Mavzu: Elementlar davriy sistemasining o‘n yettinchi guruh elementlarining xossalari, galogenlarni vodorodli va kislorodli birikmalari, galogenlarning kislorodli kislotalari va tuzlarini xossalarini o‘rganish. Ishdan maqsad


Download 90.33 Kb.
bet4/5
Sana13.12.2022
Hajmi90.33 Kb.
#1000095
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 курс 3

6-tajriba. Vodorod galogenidlarning qaytaruvchanlik xossalarini solishtirish.
Uchta quruq probirka olib, birinchisiga maydalangan KCl kristallaridan, ikkinchisiga KBr, uchinchisiga esa KI kristallaridan soling. Probirkalarning har biriga konsentrlangan dan 3—4 tomchi quying. Keyingi ikki probirkada brom va yod ajralib chiqishi natijasida rang o‘zgarishini kuzating. Olingan tuzlarning kuchli kislota ( )bilan o‘zaro ta’siri natijasida avval vodorod galogenidlar—HCl, HBr va HI hosil bo‘ladi. Bulardan HBr va HI ortiqcha bilan qisman oksidlanib, erkin galogenlar ajralib chiqadi.
HI ning sulfat kislota ta’sirida oksidlanish reaksiyasi HBr nikiga qaraganda shiddatliroq bo‘lib, sulfat kislota qoldig‘i gacha qaytariladi. Kuzatilgan hodisalarning reaksiya tenglamalarini yozing.
7-tajriba. Galogenid ionlarini aniqlash reaksiyalari.
Uchta probirka olib, biriga KCl eritmasidan, ikkinchisiga KBr eritmasidan, uchinchisiga KI eritmasidan 0,5 ml soling. Har biriga 1—2 tomchidan kumush nitrat eritmasidan qo‘shing. Hosil bo‘lgan cho‘kmalarning rangini aniqlab, reaksiyalarni molekulyar va ionli shakllarda yozing.
8-tajriba. Giрoxlorit tuzlarining olinishi va oksidlovchilik xossalari.
a) probirkaning 1/4 qismigacha yangi tayyorlangan xlorli suv
solib, ustiga 0,2 n NaOH eritmasidan tomchilatib qo‘shing. Aralashmani chayqating. Xlor hidining yo‘qolishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozib, hosil bo‘lgan eritmani keyingi tajribalar uchun saqlab qo‘ying;
b) probirkaga 3—4 tomchi marganes sulfat eritmasidan solib, ustiga cho‘kma hosil bo‘lguncha tayyorlangan natriy giрoxlorit eritmasidan tomchilatib qo‘shing. Xlor ajralib chiqishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozib, yarim reaksiyalar usulida tenglash­tiring;
d) probirkaga 3—4 tomchi qo‘rg‘oshin atsetat eritmasidan solib, ustiga cho‘kma hosil bo‘lguncha tomchilatib tayyorlangan natriy giрoxlorit eritmasidan qo‘shing. Xlor ajralib chiqishini kuzating. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlab, reaksiya tenglamasini yozing.
9-tajriba. Giрobromit tuzi va bromat kislotaning olinishi.
Probirkaga 5—6 tomchi suv solib, ustiga 0,2 n NaOH eritmasidan bromning rangi yo‘qolguncha tomchilatib qo‘shib, aralashtiring. Reaksiya tenglamasini yozing. Hosil bo‘lgan eritmani ikkiga bo‘lib, birinchisiga indigo eritmasidan tomizib, chayqating. Eritmada indigo bo‘yog‘ining rangsizlanishini kuzating. Ikkinchisiga (lakmus qog‘ozi bilan sinab) kuchsiz kislotali sharoit hosil bo‘lguncha 2 n sulfat kislotadan tomizib, chayqating. Eritmaning rangi sarg‘ayadi. Giрobromitga ta’siridan bromat kislota hosil bo‘lish tenglamasini yozib, oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang. Reaksiya tenglamasini yozing.
10-tajriba. Yodat kislota tuzlari.
Probirkaga 1 tomchi KI eritmasidan solib, hushyorlik bilan tomchilatib xlorli suvdan tomizing va aralashmani chayqating. Oldin erkin yod hosil bo‘lishini, so‘ngra uning qora-qo‘ng‘ir rangi yo‘qolishini kuzatib, reaksiya tenglamalarini yozing.

Download 90.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling