Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi


Download 0.83 Mb.
bet7/92
Sana24.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1393850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
Bog'liq
9-sinf kimyo konspekt www.sadikov.uz

Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________


Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____




Mavzu: Metallmaslar. Uglеrod guruhidagi elеmеntlarning umumiy tavsifi.
Uglеrodning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan o`rni,atom tuzilishi
uglеrod allotropiyasi.
Darsning maqsadi:


1. Ta`limiy maqsad: Metallmaslar. Uglеrod guruhidagi elеmеntlarning umumiy tavsifi.
Uglеrodning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan o`rni,atom
tuzilishi uglеrod allotropiyasi haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.

3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.




Yangi darsni rejasi.
1. Oddiy moddalarning xossalari. 2. Murakkab moddalarning xossalari.
3. Oddiy va murakkab moddalar oid masala yechish.


Yangi darsning bayoni.


Uglerod tabiatda erkin holda va birikmalar tarkibida uchraydi. Minerallar tarkibida, asosan, karbonat kislota tuzlari holida bo`ladi, masalan, kalsit (ohaktosh) CaCO3 va dolomit CaCO3-MgCO3 lar karbonat kislota tuzlaridir. Havoda uglerod karbonat angidrid - CO2 (uglerod (IV)-oksid) shaklida uchraydi. Uglerod - tirik tabiat, o`simlik va hayvonot olamining hamda ko`mir, neft, torflar asosini tas ikkil qiladi.Uglerod erkin holda grafit va olmos shaklida uchraydi. Ular atom kristall panjarali qattiq moddalardir. Kristall panjaralar tuzilishi fizik xossalari bilan farq qiladi. Olmos - tabiatdagi eng qattiq moddadir. Toza olmos rangsiz, tiniq, nur sindirish xususiyati kuchli, yaltiroq kristall tuzilishiga ega. Olmosda uglerod atomlari orasidagi bog` bir xil va har bir atom to`rtta boshqa atomlar bilan tetraedr uchlariga yo`nalgan kovalent bog` hosil qiladi.
Olmos issiqlikni yaxshi o`tkazadi, lekin elektr tokini deyarli o`tkaz-maydi. Olmosning yirik, tiniq kristallari brilliantlar holida qayta ishlanib, qimmatbaho zargarlik buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. Texnik olmos sun'iy usulda olinadi. Undan texnikada abraziv vositalar, oyna kesish metallarga va boshqa qattiq materiallarga ishlov berish uskunalari tayyorlanadi.Grqfit - metall yaltiroqligiga ega bo`lgan, yurashoq, qora rangli kristall modda. Grafitda uglerod atomlari qatlamlar holida joylashadi. Birqatlam tekisligida joylashgan uglerod atomlari orasidagi bog`dan, qaflamlararo uglerod bog`lari kuchsizroqligi uchun qattiq yuzaga ishqalanganda grafit yemiriladi. Undan quruq surkov vositasi sifatida, elektrodlar, qalamlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yog`och ko`miri (pista ko`mir), koks, hayvon ko`miri, qurum grafitning juda mayda kristallari to`plamidan iborat bo`ladi.Karbin - uglerodning sun'iy olingan allotropik shakl o`zgarishi bo`lib, atomlar chiziqli tuzilishda bog`langan. Karbinning ikki turi bo`lib, poliin tuzilishida uglerod atomlari yakkabog` va uchbog` oralatib bog`langan bo`ladi: -C=C-C=C-C=C-C=C-(-C=C-)n polimetilen tuzilishida uglerod atomlari qo'shbog'lar orqali bog'langan bo'ladi: =C=C=C=C=C=C=C=C= (=C=C=)n; karbinning zichligi va qattiqligi grafitnikidan yuqori, olmosnikidan kichikroq. Karbin kimyoviy inert, qora kukun, yarimo'tkazgich xossasiga ega modda.Fulleren - uglerodning 80-yillar oxirlarida kashf qilingan allotropik shakl o'zgarishi. 80 dan ortiq uglerod atomlarining 20 ta oltiburchak va 12 ta beshburchakdan iborat ikosaedr shaklida mavjud. U gazsimon uglerodning qattiq holatga o'tishida oz miqdorda hosil bo'ladi.Havo tarkibidagi karbonat angidridning uglerodi fotosintez jarayonida o'simliklar tomonidan o'zlashtiriladi. Bunda organik moddalar hosil bo'ladi va kislorod ajralib chiqadi. O'simliklar tarkibidagi uglerod hay von organizmlariga o'tadi. Toshko'mir, neft, yonuvchi tabiiy gazlar o'simliklar va hayvonlar qoldiqlaridan hosil bo'lgan. O'simlik va hayvonlar nafas olishi, hayotiy faoliyati natijasida, toshko'mir, neft, tabiiy gazlaming yonishidan, vulqonlar otilishidan, mineral manbalaming nurashidan uglerod karbonat angidrid tarzida atmosferaga qaytadi.Tog' jinslarining nurashida havodagi karbonat angidrid ularga birikib, yana minerallar hosil qiladi. Uglerod atomlari tabiatda doimo bir moddadan boshqasiga o'tib turadi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling