulotlari, chunki bugungi kunda internet texnik ma’lumotga ega 
kishilar tomonidan keng foydalaniladi; 
- yangi mahsulotlar, chunki iste’molchilar bunday mahsulotlar to’g’risida zarur 
ma’lumot berilishiga muxtojlar. Internet bo’yicha kitoblar, kompakt –disklar, 
videokassetalar, kompyuterlar, telefonlar, ofis va turmush texnikasi faol 
realizastiyalanadi. Masalan, Inter Monitor (
www.intermonitor.ru
) ma’lumotlariga 
ko’ra kitoblarning internet sotuvi 26% ni, kompakt disklar esa shaxsiy maqsadlarda 
xarid qilingan narsalarning 10% ni tashkil etadi.
Bunday mahsulotlar xususiyati shundaki, iste’molchi zarur ma’lumotni 
tarmoqda olish, off-layn do’konlardan yoki internet-do’konda buyurtma berib sotib 
olish mumkin.
Tovar siyosatining muxim elementi servis xizmati tizimidir. Iste’molchilar 
servisi va quvvatlanishi internetda quyidagi shakllarni qo’llash hisobiga ancha 
kengaytirilishi mumkin.
1) qo’shimcha ommaviy ma’lumot.
Firmalar internetda iste’molchilarga berish uchun ma’lumotning ancha hajmini 
joylashtirish imkoniga ega.Bu ayniqsa yuqori texnologik mahsulot holida juda 
muxim. 
2) FAQ(Frequently Asked Questions)- tez-tez beriluvchi savollar. Bunday 
ma’lumot taqdimoti nafaqat mavjud, balki potenstial mahsulot iste’molchilari 
uchun, ularni aynan shu firmada xarid qilishga undash uchun zarur. Bunday 


imkoniyatlar ma’lumot quvvatlanishni talab etuvchi xar qanday mahsulotga 
yoyiladi. 
3) qo’shimcha teskari aloqa mexanizmi. Internetdan iste’molchilar bilan 
samarali teskari aloqani tashkil etishda foydalanish mumkin bo’lib, bu 
iste’molchilar va firmalarning interfaol o’zaro harakati imkoniyatini kengaytiradi.
4) an’anaviy va ustama xarajatlarning qiskarishi. Quvvatlanishning qo’shimcha 
servisi teskari aloqa boshqa turlariga muvofiq, ularni ta’minlash xarajatlarining 
kamaytirilishiga olib keladi.
Tovarlar va xizmatlar yetkazish tizimi. Xaridor buyurtma bergan tovarni 
mumkin qadar qisqa muddatda unga yetkazilishi kerak. Aks holda elektron biznes 
bilan bog’langan faoliyat samarasiz bo’lishi mumkin. Elektron magazinlarda sotib 
olingan tovarlar va xizmatlarni yetkazilishi ikkita asosiy usulda amalga oshirilishi 
mumkin. Birinchidan, an’anaviy transport va pochta vositalarini qo’yilgan holda. 
Ikkinchidan, aloqani elektron kanallaridan foydalanib. Bu holda kerakli raqamli va 
boshqa ma’lumotni (masalan, dasturiy mahsulotlarni, jurnallar, gazetalar, musiqa 
asarlarini elektron nashrlarini) etkazish ko’zda tutiladi. 
Marketing xizmati. Marketingning asosiy vazifalarini yechish yuklatilgan 
bo’limlari quyidagilardir: sotuv bo’limi, narxni shakllantirish bo’limi, shaxsiy Web-
sahifalar dizayni hamda reklama bo’limi. Internet tarmog’ida marketing faoliyati 
ikkita asosiy turga bo’linadi: 
1. Internetning oddiy foydalanuvchisi sifatida faoliyat yuritish. Bu usul uchun 
ma’lum cheklashlar xos bo’lib, ular ushbu muhitni kommunikatsiya imkoniyatlarini 
faqatgina qisman qo’llashga ruxsat beradi. 
2. Internet tarmog’i imkoniyatlarini qo’llashda eng faol va bevosita 
qatnashish. Eng kamida bu Web-sahifa yoki shaxsiy Web-server bo’lishi mumkin, 
ko’pi bilan esa – imkoniyatlar cheksiz. Internetda firmani vakolatini amalga oshirish 
yoki interfaol magazin tashkil qilish mumkin.
Internetdan elektron bozorni marketing tadqiqotlari uchun samarali 
foydalanish mumkin. U birlamchi ma’lumotlarga bevosita asoslangan (tarmoqda 
firma tomonidan olib borilayotgan tadqiqot doirasida olingan), shuningdek Interetda 
e’lon qilingan ma’lumotlarga asoslangan ikkilamchi marketing tadqiqotlarini ham 
olib borish imkoniyatini beradi. Internet tarmog’idan tovar bozorlarini tadqiq qilish 
uchun, ularning tuzilmasini o’rganish uchun yoki xaridorlarni real hamda salohiyatli 
guruhlari tarkibini o’rganish uchun foydalanish mumkin. 
Internetdagi reklamaning o’ziga xosligi shundaki, uning bosh elementi bo’lib 
firma web-serveri hisoblanadi. Uning asosida reklama tadbirlarining butun majmui 
shakllantiriladi. Web-server egasining muhim asosiy vazifasi uni reklamasini olib 
borishdan iborat. Internetda reklamaning eng keng tarqatilgan elementi bo’lib 
bannerlar hisoblanadi. Bannerli reklama web-sahifa yoki web-serverga tashrif 
etuvchilarni jalb qilishning eng ommalashgan va samarali usullardan biri 
hisoblanadi. U shuningdek imidj reklamasini olib borishning qudratli instrumenti 
hisoblanadi. Banner GIF yoki JPG formatidagi to’rtburchak tasvirdan iborat. Undan 
tashqari, JAVA, Shock Ware va boshqa texnologiyalar yordamida yaratilgan 


bannerlar ham uchraydi. Banner odatda noshirning web-sahifasida joylashtiriladi 
hamda reklama beruvchining serveriga giperishoraga ega bo’ladi. 
Internet muhitida firma faoliyatini reklama qilishning asosiy usullari 
quyidagilardir: 
- web-sahifani yaxshi tayyorlangan, demak jozibali dizaynini ta’minlash; 
- serverni izlash mashinalarida ro’yxatga olish; 
- web-kataloglarda serverga bepul ishoralarni joylashtirish; 
- “oltin sahifalarda” ishoralar berish; 
- boshqa serverlarda ishoralar joylashtirish
- eng ko’p tashrif etiladigan serverlarda pullik e’lonlar berish; 
- boshqa serverlarda firma serveriga ishoralari bor materiallarni e’lon qilish; 
- elektron pochta orqali manfaatdor mijozlarga server haqida xabarlarni
vaqti-vaqti bilan jo’natish; 
- o’zaro bog’langan mazmundagi telekonferentsiyalarda qatnashish; 
- firmani reklama mahsulotining barcha turlarida, shuningdek reklamani 
an’anaviy turlarida ham, server nomidan foydalanish. 
Web-sahifalar, web-serverlar dizayni bo’limi. Mazkur bo’lim xodimlari 
ishining mazmuni faqatgina web-sahifalar dizayni bilan cheklanib qolmaydi. Ularni 
sifatini baholash mezonlari turlichadir (tashqi ko’rinish, navigatsiyaning qulayligi, 
xaridorga e’tibor, qaytishning osonligi, servisli qo’llab-quvvatlash, tovar haqida 
ma’lumot mavjudligi, tovarning narxi, tovarning assortimenti va b.).
Shunday qilib, elektron biznes tizimi infratuzilmasining tarkibi hamda 
loyihalashtirish va iqtisodiy jihatdan asoslashni dastlabki bosqichidayoq hal qilinishi 
kerak bo’lgan murakkab muammolar haqida aniq tasavvurga ega bo’lib, Internet 
tarmog’ida samarali hamda ishonchli amal qiladigan virtual magazinni tashkil 
qilishga sarflanadigan mehnat va vaqt xarajatlarini minimallashtirish mumkin. 

Download 140.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling