Mavzu: erkin vohidov lirikasi


Shoir lirikasining psixologik o‘ziga xosligi


Download 39.98 Kb.
bet3/7
Sana10.01.2023
Hajmi39.98 Kb.
#1087423
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5307815537533791047

1.2 Shoir lirikasining psixologik o‘ziga xosligi
Erkin Vohidov – ko'p qirrali ijodkor. Uning lirikasini kamalakka - mana shu rangin tabiat hodisasiga qiyos qilish mumkin – serjilo poeziya. Shoirning o'zi bir suhbatida sher – qiziq, ammo she‘rning yaralish jarayoni undan-da, qiziq, degan edi, Uaysiy tomonidan "Anor" chistonining yaratilishi bilan bog'liq voqeani eslab.
Erkin Vohidovning she‘riyati haqida gapirganda beixtiyor unga zamondosh bo'lgan yana bir zabardast shoirning ijodi "yarq" etib ko'z oldimizda namoyon bo'ladi. Bu bejizga emas, chunki har ikki shoirning ijodida ruhan yaqinlik bor. Farqli jihatlari ham mushtarak. Binobarin, bu ikki ijodkorning ijodiga xos mushtarak jihatlar nimalardan iborat, ularning ijodida ruhiyat manzaralari, poetik qonuniyatlar mezoni haqida gapirganda nimalar ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi - mana shular xususida bir oz to'xtalmoqchimiz.
Erkin Vohidov yuqorida ta‘kidlaganimizdek voqeadan she‘r yaratadi, Abdulla Oripov esa aksar hollarda holatdan kelib chiqib ijod qiladi. Masalan, Abdulla Oripovning "Ona sayyora" she‘ri suvratga qarab bitilgan she‘r. Erkin Vohidovning "Sadoqat" she‘riga esa keksa daraxtni qulatish bilan bog'liq voqea asos qilib olingan. Xuddi shuningdek, uning "Hayvon o'rgatuvchiga", "Bolalarni shaytonlardan qo‗rqitmangiz", "Bu ko'hna hasrat", "Hozirgi yoshlar" singari qator she‘rlarida ham muayyan bir voqea yetakchilik qiladi.
Shoirning shakllanishida muhitning ta‘sirini birlamchi, dedik – bu isbot talab qilmaydigan haqiqat. Masalan, Ibrohim G'afurov "Yurak - alanga"_ nomli kitobida shu borada fikr yuritib, shoirning 50 yillarda yozilgan "Kechagina" deb nomlangan she‘ri bilan 80-yillar arafasida yaratgan falsafiy g'azalini muqoyasa qiladi. Oradagi farq bor-yo'g'i yigirma yildan ortiqroq, biroq zamon va hayotga bo'lgan munosabat yer bilan osmoncha.
Mana u 60-yillar arafasida nima deb yozadi:
Yillar o'tar, quvonaman kelajakka intilib,
Kelajak ham Meni kutar, quchoq ochib, shod kulib.
Yillar o'tar...
Ko'z oldimda chiroy ochar kelajak... deya xulosa chiqargan shoir, oradan yigirma yilcha vaqt o'tib:
Fursating yetmaydi doim,
Hech qachon yetgan emas.
Mehnating bitmaydi doim,
Hech qachon bitgan emas... degan fikrga keladi. Chunki, zamonning shiddati o'zgardi. Shoirning lirik qahramoni ham ana shu shiddatga munosib odim otishi lozim 6
– ba‘zan ulgurish mushkullashayotgnidan nolingandek bo'ladi. Shoir unga o'z munosabatini bildirib, harakatchan odam har qanday zamonda, har qanday shiddatga moslashishini uqdiradi. Allomalar aytgani kabi, qoniqmaydigan odam jilg'aning yonida turib ham chanqab turaveradi.
Bilaman,
G'oyat tez asrim shiddati,
Yelkanlarga ortgan uhdasi buyuk.
Fazoda charx urgan yerning suvratin,
Yuraklarga bergan aslida shu yuk
Erkin Vohidov ijodiga tub burilish yasagan omillar haqida so'z ketsa, adabiyotshunoslar bir ovozdan "Tirik sayyoralar" to'plamini tilga olishadi. Mazkur to'plamga kirgan she‘rlar, haqiqatdan ham shoirning dunyoqarashi kengayib, lirik qahramoni hayotiy bichimga ega bo'lganini ko'rsatadi.
Yirik adabiyotshunoslar "Ozod Sharafiddinov, Ibrohim G'afurov singari she‘riyat bilimdonlari to'g'ri ta‘kidlaganlaridek, "Tirik sayyoralar"ga kirgan ko'pchilik she‘rlar Erkin Vohidov ijodida muhim burilish, poeziyamizda yirik hodisa bo'ldi" 7
. She‘rim, mana bitding nihoyat,
Tunim uyg'oq o'tdi qoshingda.
Bitding dedim, sevinma faqat,
Qancha ish bor hali boshingda.
Mana shu hazil tariqasida yozilgan she‘rga e‘tibor bering. Shoirning mahoratiga qoyil qolmay ilojingiz yo'q. U polifoniya(ko'p ma‘nolilik) san‘atidan unumli foydalanib, she‘rga ham yengilgina yumor, ham og'ir ijtimoiy yukni
singdiradi. "Sen meniki emassan, tamom!" Mana shu jumladan she‘rning keyingi hayoti boshlanadi. U "oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga" yuksalish jarayonini boshdan kechiradi. Tortmalarda yotadi, taroshlanadi.
Urinmagin endi behuda,
Uchmoq uchun bog'lama qanot.
Orom olib shirin uyquda,
Muharrirning tortmasida yot.
Shoir xuddi mana shu dovonlarni yengib o'tib, bu she‘r ko'pning mulkiga aylanishini biladi. Shuning uchun ham uni sinov maydonida qoldirar ekan, go'yoki chidam va sabot tilagandek, unga nasihatlar qiladi. Xuddi ota o'z farzandiga hayot saboqlaridan ulgu berayotgandek. Shuning uchun ham she‘r samimiy, ishonarli – shuning uchun ham she‘rxonlarning qalbidan tez o'rin egallaydi. Taniqli adabiyotshunos olim Ibrohim G'afurov shoir haqida so'zlaganda: "Erkin Vohidov asarlari zamirida yotgan tiniq samimiyat, insoniylik, mehr-oqibatni eng yuksak darajada tushunish va shunday talqin etish, she‘rdagina emas, hayotda ham, hayotning har qanday holatlarida o'z oliyjanob prinsiplariga rioya etish, og'ishmay amal etish, Vatanga xuddi otaga suyanganday suyanish, xalqqa xuddi onaga talpinganday talpinish, yurt, el kamoli, ravnaqini o'ylash, orzu qilish va bundan o'ta manfaatdor ijodkor kabi doim zavqlarga to'lib yurish, komillikka sajda qilish, komillikni ko'rgan, unga duch kelganda darhol buning ilhomiga jo'r, jo'ra bo'lish – Erkin Vohidovning inson sifatida, shaxs sifatida, katta san‘atkor ekanidan dalolat beradi"– deganida avvalo uning biz yuqorida aytib o'tgan mahorat qirralarini nazarda tutgan bo'lsa ajab emas.
Erkin Vohidovni "aruznavis", "barmoqnavis" ham deyishadi. Hajvnavis ham deyish mumkin. Ayniqsa she‘riy nutqning o'ziga xos bo'lgan stilistik va obrazli vositalarini qo'llash borasida ham iste‘dodini sinovdan o'tkazgan hollar uchraydi. Uning aruz vaznida yaratgan turkum g'azallari so'zimizning tasdig'idir. Masalan:
Barcha shodlik senga bo'lsin, bor sitam, zorlik menga.
Shoir mumtoz adabiyotning "tazod"(qarshilantirish) uslubidan foydalanib, ya‘ni birbiriga zid ma‘noli so'zlarni qo'llab, ulardan yaxlit bir kontrast chizadi. Yoki uning quyidagi she'riga nazar solaylik:
Qaro qoshing,
qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlimga qasd qayrab –
Qilich qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan.
Qarab qo'ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.
Tamoman "q" harfi bilan boshlanadigan so'zga qurilgan u. So'zlar pala-partish emas, balki inja kabi bir ipga tizilgan. Bu ham shoirning she‘riyatiga xos bo'lgan mahorat qirralaridan birini belgilaydi.
Shu o'rinda shoir ongli hayotining muayyan davri, shakllanish damlari kechgan o'tgan asr adabiyoti, adabiy mezonlar va uslublar haqida ham to'xtalib o'tsak. Chunki, bu davr shoir ijodining ajralmas bir qismi bo'lib hisoblanadi. O'sha davrlar barcha asarlar – u she‘riy bo'ladimi yoki nasriymi – barchasi sotsialistik realizm mezoni bilan o'lchanar edi. Ya‘ni, hayotni bo'yab-bejab emas, bor holicha ko'rsatish talab etilardi. Biroq bu talab sirtdan qaraganda shunday ma‘no barar, aslida esa ijodkor nimani gapirish kerag-u, nimani yo'q – siyosatning siyog'idankelib chiqib o'zi anglashi lozim bo'lgan. Gap shu ekan, deb borini bor holicha yozganlarning holiga qaysi jonivor yig'laganini aytib o'tirishimga hojat bo'lmasa kerak.
Sho'ro davri adabiyotshunosligi ham sotsiarealizmning bag'ri kengligini, unda metod va uslublarning rang-barangligini olqishlashdan nari o'tmas, metod va uslub degan tushunchalar faqat shaklgagina xizmat qilayotganini ko'rib ko'rmaslikka olardilar. Hattoki she‘riyat realizm qobig'iga kirmay qolayotgani chuqur tahlil etilgan. Masalan, Umarali Normatov yozadi: "... she‘riyatning e‘tibordan chetda qolishiga sabab nima ekan? She‘riyatning sirli, sehrli, romantizmga moyilroq ekanimi, uning kundalik hayotdan bir oz balandroq turishi, parvozga, xayolga o'chligimi? Yoki bu sohaga realizm prinsiplarining sustroq kirib kelishimi, she‘riyatda realizmning to'la namoyon bo'lishiga imkoniyat torligimi?8
Ko'pning e‘tiboriga mana shunday savolni havola etgan atoqli olim, shundan so'ng bu savollarga javob berishga kirishadi va bugunda ham dolzarbligini yo'qotmagan bir qator xulosalarini bayon etadi. Jumladan: "...biz ko'pincha realizmni insonning real hayoti, real imkoniyatlarini ko'rsatish deb tushunamizu, biroq uning xayolotini reallikdan chetga surib qo'yamiz", – deydi. Binobarin xayolot – ijodkorning ma‘naviy dunyosi uning real imkoniyatlariga qaraganda beqiyos darajada keng va nihoyatda boy. Shuning misoli tariqasida U. Normatov Erkin Vohidovning "Qumursqalar jangi", Arslon o'ynatuvchi, "Ruhlar isyoni" singari she‘rlarini olqishlab, bu ijod namunalari realizmdan uzoqlashmagani holda, real imkoniyatlar va xayolotning beqiyosligini umumlashtirganini va oyog'i bilan zaminga mustahkam o'rnashgan insonning ichki olamini teranroq ochishga xizmat qilganini ta‘kidlaydi.

Download 39.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling