Mavzu: Elementlar davriy sistemasining o‘n yettinchi guruh elementlarining xossalari, galogenlarni vodorodli va kislorodli birikmalari, galogenlarning kislorodli kislotalari va tuzlarini xossalarini o‘rganish. Ishdan maqsad


Download 90.33 Kb.
bet3/5
Sana13.12.2022
Hajmi90.33 Kb.
#1000095
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 курс 3

21.2.1-rasm.Xlor olish asbobi.

Ajralib chiqayotgan gaz 2—4 daqiqa davomida probirkaga o‘tib tursin. Bunda suv xlorga to‘yinadi. Probirkani olib, eritmaning muhitini lakmus qog‘ozi bilan ko‘ring. Xlorning suv bilan qaytar reaksiya tengla­masini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang;


b) uchta probirka olib, birinchisiga indigo eritmasidan, ikkinchisiga fuksin va uchinchisiga binafsha rangli siyoh qo‘shilgan suv quying. Hamma probirkalarga xlorli suvdan, bir necha tomchidan qo‘shib chayqating. Eritmalarning rangsizlanishini kuzatib, sababini tushuntiring;
d) uchta probirka olib, ularning har biriga 4—5 tomchidan vodorod sulfidli suvdan soling. Loyqa hosil bo‘lguncha, birinchisiga xlorli, ikkinchisiga bromli, uchunchisiga yodli suvdan qo‘shing. Tajribalarni kuzatib, reaksiya tenglamalarini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang.
4-tajriba. a) ikkita probirka olib, biriga 1 ml chamasi bromli, ikkinchisiga yodli suv qo‘shing. Ularga yana shunchadan benzol qo‘shing. Suyuqliklarni chayqating. Brom va yodning suvda va benzolda eruvchanligini taqqoslang;
b) probirkaga 3 ml chamasi bromli suv quyib, chayqatib turgan holda oz-ozdan magniy kukunidan soling. Bromli suvning rangsizlanishini va magniyning erishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing;
d) quruq probirkaga yod kristallaridan 2—3 dona solib, uni temir shtativga qiya qilib o‘rnating. Probirka tubini salgina qizdiring. Yodning bug‘lanishini kuzating. Probirkaning yuqori, sovuq qismida o‘tirib qolayotgan mayda yod kristallariga ahamiyat bering (yodning sublimatsiya hodisasi).
Probirkaga 1—2 ml chamasi distillangan suv quyib, yodning suvdagi eruvchanligini kuzating (probirkani chayqating). Yod suvda yaxshi eriydimi? Probirka ichida erimay qolgan yod kristallari bor eritmaga kaliy yodid eritmasidan bir necha tomchi qo‘shing, qanday hodisa kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
5-tajriba. Vodorod xloridning olinishi va uning suvda erishi.

21.2.1- rasmdagidek asbob yig‘ing.


oling. Nayning uchi probirka tagiga tegib tursin. Probirkaga (1) osh tuzidan 2 g soling. Ustiga probirkaning 1/4 qismigacha konsentrlangan sulfat kislotadan quyib, probirkaning (1) og‘zini gaz o‘tkazgich nay bilan berkiting. 2-probirkaning og‘zini paxta bilan berkiting.
Tuz va kislota solingan probirkani biroz qizdiring. Probirkaning og‘ziga tiqilgan paxta ustida quyuq oq tuman hosil bo‘lsa, qizdirishni to‘xtating. Probirkani ohistalik bilan olib, paxtani chiqaring-da, tez tiqin bilan berkiting.
Probirkani to‘nkarib, suvli kristallizatorga botiringda, tiqinini oling. Probirkaga suv ko‘tarilishini kuzating. Hodisaning sababini tushuntiring. Probirkaning og‘zini suv ostida barmog‘ingiz bilan berkitib, uni suvdan oling. Hosil bo‘lgan eritmani ko‘k lakmus qog‘ozi bilan sinab ko‘ring. NaCl va orasida sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozing.

Download 90.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling