Мавзу: ёрдамчи тарих фанлари курсига кириш


Download 0.62 Mb.
bet16/17
Sana22.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1220347
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
хронология

Suyuqlik o’lchov birliklari. Qadim zamonlardan boshlab suv, yog, vino va Shuning singari boshqa Suyuqlik larni ham avlod-ajdodlarimiz maxsus idishlarda saklashgan va binobarin ana Shu idishlar yordamida hisoblashgan.
Qattiq maxsus xalta- kasmada saklangan va Shu bilan o’lchangan. Keyichalik togara, kosa, piyolada o’lchaydigan bo’lishgan. Sut va kuvacha, suvesa kuza yoki tumcha bilan o’lchangan.
Keyichalik chumich, chelak, bochka, asosan chumich va chelak bilan hisoblaydigan bo’linadi.
Ekin yerlarini sug’orish uchun ishlatiladigan suv miqdorini kulok o’lchovi bilan o’lchashgan. Bir kulok bir kichik ariq suvi ma`nosida ishlatilgan. ekin maydonini sugorish kerakligi bir yoki ikki kulok suv ketadi deb aniqlangan.­­­


Tayanch iboralar: aniq va noaniq o`lchovlar, yuza, uzunlik, og`irlik o`lchovlari,suyam,poy,arshin,tanob,chaksa.


Nazorat savollari.
1.O’rta Osiyoda mavjud bo`lgan aniq va noaniq o`lchov birliklarini sanab bering.
2.O’rta Osiyodagi qaysi o`lchov birliklari Rossiya va Osiyodan kirib kelgan?


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1.Andreev.I. Estestvenniy kalendar.M.1956.
2.Bikerman.E.Xronologiya drevnogo mira.L.1924.
3.Bobur. Boburnoma.Barcha nashrlari.
4.Beruniy.Tanlangan asarlar.Xronologiya.T.1.T;1951.
5.Pozilov.A.Xronologiya va metrologiya.(Ma`ruzalar matni) Namangan 2001
12- mavzu. Zamonaviy o`lchov birliklari.


Reja:
1.O’lchovlarning metrik sistemasi xaqida umumiy tushuncha.
2.Zamonaviy metrik sistema.


Metrologiya kursini o’rganishda metrik sistema mavzui aloxida o’rin tutadi.
Student bu sistemaning vujudga kelishi tarixi va uning moxiyat’ni yaxshi o’zlashtira bilishi kerak. Shunga ko’ra avvvlo metrik sistemaning yaratilishiga oid materiallar puxta o’zlashtirib olingani ma`qul.
Har bir davlat teritoriyasida bir emas, bir necha xil turli-tuman o’lchov birliklarining vujudga kelishi natijasida o’lchov birliklari dunyoda Shunchalik kupayib ketdiki, ular orasida uzi bir xil, nomi xar xil birliklarning son-sanogi yuk. XVIII asrning o’zidayok turli maMilakat larda 400 dan ortiq ana shunday o’lchovlar bor edi. Shu qadar katta xilma xillik xo’jalik ishlari, ayniqsa savdo-sotiq munosabatlariga juda katta xalakit berayotgan edi.
XVII asrdan boshlab dunyoning ko’pgina olimlari bu masala to’grisida qayg’urib, barcha halqrlar hamda davlatlar uchun yagona o’lchovlar sistemasini yaratish va joriy etishga jazm qiladilar.
Bu orada Fransiya olimlar o’rnak ko’rsatadilar. 1790 yilning 8 mayda Frantsiyaning Milliy Majlisi o’lchovlar islohoti to’grisida dekret qabul qildi. Qirol uni tasdiqladi. Shunga asosan o’lchovlar sistemasini uzil-kesil poyoniga yetkazish bilan bog’liq ishlar amalga oshiriladi. 1795 yilning 7 aprelida konvent yangi vazn va o’lchovlar to’grisidagi qonunni qabul qiladi. Bu qonunga ko’ra kun tartibiga darhol yangi sistemaga o’tish vazifasi qo’yiladi.
Yangi sistemada asosiy uzunlik o’lchov birligi sifatida vaqtincha metrni olish ko’zda tutilgan edi. Bu metr o’lchamiga 1738 yili Kasiniy bilan Lakaylening meridian yoyini o’lchash natijalari asos qilib olingan edi.
Metr so’zi yunoncha metron, ya`ni o’lchov so’zidan olingan bo’lib, u Parij meridiani choragining o’n miliondan bir bo’lagiga mos kelishi lozim edi. Shunga muvofiq, meridianni aniq o’lchashga bilan bog’liq bo’lgan ishlar nihoyasiga etgunga qadar ishlatishga qaror qilingan metr, ya`ni vaqtinchalik metr 3 Parij funt 11,44 liniyasiga tenglashtirib olindi. Bu o’lchamlar asosiy andoza-namunaga qarab vaqtinsalik metrning latun yasalgan etalonlari yasalgan.
Yangi sistema o’lchov birliklarining nomlari Frantsiya Milliy Majlisining a`zosi injener priyor dovernua nomi bilan bog’liqdir.
Yangi sistema bo’yicha quyidagi o’lchovlar joriy qilinadi:
Metr-uzunlik birligi. U yer meridiani yoki choragining o’n milliondan bir bo’lagiga teng.
Ar-yuza o’lchovi. Har tomoni 19 metrdan olingan bo’lib, Shudgor degan ma`noni anglatadi.
Ster- kub o’lchov i. O’tinni o’lchashga mo’ljallangan bo’lib, bir kub metrga teng.
Litr-Suyuqlik hamda tukilma materiallar sigimini o’lchash birligi. U metrning undan bir kismi kubiga baravar. Bu o’lchamning Yunoncha nomi litr, ya`ni vazn funti so’zidan kelib chikkan.
Gramm-aznning asosiy o’lchov birligi. U xajmi metr 0,01 kismning kubiga teng bo’lgan sof suv absoyut vazniga baravardir. Gramm nomi Yunoncha gramma, ya`ni yozuv, belgi degan so’zdan oligan.
Mazkur o’lchovlarni mayda o’lchovlarga bo’lish uchun o’nlik sistemasi kabul kilingan. Xar bir o’lchov birligi 10 ta mayda bo’lakka bo’lingan. Demak xar kaysi mayda bo’lak yirik o’lchovning o’ndan bir kismini tashkil etadi. Yirik bo’laklarga Yunoncha son tYerminlari ko’shib yoziladi: deka-o’n, gekto-yuz, kilo-ming, birka-o’n ming.
Asosiy o’lchovlarning o’nlik bo’laklarini belgilash uchun lotincha so’zlar ko’shib aytiladi: detsi-un, santi-yuz, milli-ming.
Metrik sistema XIX asrning o’rtalaridan boshlab boshqa davlatlarga ham yozila boshlaydi. 1849 yilda Ispaniyada, 1852 yilda Portugaliyada, 1864 yilda Angliyada, 1866 yilda AQSH da ,1668 yilda Germaniyada qabul qilinadi.
1889 yilda Parij vazn va o’lchovlar halqaro konferentsiyasi ochiladi. Konferentsiya metr hamda kilogrammning halqaro namunalarini tasdiklaydi va metrik konventsiyaga imzo chekkan davlatlarga taqsimlab beradi. Rossiyaga metrning 28, kilogrammning esa 12 nomerli etalon tegadi.
Yagona halqaro merik sistemani rossiya territoriyasida keng joriy kilish masalasi amalda uzul-kesil xal kilinmaydi. Chor xukumati ham, rus halqi ham metrik sistema o’lchov birliklari o’rniga o’zlari o’rganib kelgan eski o’lchov birliklarini ishlatishni afzal ko’radilar. Shuning uchun ham yangi o’lchovlar juda kiyinchilik bilan singa boradi. U asosan elektrotexnikada, mashinasozlik, xarbiy ishlarda ko’llanila boshlandi.
1918 yilnig 14 sentyabrida V.I.Lenin ko’rsatmasiga muvofiq Rossiya sovet federativ sotsialistik respublikasining halq komissalari sovet vazn va o’lchovlar halqaro metrik o’nlik sistemani joriy kilish tugrisidagi dekretni kabul kildi.
RSFSRning barcha tashkilot, muassasalari1919 yil 1 yanvardan boshlab metrik sistemani joriy qilishlari zarur edi. Texnik kiyinchilik tufayli metrik sistemani joriy etish mumkin bo’lmagan hollarda eskio’lchov birliklaridan foydalanishga ruxsat bYerilgan edi. Lekin Shunda ham yangi sistema 1922 yil 1 yanvariga qadar albatta tamomila o’tib ulgirish lozim edi.
Dekretda barcha maktablarda o’quvchilarni metrik sistema bilan tanishtirish borasida keng miqyosda tushintirish ishlari olib borish haqida aloxida uqtirib o’tilgan edi. Ayni vaqtda yangi sistemani axoli o’rtasida keng ommalashtirish ko’rsatilgan edi.
Dekretga asosan 1924 yil 1 yanvardan keyin metrik sistemadan boshqa o’lchovlardan foydalanish butun ta`qiqlanadi.
Sobiq SSSRda metrik sistemani belgilangan muxlatdan yoppasiga joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar yuk edi. Birgina metrik torozi toshlarini etarli mikdorda ishlab chikarish uchun kariyb 4,5 milion pud cho’yan kerak buldi. Shuncha miqdor cho’yanni davlatimiz bu vaqtda to’la etkazib berish imkoniga ega emas edi. Shu sababdan metrik sistemaga o’tish muddati 1922 yil 1 yanvaridan 1927 yil 1 yanvariga ko’chirildi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling