Мавзу: ёрдамчи тарих фанлари курсига кириш


Foydalanilgan adabiyotlar r


Download 0.62 Mb.
bet7/17
Sana22.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1220347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
хронология

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Andreev.I. Estestvenniy kalendar.M.1956.
2.Bikerman.E.Xronologiya drevnogo mira.L.1924.
3.Bobur. Boburnoma.Barcha nashrlari.
4.Beruniy.Tanlangan asarlar.Xronologiya.T.1.T;1951.
5.Pozilov.A.Xronologiya va metrologiya.(Ma`ruzalar matni) Namangan 2001
6-MAVZU: QADIMGI YUNON VA RIM KALENDARLARI


REJA:
1.Qadimgi Yunon kalendari.
2.Qadimgi Rim kalendari.
3.Kalendarning Yu. Sezar tomonidan isloh qilinishi.


Qadimgi Yunonlar kalendari oy fazalarining o`zgarishiga qarab aniqlangan. Yunonistonda har bir shahar (polis)ning o`z kalendari mavjud bo`lgan. Bu kalendarlarning vujudga kelishi Mil.avvalgi I-ming yillikka to`g`ri keladi. Yunon kalendariga ko`ra yil yozgi quyosh ko`tarilishidagi birinchi oy yaqinlashishidan boshlangan (iyul’), lekin qishloq xo`jaligi ishlari hisobi Yulduzlarning chiqishiga qarab belgilangan. Oy nomlari quyidagicha nom olgan:

1.Gekatembion
2.Metageytnion
3.Boedromion
4.Pianepsion
5.Memakterion
6.Poseydon
7.Gamelion
8.Anesterion
9.Elafebolion
10.Munixion
11.Fargelion
12.Sikiroforion



Kalendarning o`zgaruvchan bo`lmasligi uchun Yulduz turkuMilari va quyoshga qarab moslashtirish zarur edi. Shu tariqa 13-embolistik oy o`ylab topilgan. Mil. avvalgi 593 yil Afina hokimi Salon bobilliklar kalendaridan foydalanib, 8 yillik siklni yaratdi. Siklga ko`ra 8 yilning uch yili 13-oydan iborat bo`lgan. Salonning 8 yillik siklida quyosh va oy harakati 8 yilda 3 kunga farq qilgan (adashgan). Shuning uchun bo`lsa kerak boshqa Yunon polislarida ushbu kalendardan foydalanmaganlar.
Mil. avvalgi 432 yili Yunon astronomi Meton qamariy oy va quyosh yili o`rtasidagi aloqadorlikni aniqlab, xitoyliklardan mustaqil ravishda 19 quyosh yilining 235 qamariy oyga teng bo`lishini aniqlagan. Demak, har qanday oy fazasi 19 yilda faqat bir marotaba quyosh kuniga to`g`ri keladi. Ushbu sikl astronom nomi bilan Meton sikli deb nom olgan.
Meton sikli bo`yicha tropik yildan 19 yilda –0,861 sutka farq qiladi:
19 quyosh yili q 6939,6884 sutka
235 qamariy oy q 6939,6018 sutka
Bu farq ya`ni -0,861 sutka 32 yulian yilida 1 sutkani tashkil etadi.
Shu tariqa qadimgi Yunonlarning oy kalendari oy-quyosh kalendariga aylangan.
Qadimgi Yunonistonda voqealar davlat hokimlarining taxtga o`tirishi bilan bog`langan. Mil. avvalgi IV asrdan boshlab umumellin Erasiga o`tilgan. Uning boshlang`ich nuqtasi etib har 4 yilda bir marotaba o`tadigan Olimpiada musobaqalari belgilangan. Yil yozilishida olimpiadaning va yilning tartib raqami yozilgan. M. Salamin jangi-75,1 (75-olimpiadaning birinchi yili).
Aleksandr Makedonskiydan keyin turli eralar ishlatila boshlandi. M. Filipp Aridey Erasi-Mil.avvalgi 312 yil 12 noyabrdan, Salavkiylar Erasi-Mil.avvalgi 312 yil 1 oktyabrdan. Bundan tashqari mahalliy joy eralari M. Xersonesda Tavriya erasi-Mil. avvalgi 25 yil.
Qadimgi rimliklar oy kalendaridan foydalanganlar. Yil dehqonchilik ishlari bilan bog`liq bo`lgan mavsumlarga bo`lingan. Qadimda yil 304 kunli 10 oydan iborat bo`lgan. Oylarning nomi ham bo`lmagan, faqat tartib nomYeri bilan atalgan (Mil. avvalgi VII asr). Turli qabilalarda oy kunlari turlicha belgilangan. Keyinroq rimliklar 355 kunli oy kalendarini tuzdilar.
Yil boshi deb bahorning birinchi kuni belgilangan. Oy nomlari qo`yilib, ular quyidagi ma`noga ega bo`lgan. 1-oy dehqonchilik va chorvachilik homiysi Mars sharafiga, 2-oy «aperire» (aprilus) «ochilish» degan ma`noni bildiradi. 3-oy Merkuriyning onasi Mayya (go`zallik xudosi) sharafiga, 4-oy Yupiterning xotini, to`kinchilik xudosi Yunona sharafiga, 5-oy (kvintilis), 6-oy (sekstilis), 7 oy (september), 8-oy (oktober), 9-oy (Novomber) va 10-oy (Desember) nomlari esa tartib raqamini bildiradi. Mil avvalgi VII asrda rimliklar kalendar islohotlari o`tkazib, (chunki 304 kunli bu yil hisobi oy kalendariga ham, quyosh kalendariga ham to`g`ri kelmas edi) qo`shimcha ikki oy kiritdilar.
Yanvarius ikki yuzli xudo Yanus sharafiga (29 kun). Febrarus-o`liklar xudosi Febuariya nomiga qo`yilgan (28 kun0.
Bu oy o`lganlar xotirasi oyi hisoblanardi.

1.Martus 31
2.Aprilis 29
3.Mayus 31
4.Iyunius 29
5.Kvintilis 31
6.Sekstilis 29


7.September 29
8.Oktober 31
9.Novomber 29
10.Desember 29
11.Yanuarus 29
12.Febriarus 23.5

Rimliklar juda irimchi xalq bo`lishgan. Juft sonli kunlar baxtsizlik keltiradi deb o`ylashardi. Shuning uchun barcha oy kunlari toq keladi.
Shu tariqa 355 kunli yil hisobi vujudga keldi. Lekin bu kalendar yil fasllariga mos kelmasdi. Chunki yulian kalendaridan 10 kunlik farq bunga yo`l qo`ymasdi. Mil. avvalgi VII-VI kabisa yilini o`ylab topishdi. Qo`shimcha 20 kun 13-oy sifatida emas, balki fevral’ oyining 23 va 24 kunlari oralig`iga qo`shishgan (irimchilik). Shu oy martsezonno`y nomi bilan ajralib u lotincha marces-to`lov ma`nosini anglatardi. Shu tariqa yil 365 kunda etkazilgan, lekin 365,25 kunga farq qilardi.
Mil. avvalgi V asrda rimliklar Yunonlar kabi 8 yillik sikl o`ylab topdilar. Faqat rimliklarda kabisa yili har ikki yilda qo`shilib biriga 23, biriga 22 kun qo`shilardi. Sikl bo`yicha:

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling