Mavzu: elektron xotira tushunchasi


Download 298 Kb.
bet10/12
Sana11.11.2023
Hajmi298 Kb.
#1765747
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jo\'rayeva G

Asosiy xotira

Asosiy xotira murojaat qilish va adreslash usullariga mos ravishda bir-birini alohida, ba’zida qisman yoki to’liq to’sib qo’yadigan soholarga bo’linadi, ular umumiy qabul qilingan nomlarga egadir. Xususan, masalan, 16 Mbayt umumiy sig’imli shaxsiy kompyuter asosiy xotirasining yiriklashgan mantiqiy strukturasi tasvirlangan.


Eng avvalo kompyuterning asosiy xotirasi ikkita mantiqiy soxaga bo’linadi: 0 dan 1024 K - 1 gacha adresli 1024K ta birinchi yacheykalarni band qiluvchi bevosita adreslanadigan xotira va yacheykalariga maxsus dastur-drayverlarni ishlatganda yoki mikroprocessorni himoyalangan ishlash rejimida murojaat qilish imkoniyati bor bo’lgan kengaytirilgan xotira.
Drayver - maxsus dastur bo’lib, u xotira va EHM tashqi qurilmalarining ishini boshqaradi va MP, asosiy xotira va EHM ning tashqi qurilmalari orasidagi axborot almashinuvini tashkil etadi.
Standart xotira (CMA - Conrentional Memory Area) deb O dan 640 Kbaytgacha oraliqdagi bevosita adreslanadigan xotiraga aytiladi.
64 K dan 1024 K gacha adreslar diapazonidagi bevosita adreslanadigan xotira yuqori xotira (UMA - Upper Memory Area) deb ataladi. Yuqori xotira displey (videoxotira) va doimiy eslab qolish qurilmasi xotirasi uchun rezerv qilib qo’yilgan. Lekin odatda yuqori xotirada bo’sh uchastkalar - xotirani boshqarish dasturlari yordamida (drayverlar) umumiy vazifali tezkor xotira sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan «oynalar» qoladi.
Kengaytirilgan xotira - bu 1024 K va undan yuqori adresli xotiradir.
Bu xotiraga murojaat qilishning ikki asosiy usuli mavjud:
- XMS spetsifikasiyasi (u holda bu xotirani XMA - extended Memory Area deb ataladi) bo’yicha;
- EMS spetsifikasiyasi bo’yicha (xotirani EM - Expanded Memory deb ataladi).
Kengaytirilgan xotira asosan qiymatlarni va OT ni ba’zi dasturlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Ko’pincha kengaytirilgan xotirani virtual (elektron) disklarni tashkil etish uchun ishlatiladi.
Xotiraning 1024 K dan 1087 K gacha adresli uncha katta bo’lmagan 64 kilobaytli soxasi bundan mustasnodir (yuqori xotira deb ataladi, ba’zida uni katta xotira deyiladi; HMA - High Memory Area), masalan, u bevosita drayverni ishlatishda ham adreslanishi mumkin.
HMA istalgan ma’lumotni, shu jumladan foydalanuvchi dasturlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin.



Download 298 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling