Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi


Download 1.26 Mb.
bet128/146
Sana26.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1656326
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   146
Bog'liq
9-sinf Kimyo 2017

16-laboratoriya ishi


Yog'larning eruvchanligi, ularning to'yinmaganligini isbotlash, yog'larning sovunlanishi. 1. Yog'larning eruvchanligi Bir probirkaga 2 ml benzin, ikkinchisiga suv, uchinchisiga etanol, to'rtinchisiga benzol, beshinchisiga esa tetraxlormetan quying. Hamma probirkalarga bir bo'lakdan yog' solib silkitib chayqating.2. Yog'ning to'yinmaganligini isbotlash Bir probirkaga 2 ml kungaboqar moyi, ikkinchisiga zig'ir moyi, uchinchisiga bir bo'lak qattiq hayvon yog'i soling. Probirkalarning hammasiga oz-ozdan bromli suv quying (uchinchi probirkani yog' suyuqlanguncha oldindan qizdirib oling). Mustciqil xulosa uchun topshiriq Yog'larga suvning ta'siri qanday?Sizga berilgan suyuqliklarning qaysi birida yog'lar hammasidan yaxshi eriydi? Matodan yog' dog'ini ketkazish uchun siz qaysi erituvchidan foydalangan bo'lar edingiz?Probirkalarning qaysi birida bromli suv eng yaxshi rangsizlanadi? Bu nimadan darak beradi? 3. Yog'larni sovunlash. Chinni kosachaga 3 g yog', margarin yoki saryog' soling va 20 % li natriy gidroksid eritmasidan 7-8 ml quying. Reaksiyani tezlatish uchun 1-2 ml etanol qo'shing. Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib, dastlabki hajmi kamayib ketmasligi uchun suv qo'shib turgan holda, 15-20 minut qaynating. Reaksiyaga kirishmagan yog' qolmaganini bilish uchun issiq aralashmadan ozginasini issiq suvli probirkaga oling. Agar sovundan so'ng suv ostida yog' tomchilari paydo bo'lmasa sovunlash jarayoni nihoyasiga yetgan bo'ladi. Agar yog' tomchilari yuzaga chiqsa, aralashmani qaynatishni davom ettiring. Sovunlash reaksiyasi tugaganidan so'ng hosil bo'lgan massaga 0,5 g natriy xlorid qo'shing va yana 1-2 minut qaynating.Mustaqil xulosa uchun topshiriq

  1. O'tkazilgan tajriba natijasida suv betiga qanday modda chiqdi?

  2. Sodir bo'lgan reaksiya tenglamasini yozing.

  3. Yog'lardan sovunlash jarayonida qanday amaliy maqsadlarda foydalaniladi?




Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling