Мавзу: ёрдамчи тарих фанлари курсига кириш


Download 0.62 Mb.
bet10/17
Sana22.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1220347
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
хронология

Kuz oylari
Vandem’er-uzum yig`ishtirish oyi (22 sentyabr’-21 oktyabr’).
Bryumer- tuman oyi(22 okt.-20 noyabr.)
Frimer-sovuq oy(21noyabr’-20 dekabr’)
Qish oylari
Nivoz-qor oyi(21dekabr’-19yanvar’).
Plyuvioz-yomg’ir oyi(20 yanvar’-18 fevral’).
Vantoz-shamol oyi(19 fevral’-20 mart).
Bahor oylari
Jerminal’-ko`klam oyi (21mart-19 aprel’).
Floreal’-gullash oyi (20 aprel’-19 may).
Prerial’-o`tloq oyi (20 may-18 iyun’).

Yoz oylari


Messidor-o`rim oyi (19 iyun’).
Termidor-issiq oyi (20 iyul’-17 avgust).
Fruktidor-hosil oyi (18 avgust-16 sentyabr’).


Dekadalar ham yangi nomlar bilan nomlanadi. Lotincha sanoq tartibiga «dies»-kun so`zining boshlang`ich ikki harfi «di»ni qo`shish bilan dekada nomlari kelib chiqdi.
Primidi- birinchi kun.
Duodi- ikkinchi kun.
Tridi- uchinchi kun.
Kvartidi- to`rtinchi kun.
Kvinti- beshinchi kun.
Sekstidi- oltinchi kun.
Septidi- ettinchi kun.
Oktidi- sakkizinchi kun.
Nonidi- to`qqizinchi kun.
Dekadi-o`ninchi kun.
Oylarni o`n kunlik dekadalarga bo`lishdan asosiy maqsad 10 lik metrik hisobni joriy qilish edi: sutkani 10 soatga, soatni 100 minutga, minutni 100 sekundga. Lekin bunday metrik sistema yaxshi natija bermadi va X yilning 18 jerminalida ilgarigi hafta, soat, minut va sekund hisobiga qaytildi.
Respublika kalendari 1793 yil 25 oktyabrdagi dekret bilan qabul qilingan edi. 14 yildan so`ng 1806 yil 1 yanvarda Napoleon imperiyasi qulaganidan so`ng, «respublika kalendari» qayta joriy qilindi, lekin u parij kommunasi bilan birga 72 kun (18mart-28 may) yashadi xolos. Kommuna tugatilganidan so`ng Frantsiyada yana Grigorian kalendari joriy qilindi.


Tayanch iboralar: islohot, Grigoriy 13,Luidji Aloiziy, «al’manax»,Jil’ber Romm, oy nomlari,dekadalar.


Nazorat savollari.
1.Nima sababdan Papa Grigoriy 13 davrida kalendar islohoti o`tkazildi?
2.Luidji Lil’oning islohotdagi rolini ko`rsating.
3.»Halol odamlar al’manaxi»ni Frantsuz inqilobi kalendarining asosi, deb bilish mumkinmi?

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling