Mavzu: Energiya: qayta tiklanadigan manbaalarga o’tish
Download 451.69 Kb.
|
atrof muhit 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geotermal resurslar
Kondensator (lot. condenso — zichlayman, quyultiraman) — 1) issiqlik texnikasida — gazsimon modda (bugʻ) ni kondensatlovchi apparat; issiqlik almashinish apparatining bir turi. K.ning sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor. S i r t q i K.da suv bugʻi ichidan sovuq suv oqadigan quvur devoriga tegib kondensatlanadi. Kontakt K.da suv bugʻi bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi. Bunday K.lar kimyo sanoatida, issiqlik energetikasida (qarang Kondensatsion elektr stansiya, Kondensatsion turbina), bugʻlatish qurilmalari (distillyat olish, bugʻ aralashmalarini ajratish uchun) va boshqalarda ishlatiladi. 2) Elektr K. — elektr zaryadlarni yigʻuvchi qurilma. Dielektriklar bilan ajratilgan ikki yoki undan ortiq elektrod (qoplama)dan iborat. K.ning qogʻozli, gazeimon dielektrikli, keramik, plyonkali, yarimoʻtkazgichli, elektrolitik va boshqa xillari mavjud. Ular oʻzgarmas, oʻzgaruvchan va yarimoʻzgaruvchan elektr sigʻimli boʻladi. K.lar elektrotexnika va radiotexnika, televideniye, elektronika, hisoblash texnikasi va boshqa da qoʻllaniladi.] Nasos — suyuqlikni bosim ostida soʻrish va haydash, gazlarni siqish yoki siyraklantirish, sochiluvchi jismlarni soʻrish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik yoki pnevmatik mashina, apparat yoki asbob). Suyukdiklarni bosimsiz harakatlantirish uchun moʻljallangan qurilmalar suv koʻtarish mashinalari deb ataladi. Nasosning asosiy parametri — maʼlum vaqt ichida (vaqt birligida) haydaladigan suv, gaz yoki havo miqdori. Baʼzan nasoslar uchun bosim (R va Ya), isteʼmol quvvati N va f. i. k. ham muhim. Qadimda ham nasos yaratishga urinilgan. Masalan, qadimgi Oʻrta Osiyo hududida charxpalaklar yordamida suv chiqarishgan. Yunon mexanigi Ktesibiy oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan birinchi nasosni ixtiro qilgan. 18-asr boshlariga qadar, asosan, suv koʻtarish mashinalari ishlatilgan. Bugʻ mashinasi yaratilgandan soʻng ularning oʻrnini asta-sekin N. egallay boshladi. 18-asr oxirlarida porshenli N. tarraqiyoti jadallashdi. 19-asr oʻrtalarida porshenli bug N.lari keng ishlatila boshladi. Shu davrda parrakli N. ham paydo boʻddi. 20-asr 20—30-yillaridan boshlab, baʼzi sohalarda porshenli N. oʻrniga markazdan qochma, rotorli Nasoslarlar ishlatila boshladi. Nasoslar taraqqiyotining ikkinchi yoʻnalishi aylanuvchi (rotorli) N. yaratilishidan boshlanadi. 17-asr boshida yaratilgan ikki rotorli N. hozirgi tishli gʻildirakli N.ga oʻxshaydi. Key-inchalik rotorli N.ning boshqa xillari paydo boʻldi. Nemis muhandisi S. Xins 1920 yil markazdan qochma quril-ma deb atalgan birinchi soʻruvchi uyur-ma N.ni taklif qildi. Suyuklikni haydashda markazdan qochma kuchdan foydalanish gʻoyasini 15-asrda Leonardo da Vinchi ilgari surgan. 17-asr boshida fransuz muhandisi Blankano suv chiqaradigan oddiy markazdan qochma nasosni yasagan. Issiqlik dvigateli va elektr dvigateli paydo boʻlgandan soʻng markazdan qochma nasos kengroq qoʻllanila boshladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida parrakli va burilma kurakli nasoslar yaratildi. Suyuklikni bosim ostida haydashning uchinchi yoʻialishi — nasos-apparatlar yaratishdan iborat boʻladi. Yunonistonda qizdirilgan havo yoki suv
10. bugʻi yordamida idishdagi suvni siqib chiqaradigan qurilma yaratilgan. Suvni haydashda siqilgan xavodan foydalanish gʻoyasi 20-asrda amalga oshirilgan. Nasos-apparatlarning xillaridan biri — suv oqimli nasos; uni ingliz olimi D. Tompson 1852 yilda taklif qilgan. U suv va havoni soʻrish uchun ishlatilgan. Keyinchalik suvli ejektor, bug-suvli ejektor va boshqa tarzidagi nasoslar yaratildi, quduqlardan suv chiqaradigan gidropnevmatik suv chiqargich taklif kilindi. 20-asr boshlarida magnitgidrodinamik nasoslarning yaratilishi nasos-appratlarni takomillashtirish yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Atom energetikasining taraqqi-yoti munosabati bilan 20-asr 50—60-yillaridagina bunday nasoslar keng qoʻllanila boshladi. Nasos, asosan, parrakli, uyurma va hajmiy xillarga, bular esa yana bir necha turlarga boʻlinadi. Parrakli nasos dvigateli gʻildirakni aylantirganda parraklari suyuqlik oqimiga taʼsir qiladi va uni harakatlantiradi. Parrakli nasosning markazdan qochma, diagonal va oʻqaviy(oʻq boʻylab haydaydigan) xillari bor. Bular suyuklikni soʻrish xususiyatiga ega boʻlmagani uchun ularni yurgizib yuborishda soʻrish trubasi va gʻildirakka suyuqlik quyiladi. Parrakli nasos 1 – 2500 m suv ustuniga tent bosim kerak boʻlgan joylarda ishlatiladi. Nasos k. — 90 — 92%. Uyurma nasosda dvigatel energiyasi uyurma hosil qiladi; uyurma suyuklikni ilashtirib, harakatla-nishga majbur qiladi. Uyurma N. qovushoqligi kam suyuqliklarni haydash uchun quvvati bir necha kilovatdan oshmaydigan statsionar va koʻchma qurilmalarda ishlatiladi. Bosimi parrakli nasosga qaraganda 2—10 marta ortiq, f.i.k. - 25 - 50%. Hajmiy nasosda suyuqlik nasosning berk boʻshligʻidan quvurlarga porshen (plunjer), shesternya, vint, kulachok va boshqa taʼsirida oʻtkaziladi. Nasosga kirayotgan va undan chiqayotgan suyuqlikning solishtirma energiyalari farqi bosim deyiladi. Hajmiy nasosning porshenli (plunjerli), membranali, rotorli va boshqa xillari bor. Proshenli nasosda suyuqlik ish kameralari hajmining oʻzgarishi hisobiga harakatlanadi. Rotorli nasos shesternyali, plastinkali va boshqa xillarga boʻlinadi. Geotermal Elektr stansiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga 11. aylantiradigan bugʻ turbinali Elektr stansiyasi dir. Vulkanli hududlarda 2000–3000 m yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori boʻladi (qarang Geotermal resurslar). Geotermal Elektr stansiyasida suvbugʻ aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday st-yalar Rossiya, Italiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.. Oʻzbekistonda Fargʻonada artezian iliqsuv havzalari bor Geotermal resurslar - Yer qaʼri issiqligi zaxirasi. Gidrogeotermal (termal suvlar) va petrogeo-termal (350° va undan ortiq darajagacha qizigan quruq togʻ jinslari) resurslarga boʻlinadi. G. r.ning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar yoqilgʻi-energetika balansidagi ulushi oʻrtacha 5-10%. Gidrotermal resurslardan issikliq manbai sifatida (40° dan 100— 150° gacha boʻlgani) va elektr quvvati i.ch.da (150° dan 300° gachasi) foydalaniladi [Italiya (Toskana), AQSH (Kaliforniya), Yangi Zelandiya, Yaponiya (Xokkaydo o.), Meksika, RF (Gʻarbiy Sibir, Shim. Saxalin)da]. 1.3 Yurtimizda geotermal energiyadan foydalanish va uning mavjud imkoniyatlari. O‘zbekiston hududi geotermal suv zahirasiga boy hisoblanadi, ya’ni uning hududlarida yetarli chuqurliklarda (3-6 km gacha) uglevodorod resurslaridan 4-6 marta ko‘proqdir. Yaqin va uzoq kelajakda geotermal resurslarning asosiy iste’molchilari bo‘lib hech shubhasiz, issiqlik ta’minoti va elektr energiya ishlab chiqarish bo‘ladi. Farg‘ona artezian basseynida bir necha suv oqimi komplekslari terminal suvlari uchraydi, minerallashuv va kimyoviy tarkibi turlicha, suv tennisi 70-900 C ga yetadi. Bu suvlar katta debitga va basseynga ega. Alohida quduqlari 30 l/s gacha termal suv olish mumkin. O‘zbekiston janubida (Sirdaryo) geotermal suvlar 6500 C temperaturada uchraydi, ularda debiti ayrim quduqlar 3000 m3/sutka gacha etadi. Bu suvlar yod va brom moddalari bor hisoblanadi. Ulardan kompleks foydalanish mumkin-issiqlik ta’minoti uchun yoki qimmatbaxo kimyoviy elementlar olish uchun. O’rta Osiyoda temperaturasi 40-200°C atrofida o‘zgaradigan umumiy oqim sarfi 0,55 mln.m3/kun bo’lgan geotermal suvlar zahirasi mavjuddir. Hozirgi vaqtda geotermal suvlardan faqatgina xalq xo‘jaligining kommunal xo‘jaligida (uylarni isitish va issiq suv bilan ta’minlash), parniklarda va davolash maqsadlarida ishlatiladi. Energetika va issiqlik bilan ta’minlashda asosan temperaturasi yuqori va kam mineralizatsiyali suvlar qimmatli hisoblanadi. Chunki mineralizatsiyasi oz bo’lsa, jihozlarning zanglashi va ularning devorlariga tuzlarning o‘tirib qolishi kam bo’ladi. 12.
Issiqlik almashinuviga ega past chuqurlikdagi geotermal tizim, a - yer osti quduq (skvajina) larda; b- gorizontal kanallarda. O'zbekiston Respublikasi hududidagi eng muhim qaytalanuvchi energiya manbalarining turlari va miqdorlari (mln.t.n. e.) Hozirgi kunda 0 ‘zbekistonda qaytalanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha juda ko‘p ilmiy-tadqiqot, loyiha hamda qurib ishga tushirish ishlari xalqaro grantlar va loyihalar asosida bajarilmoqda Dunyodagi eng katta geotermal elektrostansiya The Geysers - eng katta geotermal energiya to‘plangan joy AQShning Kaliforniya shtatidan 116 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerda joylashgan 18 dona geotermal elektrostansiya 2000 MW quvvat ishlab chiqaradi Geotermal elektrostansiyalar joylashgan hudud 78 km2 tashkil qiladi. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi Kaliforniya shtatinmg janubida joylashgan iste’molchilarning 60% ehtiyojini qoplaydi. Download 451.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling