Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Download 1.26 Mb.
bet60/146
Sana26.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1656326
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   146
Bog'liq
9-sinf Kimyo 2017

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
axborot manbalaridan anorganik, organik birikmalar, ular asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari haqidagi ma’lumotlarni izlab topish, ularni saralash va ulardan foydalanishda axborot xavfsizligi qoidalariga amal qilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rgangan bilim va tajribalarini kundalik kuzatuvlar yordamida mustaqil ravishda oshirib borish, turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
fuqarolik burchini bilish va kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


Darsning tashkiliy qismi:

1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.


3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


Yangi darsni rejasi.


Kalsiy eng muxim birikmalari.. Magniyning eng muxim birikmalari. .
Kalsiy va magniyni ularni biologik ahamiyati. Kalsiy va magniyning ishlatilishi.
Yangi darsning bayoni.
Kalsiy va magniyda metallik xossalari ishqoriy metallardan ko`ra kuchsiz namoyon bo`ladi. Chunki ularning tashqi elektron qavatlarida ishqoriy metal-larnikidan bitta ortiq elektron bor.
Magniy ko`zni qamashtiradigan oq alanga hosil qilib yonadi, galogenlar, azot bilan ta'sirlashadi, karbonat angidrid, suv bug`i bilan ham reaksiyaga kirishadi:Kalsiy odatdagi sharoitda havo kislorodi, galogenlar bilan ospn ta'sirlashadi: 2Ca + O2 -> 2CaO kalsiy oksid Ca + C12 -» CaCl2 kalsiy xlorid. Qizdirilganda azot, fosfor, oltingugurt, uglerod va vodorod bilan reaksiyaga kirishadi:
3Ca + N2 = Ca3N2 kalsiy nitrid 3Ca + 2P = Ca3P2 kalsiy fosfid,
Ca + S = CaS kalsiy sulfid Ca + 2 C = CaC2 kalsiy karbid
Ca + H2 -» CaH2 kalsiy gidrid Ca + 2HC1 - CaCl2 + H2
Ishqoriy metallar kabi kalsiy ham kislotalar bilan shiddatli ravishda reaksiyaga kirishadi:
Suv bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishib, kalsiy gidfbksid hosil qiladi:
Ca + 2H2O -» Ca(OH)2 + H2 Ca + 2HC1 - CaCl2 + H2
Ishlatilishi. Magniy va kalsiy hamda ularning birikmalari amaliyotda ko`p sohalarda qo`llanadi. Metall holida magniy va kalsiylar yengil, pishiq qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Yorituvchi raketalar, olov signallari, mayoqlari, fotografiyada magniy keng qo`llanadi. Ular asosiy qurilish materiallari: asbest, alebastr, gips, ohak, rnarmar, oddiy va silikat g`isht, sementlarning asosini tas ikkil qiladi. Magniy va kalsiy tuzlari tibbiyotda juda keng qo`llanadi: magnezit, kuydirilgan magneziya, kalsiy xlorid, kalsiy glukonat, talk kabilar shularjumlasidandir.
Shisha, po`lat, cho`yan ishlab chiqarishda, ohak, tuproqning kislotaliligini pasaytirishda kalsiy karbonat va so`ndirilgan ohak, rezina, bo`yoqlar, tish pastalari (kalsiy karbonat), optik asboblar (islandiya shpati) tayyorlashda, qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishda so`ndirilgan ohak kabi kalsiy birikmalari keng ishlatiladi.Kalsiy gidroksidning tiniq eritmasi ohak suvi, suvdagi oq tindirmasi ohak suti deb ataladi. So`ndirilgan ohak qurilishda keng ishlatiladi. Ohak suti qand ishlab chiqarishda qand lavlagisi sokini tozalashda qo`llanadi.Biologik ahamiyati. Magniy va kalsiy biologik jihatdan muhim elementlar qatoriga kiradi:Magniy va kalsiy hayotning barcha shakllari uchun muhim ahamiyatgaega kimyoviy elementlardir.o`simliklardagi muhim hayotiy funksiyani bajaruvchi xlorofili asosidamagniy joylashgan.Hayvonlar suyaklari tarkibining 80 % kalsiy fosfatdan iborat.Ma'lumki, sayyoramizdagi hayot kislorod asosiga qurilgan va kislorodni havoga, asosan, o`simliklar yetkazib beradi. Undan tashqari, sayyoramizdagi ozuqaviy zanjirda o`simliklar eng muhim o`rin tutadi. Ular havodagi karbonat angidridni quyosh nuri ishtirokida organik molekulalar-ozuqaviy zaxiralarga aylantiradi. Bu jarayonni o`simlik hujayralarida markaziy atom sifatida magniy tutgan kompleks-xloroplast, xlorofill donachalari amalga oshiradi. Kalsiy birikmalari tirik tabiatda hayvonlar harakat-tayauch sistemasining asosini tas ikkil etadi, himoya funksiyasiga ega. Organizmda kalsiy disbalansi allergik kasalliklar kelib chiqishiga, suyak kasalliklariga olib keladi. Qonning ivishi, ba'zi fermentlar faolligi ham kalsiy bilan bevosita bog`liq omillardir.Magniy muskul to`qimasida 0,09 %, ilikda 0,07-0,18 %, qonda 37,8 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kuni ovqat bilan 250-380 mg iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 19 g miqdorda bo`ladi.Kalsiy muskul to`qimasida 0,14-0,7 %, ilikda 17 %, qonda 60,5 mg/l miqdorda bo`ladi. Har kuni ovqat bilan 0,6-1,4 g iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o`rtacha 1 kg miqdorda bo`ladi. Odam organizmidagi barcha kalsiyning taxminan 99% suyakda, 1% esa qon va limfada bo`ladi.Professor I.R.Asqarov tomonidan ishlab chiqilib, o`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ruxsati bilan amaliyotga joriy etilgan "Askalsiy" birikmasi tarkibiga, asosan, kalsiy va magniy hamda 20 dan ortiq mikroelementlar kiradi. "Askalsiy" birikmasi organizmning himoya vositasini kuchaytirish evaziga suyak, qon, xavfli o`sma, poliomiyelit kabi kasalliklarni davolashda qo`llaniladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling