Mavzu: erkaklar qo’njsiz bоtinka yuza va astar qismini bichish


Download 3.4 Mb.
bet16/17
Sana22.07.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1661669
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
bekzod aka

Nazorat uchun savollar?

1.Sandalet turlarini ayting?


2. Sandale betliklarining shaklini ko’rsating ?
3. Sandaletni bichayotganda material kam chiqitga chiqish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
19-MAVZU: Poyabzal tanovorini yig’ish jarayonini bajarishda umumiy texnologik talablar


1 - ASОSIY SAVОL:
Poyabzal tanovorini yig’ish jarayonini bajarishda umumiy texnologik talablar
Mavzuga оid tayanch so’zlar: poyabzal turlari, chaqmоq-zanjir, sirtqi detallar, astarlik detallar, оraliq detallar, QO’N, BO’N, asоsiy nuqtalar, qunjni eni,yordamchi chiziq, tоrtish bahyasi, betlikni bo’qish chizig’i.


Mavzuga оid asоsiy ma`lumоtlar:
1. Poyabzal tanovorini yig’ish jarayonini bajarishda umumiy texnologik talablar haqida tushinchalar bering?


1– asоsiy savоl:
1.1. Poyabzal tanovorini yig’ish jarayonini bajarishda umumiy texnologik talablar

1-savоl bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga Poyabzal tanovorini yig’ish jarayonini bajarishda umumiy texnologik talablar haqida ma`lumоt berish.




Identiv o’quv maqsadlar:
1.1. Poyabzal tanovorini yig’ish jarayonini bajarishda umumiy texnologik talablar haqida ma`lumоtga ega bo’ladi.

Poyabzal quyidagi funksional belgilari: mo'ljallangan vazifasi, ustlik tanovori balandligi, yosh-jinsiy guruhi, poyabzal tayyorlashda qo'llaniladigan materiali, ustlik tanovori va taglik konstruksiyasi, tag- likning ustlik tanovoriga biriktirilish usuli bo‘yicha ta’riflanadi.


Poyabzal mo‘ljallangan vazifasiga bog‘liq ravishda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
kundalik — har kuni kiyishga mo'ljallangan poyabzal;
bashang — tantanali voqealaiga kiyishga mo‘ljallangan poyabzal;
xonaki — uy (xona)da kiyiladigan poyabzal;
yo‘l poyabzali — yo'lda vaqtincha kiyiladigan poyabzal;
plaj poyabzali — jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga, dam olishga mo'ljallangan poyabzal;
milliy — konstruksiyasi va bezaklarida turlicha milliy an’anaviy elementlarga ega bo'lgan poyabzal;
qishki — sovuq davrda kiyish uchun mo'ljallangan isituvchi xu- susiyatlariga ega bo‘lgan poyabzal;
uzluksiz mavsumli — yil davomida doimiy ravishda kiyishga mo‘ljallangan poyabzal;
yozgi — yozgi davrda kiyiladigan poyabzal; bahorgi-kuzgi mavsumga mo'ljallangan poyabzal; yoshi ulug‘ kishilar uchun — yoshi ulug‘ kishilaming anatom- fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan poyabzal;
sport uchun — sport turlari boЈyicha shug‘ullanishga moljallangan poyabzal;
maxsus — oyoqni har xil xavf ta’siridan himoyalanishi uchun poyabzal;
ishlab chiqarish uchun — ishlab chiqarish korxonalarida umumiy ishlar uchun himoyalovchi materiallar va detallar qo‘llanmagan poyabzal;
ortopedik — tovondagi, boldir va bo‘ksadagi patologik farqlami konstruksiyasi hisobga olingan holda ishlangan poyabzal;
profilaktik — konstruksiyasi patologik o‘zgarishlami rivojlanishini ogohlantirishini hisobga olgan holda ishlangan poyabzal.
USTLIK TANOVORI BALANDLIGI
Poyabzal ustligining balandligi bo‘yicha tufli, yarimbotinka, botinka, yarimetik va etikka bo'linadi.
Tufli — dastagi to‘piqdan past bolgan, usti esa oyoq panjasining sirtini tola qoplamaydigan poyabzal.
Yarimbotinka — dastagi to‘piqdan past bo‘lgan, ustki detallari oyoq panjalarining sirtini tola qoplaydigan va oyoq panjasiga birorta yordamchi moslama (boglch, rezinka) bilan mahkamlanadigan poyabzal.
Botinka — dastagi to‘piqni berkituvchi va oyoqqa birorta yor­damchi moslama bilan mahkamlanadigan poyabzal.
Yarimetik — boldirni qisman yopib turadigan poyabzal.
Etik — qo‘njli, oyoq panjasini, boldirini, ayrim maxsus hollarda hattoki sonni qoplaydigan poyabzal.
PASTKI DETALLARNI USTLIK TANOVORI BILAN BIRIKTIRISH USULLARI
Pastki detallami ustki tanovoriga biriktirish turli usullar bilan olib boriladi.
Rantli usul. Tanovoming qolipi ostiga patakning labi mix yoki yelim yordamida biriktiriladi. Taglik labiga tanovor milki qo‘shib tiklangan rantga, taglik ip bilan biriktiriladi.
Rant-tikish usuli taglik yassi patakka tanovoming tortish bahyasi bilan qo‘shib tikilgan rantga ip bilan biriktiriladi.
Doppel usulida tanovoming astari qolipning ostiga qayrilib, asosiy patakka biriktiriladi. Sirtqi detallaming tortish bahyasi esa tashqi tomonga qayrihb, qo‘yma qadolat qo‘yib yoki qo‘yma taglikka poshna hududi mixli, mix cho'pli, yelimlash usullariga o‘xshab biriktirilishi mumkin.
Sandal usulida taglik tanovorini tashqi tomonga qayrilgan tortish bahyasiga, qo'yma qadolatni qo‘yib, butun perimetri bo‘ylab tikiladi. Poyabzal asosiy pataksiz va astarsiz bo‘ladi.
Parko usuli. Birinchi bo‘lib Moskvadagi Parij Kommunasi fabrikasida yaratilgani uchun, shu fabrikaning nomi berilgan. Bu usulning rantli usullardan farqi shuki, tanovorga rant qolipga tortilmasdan, tikib olib, keyin qoUpga tortiladi.
Parko 1 usuUda rant tanovorga butun perimetri bo‘yicha tikiladi, asosiy patak bo‘lmaydi. Parko 2 va parko 3 da asosiy patak bo‘lib, parko 2 da tanovoming tovon qismigacha, parko 3 da esa butun perimetri bo‘yicha tikiladi.
Ag‘darma usul tanovomi taglikka biriktirma chok bilan tikib, so‘ngra o‘ngi ag‘dariladi yoki yashirincha chok bilan tikiladi.
Tikma usul. Taglik kapronli yoki iplar bilan ustlik tanovoriga va asosiy patakka tikiladi. Bu usul rantli birikmali ayollar tuflisining ahmi qismini tikish uchun va ochiq tumshuqli tuflining tumshuq qismini tikishda ham qo‘llaniladi.

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling