Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi
Download 323.86 Kb.
|
9-sinf kimyo fanidan konspekt
Ishlatilishi. Magniy va kalsiy hamda ularning birikmalari amaliyotda ko'p sohalarda qo 'llanadi. Metall holida magniy va kalsiylar yengil, pishiq qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Yorituvchi raketalar, olov signallari, mayoqlari, fotografiyada magniy keng qo'llanadi. Ular asosiy qurilish materiallari: asbest, alebastr, gips, ohak, marmar, oddiy va silikat g'isht, sementlaming asosini tashkil qiladi. Magniy va kalsiy tuzlari tibbiyotda juda keng qo'llanadi: magnezit, kuydirilgan magneziya, kalsiy xlorid, kalsiy glukonat, talk kabilar shular jumlasidandir.Shisha, po'lat, cho'yan ishlab chiqarishda, ohak, tuproqning kislotaliligini pasaytirishda kalsiy karbonat va so'ndirilgan ohak, rezina, bo'yoqlar, tish pastalari (kalsiy karbonat), optik asboblar (islandiya shpati) tayyorlashda, qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishda so'ndirilgan ohak kabi kalsiy birikmalari keng ishlatiladi.Kalsiy gidroksidning tiniq eritmasi ohak suvi, suvdagi oq tindirmasi ohak suti deb ataladi. So'ndirilgan ohak qurilishda keng ishlatiladi. Ohak suti qand ishlab chiqarishda qand lavlagisi sokini tozalashda qo'llanadi.Biologik ahamiyati. Magniy va kalsiy biologik jihatdan muhim elementlar qatoriga kiradi:Magniy va kalsiy hayotning barcha shakllari uchun muhim ahamiyatga ega kimyoviy elementlardir.O'simliklardagi muhim hayotiy funksiyani bajaruvchi xlorofill asosida magniy joylashgan.Hayvonlar suyaklari tarkibining 80 % kalsiy fosfatdan iborat.Ma'lumki, sayyoramizdagi hayot kislorod asosiga qurilgan va kislorodni havoga, asosan, o'simliklar yetkazib beradi. Undan tashqari, sayyoramizdagi ozuqaviy zanjirda o'simliklar eng muhim o'rin tutadi. Ular havodagi karbonat angidridni quyosh nuri ishtirokida organik molekulalar-ozuqaviy zaxiralarga aylantiradi. Bu jarayonni o'simlik hujayralarida markaziy atom sifatida magniy tutgan kompleks- xloroplast, xlorofill donachalari amalga oshiradi. Kalsiy birikmalari tirik tabiatda hayvonlar harakat-tayanch sistemasining asosini tashkil etadi, himoya funksiyasiga ega. Organizmda kalsiy disbalansi allergik kasalliklar kelib chiqishiga, suyak kasalliklariga olib keladi. Qonning ivishi, ba'zi fermentlar faolligi ham kalsiy bilan bevosita bog'liq omillardir.Magniy muskul to'qimasida 0,09 %, ilikda 0,07-0,18 %, qonda 37,8mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 250-380 mg iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 19 g miqdorda bo'ladi.Kalsiy muskul to'qimasida 0,14-0,7 %, ilikda 17 %, qonda 60,5mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 0,6-1,4 g iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 1 kg miqdorda bo'ladi. Odam organizmidagi barcha kalsiyning taxminan 99% suyakda, 1% esa qon va limfada bo'ladi. Download 323.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling