Mavzu: erkaklar qo’njsiz bоtinka yuza va astar qismini bichish
Download 3.4 Mb.
|
bekzod aka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga оid asоsiy ma`lumоtlar: 1. Tanovor konstruksiyasini analiz qilish
- Identiv o’quv maqsadlar: 1.1. Tanovor konstruksiyasini analiz qilish
- Nazorat uchun savollar
Nazorat uchun savollar?
1.Poyabzal tanovori qanday yig’iladi? 2. Poyabzal tanovorini shaklini ko’rsating ? 3. Tanovorni bichayotganda material kam chiqitga chiqish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 20-MAVZU: Tanovor konstruksiyasini analiz qilish 1 - ASОSIY SAVОL: Tanovor konstruksiyasini analiz qilish Mavzuga оid tayanch so’zlar: poyabzal turlari, chaqmоq-zanjir, sirtqi detallar, astarlik detallar, оraliq detallar, QO’N, BO’N, asоsiy nuqtalar, qunjni eni,yordamchi chiziq, tоrtish bahyasi, betlikni bo’qish chizig’i. Mavzuga оid asоsiy ma`lumоtlar: 1. Tanovor konstruksiyasini analiz qilish haqida tushinchalar bering? 1– asоsiy savоl: 1.1. Tanovor konstruksiyasini analiz qilish 1-savоl bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga Tanovor konstruksiyasini analiz qilish haqida ma`lumоt berish. Identiv o’quv maqsadlar: 1.1. Tanovor konstruksiyasini analiz qilish haqida ma`lumоtga ega bo’ladi. Poyabzal ustlik tanovori deb, tovonni yuza qismini to‘la yoki qisman yopib turjvchi yoki boldimi yopib tumvchi poyabzal detallari majmuyiga aytiladi. Ustlik tanovori ayrim holda sonni ham yopishi mumkin. Poyabzal ustlik tanovorining ko'rinishlari quyidagicha turlanadi: mokasin — oval ko‘rinishdagi detal ustlik tanovori bilan ip yoki shnur bilan biriktirilgan; sandallar — ustlik tanovori konstruksiyasi bo'yicha yarimbotin- kalarga mos keladi va shakli turlicha bo‘lgan tuynuklarga ega; pantoletlar — tanovori tovoni oyoq kafti barmoqlari suyagini bo‘g‘imini yopadi va faqat betlikdan iborat; opanki — bortli, tikma yelimli va tepchib-tikma yelimli biriktirish usullarida tayyorlangan poyabzal; chuvyak — poshnasining balandligi 5 mm dan baland bo'lmasligi kerak; sandal — astarsiz va asosiy pataksiz poyabzal, sandal biriktirish usuli bilan tayyorlangan; qayiqsimon tuflilar — tanovori tovonni yuza qismini to‘liq yopmaydi va tovonga mahkamlash uchun hech qanaqa moslamasi yo‘q; to‘qali tufli — ustlik tanovori bir nechta to‘qa tasmali mahkam- lovchi furniturali poyabzal; astarsiz poyabzal — ichki detali jiyak, cho‘ntak, oxircho'p va dastak osti astaridan tuzilgan poyabzal. Ichki detallar soni poyabzal modeliga qarab o‘zgarishi mumkin; mokasin — ustlik tanovori patak bilan konstruktiv birlashgan va old qismi oval ko‘rinishidagi detalga ega bo'lgan poyabzal; tasmali sandalli poyabzal -- tanovori tasmalardan iborat poyabzal; sport tuflisi — ustlik tanovori umumiy jismoniy tayyorgarlikka mos keladigan poyabzal; kross uchun poyabzal — ustlik tanovori yarimbotinka va botinka- ga moslashgan, aktiv dam olishga mo'ljallangan. Poyabzal ustlik tanovori quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: ovalh detalli; yaxlit yoki bo'laklangan detalli; yaxlit betlikli, yaxlit dastakli; kesilgan tumshuqli; bostirma betlikli; bostirma dastakli; kesilgan detalli. Poyabzalning barcha ustlik detallari tashqi (tashqarida joylash- gan), ichki (oyoqga tegilib turadi) va oraliq (tashqi va ichki detallar orasida joylashgan) qa bo‘linadi. Poyabzalning tashqi detallariga quyidagilar kiradi: bosliliq — etik detali, barmoqlami va oyoq kafti orqa sirtini yopadi; gulchin — poyabzalning ustki detali bo‘lib, oyoqning tovon qismini qoplaydi; orqa tashqi tasma — tanovorining orqa chokini mustahkamlovchi, poyabzalning ustki detali, tovonni blochkalardan jarohatlanishidan himoya qilishiga mo'ljallangan; oval ko‘rinishdagi ulama detal — betlik va iplar bilan birik- tiriladigan detal; mag‘iz — detallami biriktirishda uning mustahkamligini oshiruvchi charmdan bichilgan tasma; poyabzal klapani — tashqi detal, datak yoki qo‘njga ip bilan biriktiril- gan, yoki chaqmoq zanjir osti astari bilan tikilgan ichki detal; adip — tasma shaklidagi material, zeyini bezash uchun ishlatiladi- gan detal; mustahkamlagich — poyabzal ustki detallarini biriktirishda ishlatila- digan mustahkamlovchi detal; quloqcha — halqacha ko‘rinishdagi detal, poyabzal kiyishga qulay bo‘lishi uchun uning qo‘nj yoki dastagiga ip Ы1ап biriktiriladi. Poyabzal ichki detallariga quyidagUar kiradi: astar — tovonni tashqi detal choklardan va shaklbardoshliligini ta’minlaydigan, gigiyenik va issiqdan himoyalash xususiyatlarini oshiradigan ichki detallar komplekti; futor — etik ichki detali, shakli va o'lchami etik qo‘njiga mos keladi; podnaryad — boshliq astari (etikda boshliq tagiga qo‘yiladigan ichki detal); podshivka — etik ichki detali, shakl va o'lchami qo‘njning ustki qismiga mos keladi; poyabzal tanovori cho‘ntagi — tanovori orqa yoki old qismiga oxircho‘p yoki tumshuq osti detalini joylashtirish uchun ishlatiladigan detal; ichki orqa tasma — tanovoming orqa chokini mustahkamlovchi, poyabzalnng ustki detali bo‘lib, astarlik charmdan bichiladi; asosan botinkalarda; uzaytirilgan ichki orqa tasma — poyabzal ustki detali orqa qismini yeyilishiga chidamliligini oshirish uchun detal; blochka osti — blochkani dastakka biriktirish mustahkamligini oshiruvchi ustlik, ichki detal; ilmoq osti — poyabzal dastagiga ilmoqlar biriktirib mustahkamligini oshirish uchun mo'ljallangan ichki detal; jiyak — poyabzal astarida to'qima materialini titilishidan saqlovchi charm tasma; quloqcha osti — quloqchani pastki qismiga tikiladigan detal quloqcha bilan qo‘nj yoki dastakni birlashishi mustahkamliligini ta’minlaydi. patak — tovonni yerga tegilib turadigan siiti bo'ylab joylashgan detal; to‘shama patak — shakli bo'yicha asosiy patakka muvofiq keladi va poyabzal ichki ko‘rinishini va gigiyenik xususiyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Tanovorlar yaxlit dastakli yoki dastakli gulchinli, yaxlit betlikli yoki betlik kesilgan tumshuqli va aylanma betlikli bo'ladi. Botinkalar oyoqqa ip, tasma va to'qa, tugma, knopka, rezinka, chaqmoq zanjir, velkro lentasi yordamida biriktiriladi. l-rasm. Tufli tanovorlari konstruksiyasi: a — qayiqsimon tufli aylanma yoki kesilgan betlikli; b — qayiqsimon tuflilar, kesilgan betlikli; d — qayiqsimon tuflilar, bo'ylama tasmali; e — bo'ylama old tasmali tuflilar; / — tumshuq va o'kcha qismi ochiq tuflilar; g — tumshuq qismi ochiq tuflilar; h — o‘kcha qismi ochiq tuflilar; i — tasmali tuflilar. 2-rasm. Sandal tanovorlari konstruksiyasi: a — figurali betlikli; b — kesilgan old va bo‘ylama tasmali; d — bo‘ylama tasmali. Yarimbotinka tanovorlari konstruksiyasi bostirma betlikli, bostirma dastakli, rezinali (loafer), oval ko'rinishidagi detalli va boshqacha bo‘ladi. Tanovorlar yaxlit dastakli va dastak gulchinli, yaxlit betlikli yoki betlik kesilgan tumshuqli bo‘lishi mumkin. Yarim- botinkaning yengillashtirilgan varianti sandaletlar bo‘lib hisoblanadi. Yarimbotinkalar oyoqqa ip, rezinka, tasma, to‘qa yoki velkro lentasi yordamida biriktiriladi. Tufli tanovorlari konstruksiyasi aylanma yoki kesilgan betlikli, bo‘ylama tasmali va old tasmali, tumshuq yoki orqa qismi ochiq, 3-rasm. Xonada kiyiladigan poyabzal tanovorlari konstruksiyalari: a — yarimetikcha turidagi; b — botinka turidagi; d — yarimbotinka turidagi; e — qayiqsiimon tufli turidagi; f — o‘kcha qismi ochiq: г — tumshuq tasmali konstruksiyada bo'ladi. Tufli oyoqga tugma, to‘qa yoki lcnopka, velkro lentasi yordamida biriktiriladi. Chuvyak tanovorlari konstruksiyasi yarim aylanma betlikli, yarimbetlikli va kesilgan gulchinli bo‘ladi. Chuvyak tufli xilma-xil bo'ladi. Sandal tanovorlari konstruksiyasi bo‘yicha figurali betlikli, bo‘ylama tasmali, kesilgan old va yuza kamarlaridan iborat bo'lishi mumkin. Sandallar oyoqqa to‘qa yoki velkro lentasi yordamida biriktiriladi. Xonada kiyiladigan poyabzal turli xil konstruksiyada boladi. Ular botinka, yarimbotinka, yarimetik, qayiqsimon tufli, tumshuq va orqa qismi ochiq tufli ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Konstruksiyaga bog‘liq ravishda xonada kiyiladigan poyabzal oyoqqa yuqorida ko‘rsatilgan usul- lar bilan biriktiriladi. Xonada kiyiladigan poyabzal turlicha bantik, momiq, hoshiyalar va boshqalar bilan bezatiladi. Nazorat uchun savollar? 1. Poyabzal ustlik tanovori deb nimaga aytiladi? 2. Tanovorning turlarini ayting ? 3. Tanovorni bichayotganda nimalarga e’tibor berish kerak? 4. Tanovor hamma poyabzallar uchun bir hil tayyorlanadimi? Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling