Мавзу: ёрдамчи тарих фанлари курсига кириш


Download 0.62 Mb.
bet6/17
Sana22.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1220347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
хронология

Umar Xayyom kalendari. G`iyosiddin Umar ibn Ibrohim Xayyom 1048 yil Nishopurda tug`ilgan. Dastlab qoraxoniylar shahzodasi Xoqon Shamsul al-Mulk saroyida xizmat qilgan. 1074 yili Nizom ul-Mulkning iltimosi bilan Umar Xayyom saljuqiylar sultoni Malikshoh (1072-1092) saroyig, Isfahonga chaqiriladi. Nizom ul-Mulk atrofiga eng o`qimishli astronomlarni to`plagan, saroy observatoriyasi qurdirgan edi. Malikshoh Umar Xayyom oldiga yangi kalendar ishlab chiqish vazifasini qo`yadi. Bu paytda Eron va O`rta Osiyoda ikki xil kalendar mavjud edi: islomgacha bo`lgan zardushtiylarning quyosh kalendari va musulmonlarning oy kalendari.
Zardushtiylar kalendarida yil 365 kun deb, hisoblanib, xatolik 120 yilda 1 marta (1 sutkaga etganda) to`g`irlanar edi. Musulmonlarning oy kalendari esa 1 yilda o`rtacha 11 kun farq qilar va yil faollariga umuman mos kelmas edi. 5 yil mobaynida Umar Xayyom va bir necha astronoMilar guruhi obsYervatoriyada ilmiy kuzatish olib bordilar. 1079 yili o`zining aniqligi bilan tengi yo`q bo`lgan yangi kalendar nusxasi tayyor bo`ldi. U sulton nomibilan «Malikshoh yilnomasi» deb nomlanadi. Kalendarda 33 yillik sikl mavjud bo`lib, 8 tasi kabisa yili edi. Kabisa yili 7 marta har 4 yildan so`ng, 1 marta 5 yildan so`ng kelar edi. Kalendar juda aniq bo`lishiga qaramasdan ommaviy qo`llanilmadi. Umar Xayyomning Malikshoh saroyidagi 20 yillik izlanishi eng serhosil davri bo`ldi. U astronomiya, geometriya, falsafaga oid ko`plab asarlar yaratdi, lekin bu asarlarning aksariyati bizga yetib kelmagan.


Tayanch ibora: qamariy-Hijriy yil, qamariy-shamsiy yil, shamsiy yil, muchal, musulmon kalendarida oy va haftalar, o`girish, Umar Xayyom kalendari.


Nazorat savollari.

  1. Hijriy yil hisobidagi kalendar turlarini ko`rsating.

  2. Hijriy- qamariy yilni milodiy yilga, milodiy yilni hijriy- qamariy yilga aylantirishni bilasizmi?

  3. Umar Xayyomning kalendar islohotiga qo`l urish sababi nimada?

  4. Muchal nima?


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling