Mavzu. Estetika nazariyaSI


Estetikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati


Download 227.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana15.06.2023
Hajmi227.9 Kb.
#1484507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8- мавзу матн

Estetikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati. Estetika qadim-
qadimlardan ko‘pgina fanlar bilan mustahkam aloqada rivojlanib kelgan. Estetika 
uchun yana bir aloqador, «qadrdon» fan axloqshunoslikdir. Bu ikkala fan shu qadar 
bir-biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda ular yetarli darajada o‘zaro 
chegaralanmagan. Chunki insonning xatti-harakati va niyati ko‘pincha ham 
axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo‘ladi, Ya’ni muayyan ijobiy faoliyatham 
ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o‘zida birvarakay mujassam qiladi. Shu sababli 
«Avesto», «Bibliya» va «Qur’on» kabi muqaddas kitoblarda, Suqrot, Platon, 
Forobiy singari qadimgi faylasuflar ta’limotlarida axloqiylikni-ichki go‘zallik, 
nafosatni-tashqi go‘zallik tarzida talqin etganlar. Estetikaning tadqiqot ob’ektlaridan 
hisoblangan san’atda axloqning dolzarb muammolari ko‘tariladi va ijodkor eng 
yuksak axloqiy darajani badiiy qiyofalar orqali in’ikos ettiradi.
Biroq, bunday yaqinlik, aslo aynanlikni anglatmaydi. Bu ikkala fanning 
tadqiqot ob’ektlari orasidagi farqni birinchi bo‘lib Aristotel nazariy jihatdan isbotlab 
bergan edi: ezgulik faqat harakatda, go‘zallik esa, harakatsiz ham namoyon bo‘ladi. 
Masalan, odam toki harakatsiz ekan, biz uning na yaxshiligini, na yomonligini 
bilamiz; Ko‘kaldosh madrasasi hech qachon harakat qilmaydi, lekin go‘zallik 
sifatida mavjud,
Bundan tashqari, axloqning qonun-qoidalari, nasihatlar, hikmatlar 
umumiylikka, barchaga bir xilda taalluqlik xususiyatiga ega. Nafosat esa 
muayyanlikni, aniqlikni yoqtiradi. Masalan, axloqshunoslikdagi «yaxshi odam» 


tushunchasi hammaga–ayolga ham, erkakka ham, yoshu-qariga ham tegishli bo‘lishi 
mumkin. Estetikada esa, «go‘zal odam» tushunchasi yo‘q; yo «go‘zal yigit», yo 
«go‘zal qiz» degan tushunchalargina mavjud. Chunki, erkak kishidagi chiroyli 
mo‘ylov faqat erkakning yuzida, ayol kishidagi husnlardan biri-o‘sma qo‘yilgan 
qalam qosh faqat ayol kishi vujudida go‘zallikka ega. Endi mo‘ylov burab 
so‘zlayotgan ayolni-yu, o‘sma qo‘ygan erkakni tasavvur qiling! Boyagi go‘zalliklar 
xunuklikka aylanadi-qoladi. Shuningdek, go‘zallik bir vujudda ham faqat o‘z o‘rnini 
talab qiladigan «o‘ta injiqlik» xususiyatiga ega. Olmon nafosatshunosi Fexner 
fikricha qiz bolaning yuzidagi qizillik uning go‘zalligidan dalolat beradi. Biroq, 
qizillik uning burun ustiga ko‘chsa–xunuklikka aylanadi. Demak, axloq uchun–
umumiylik, nafosat uchun esa–muayyanlik mavjudlik sharti hisoblanadi.
Estetika
Download 227.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling