Mavzu: erkin vohidov lirikasi
II.BOB. ERKIN VOHIDOV ASARLARIDA DAVRNING DOLZARB MUAMMOLARI
Download 39.98 Kb.
|
2 5307815537533791047
II.BOB. ERKIN VOHIDOV ASARLARIDA DAVRNING DOLZARB MUAMMOLARI.
2.1 Erkin Vohidov lirikasida Vatan mavzusi. XX asr o'zbek adabiyoti juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o'tdi. Asrlar davomida shakllanib, taraqqiy etib kelgan sheriyat o'tgan asrning 60-yillariga kelib, yana bir bor yuksalish jarayonini o'z boshidan kechirdi. Bu davrga kelib adabiyotda, xususan, sheriyatda yangicha talqinlar, tuyg'ular ifodasi yana-da, teranroq ifodalana boshladi. Bu jarayonda istedodli shoir Erkin Vohidovning o'ziga xos o'rni mavjud. Yangilanishga harakat etayotgan sheriyatning turfa xil ohanglarda namoyon bo'lishini shoir she`riyati misolida asoslash mumkin. Erkin Vohidovning o'nlab sheriy asarlarida Vatan, millat, uning erki, ozodligini ifodalovchi asarlar o'rin oldiki, bularning zamirida lirik qahramonning ruhiy-manaviy istiroblari, o'zlikni anglashga bo'lgan intilishlari go'zal tashbehlar asosida talqin etilgan. Adabiyotshunos Umarali Normatov qayd qilib o'tganidek: "Zamin, zamon va inson tashvishlariga hamdardlikb oddiy kundalik hodisalarida katta insoniy muammolarni ko'ra bilishb, ulardan umumbashariy manolar qidirish, o'sha kezlari o'zini hayajonga solgan masalalarni dadil o'rtaga qo'yib, ularga javob izlash, odamlar etiborini jalb etish – bu davrdagi eng yaxshi doston va sherlariga xos xususiyatidir". 13 Darhaqiqat, shoir lirik qahramonidagi mavjud dard va alamlar kitobxon qalbini larzaga solar, hayotga, tarixga teranroq nazar solishga undar edi. SHu jihatdan, o'tgan asr boshlaridagi A.Qodiriy, Cho'lpon, Fitratlar boshlagan ananalarni izchillik bilan sheriyatda, yani o'z ijodida davom ettirdai. 70- yillarning so'ngida yaratilgan "Ruhlar isyoni" asarida makon va zamonni Hind o'lkasiga ko'chirib, asar qahramoni Narzul Islom obrazi misolida, millatimiz tarixi, uning erki, ozodligi, Ona-Vatanning mustaqilligini, shaxs erki kabi mavzularni baralla talqin etganligi bilan izohlash mumkin. Yoki, Cholpon boshlagan Turkiston birligi, uning ozodligini ifodalovchi bir qator asarlari maydonga keldiki, bularning zamirida Ona-Vatan erki va ozodligi haqidagi mulohazalar o'z ifodasini topgan edi. Masalan: "Turkiston bir, vatan bir" sheridan o'rin olgan quydagi misralarga etibor qarataylik: Qadim ona bu tuproq, Turkiston bir, vatan bir. Bizga jondan azizroq Turkiston bir, vatan bir Al-Beruniy yodi bor, Yassaviy faryodi bor, Qashg'ariy ijodi bor, Turkiston bir, Vatan bir Yuqorida qayd qilgan mavzularni Erkin Vohidov mazmunan boyitib, lirik qahramon kechinmalari asosida parchalangan Turkistonning birligini, Vatanning ajralmas tarixi borligiga etibor qaratadi. Shuning uchun ham boshqa bir o'rinda qayd etilganidek: Yovlar pora qilgan tan, Xomtalmsh bo'lgan vatan. Oh, bo'lurmi qaytadan Turkiston bir, Vatan bir... 14 misralarida lirik qahramonning qalb to'la armonlari, umidlari mujassamlashgan. "Vatan qadri" nomli sherida esa, Vatanning ulug'ligini, unga bo'lgan muhabbatini, undan-da, aziziroq narsa yo'qligini go'zal misralarda mujassamlashtiradi: Ey, vatandoshim, eshit Boburu, Furqat nolasin, Besabab anduh tig'ida Bag'rini tilmas kishi, Bilma, farzandim, vatan hajrini, Lek qadrin bil – Kim vatan qadrin bilmas, Angla, komilmas kishi. Shoir lirik qahramon asosida, uning inja tuyg'ulari orqali haqiqatga tik qaraydi. Bu haqiqatning zamirida, vatanga bo'lgan muhabbat bilan bir qatorda, uning erki, ozodligi, go'zalligini anglash, vatanga bo'lgan etiqodni his eta olish tushunchasi mujassamlashgan. Shu bilan birgalikda, hayotning yashashning mohiyatini anglash, tushunish falsafasi ham o'z ifodasini topgan. Vatan haqida sher yozmagan ijodkor deyarli mavjud emas, ammo istedodli ijodkorning Vatan haqidagi sherlaridagi tarix, o'tmiz voqeligi shunday tashbehlar, talmehlar asosida betakrorlik kasb etadi. Xullas, malum bir davrdagi mafkuraviy ziddiyatlarga qaramasdan, Erkin Vohidov ijodida Vatan mavzusi falsafiy misralar zamiriga singdarildiki, bu tushunchani o'nlab sherlari yoki birgina "O'zbegim" qasidasi misolida asoslash ham mumkin. Xalq taqdiri, vatan erki, ozodligi kabi tushunchalar zamirida onaVatanga bo'lgan muhabbat, sadoqat mujassamlashgan. Istiqlol yillarida ham bu mavzu shoir ijodida yana-da, falsafiy tushunchalar zamiriga singdirilib, olam va odamni anglash, o'zlikni qidirish, komil inson kabi badiiy-estetik talqinlarni yuzaga chiqishiga asos bo'ldi. Bu kabi tasvirlar uyg'unligini "Kuzatish", "O'zbekiston bog'lariga qaytib keldi bulbullar", "Kel, ey Bobur Vatanga..." kabi o'nlab asarlar misolida isbotlash mumkin. Umumun olganda, shoir she`riyati millatni uyg'onishi, o'zlikni anglashi, komil inson sifatida Vatanga bo'lgan muhabbat tushunchalari bugungi yoshlarni tafakkur qilishga, mulohaza yuritishga, sadoqatga, haqiqatga tik qarashga undaydi. Download 39.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling