Mavzu. Estetika nazariyaSI


noziklik singari ko‘pdan-ko‘p tushunchalarni tadqiq etish


Download 227.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana15.06.2023
Hajmi227.9 Kb.
#1484507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8- мавзу матн

noziklik singari ko‘pdan-ko‘p tushunchalarni tadqiq etish ham estetika fanining 
zimmasida. Lekin, bu o‘rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning 
har birida go‘zallik, bir tomondan, unsur sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, 
ularning o‘zi go‘zallikka nisbatan unsur vazifasini o‘taydi. Ana shu 
xususiyatlarning voqelikda namoyon bo‘lishini biz nafosatdeb ataymiz. 
Go‘zallik, nafosatning bosh, yetakchi xususiyati hisoblanadi. Shu bois uning 
ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi nafosatdorlik tabiatiga ega 
bo‘lolmaydi. Masalan, ulug‘vorlikni asosan hajmga, miqdorga asoslanadi. 
Buxorodagi Arslonxon minorasi yoxud Minorai Kalon ulug‘vorligi bilan kishini 
hayratga soladi. Yoki yonbag‘irdan turib, toqqa tikilsangiz nafosat zavqini tuyasiz 
Lekin xuddi shunday balandlikdagi kimyoviy korxona mo‘risidan yoki shahar 
chetida o‘sib chiqqan axlat «tog‘i» ga qarab zavqlanmaysiz. Chunki Arslonxon 
minorasi me’morlik san’ati asari sifatida go‘zallik qonuniyatlari asosida bunyod 
etilgan; tog‘ esa tabiat yaratgan ulug‘vor go‘zallik. Zavod mo‘risida ham, axlat 
«tog‘» ida ham hajm, miqdor boru, lekin bir narsa–go‘zallik yetishmaydi. Minora 
bilan tog‘dagi hajmni salobatga aylantiruvchi unsur, bu–go‘zallik. Fojeaviylik 
xususiyatida ham go‘zallikning ishtirokini ko‘rish mumkin. Misol sifatida Lev 


Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanidagi Austrlisda bo‘lib o‘tgan rus va fransuz 
qo‘shinlari to‘qnashuvidan so‘ng, jang maydonida yarador bo‘lib yotgan knyaz 
Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo‘lida bayroq dastasini ushlagancha ko‘m-ko‘k 
maysada moviy osmonga qarab yotgan, oppoq mundirli botir yigit–bayroqdor 
zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o‘lgan deb o‘ylab, bu manzaradan 
hayratlanib: «Mana bu–go‘zal o‘lim!», deydi. Bu o‘rinda asar qahramonining 
o‘limi-fojeaviylik, o‘limning qahramonlikka aylanishi–ulug‘vorlik; fojeaviylik 
bilan ulug‘vorlik xususiyatlarining omuxtalashuvi natijasida esa go‘zal manzara, 
qayg‘uli va ulug‘vor go‘zallik vujudga kelgan. Shuning uchun ham Napoleonning 
hayrotomuz xitobi bejiz emas. Demak, estetikaning asosiy tadqiqot ob’ekti–
go‘zallik, biroq, san’at ham o‘z navbatida estetikaning go‘zallik kabi keng qamrovli 
tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. 
San’at estetikaning ob’ekti sifatida o‘ziga xos olam, nafosatga burkangan 
ijtimoiy hodisa. Unda nafosatning xususiyatlari bo‘rtib ko‘zgatashlanadi. San’at 
hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu 
vazifasini o‘taydi. U insonni o‘rgatadi, da’vat etadi, go‘zallashtiradi. Bu vazifalarni 
bajarishda estetika san’atning ko‘makchisi, yetakchisi hisoblanadi. Estetika bir 
tomondan, san’atning paydo bo‘lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at 
asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo‘lgan 
barcha jarayonlarni o‘rganadi. Ikkinchitomondan, san’at uchun umumiy qonun-
qoidalarni ishlab chiqadi vatadbiq etadi. Uchinchi tomondan, esa san’at asarini 
idrok etayotgan kishi ruhidagi o‘zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. 
Shunday qilib, estetika san’atni to‘la qamrab oladi va uning ich-ichiga kirib 
boradi: badiiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u 
bunyodga kelib, asl egasi-idrok etuvchiga yetib borgunigacha bo‘lgan va undan 
keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zotan 
«San’at falsafasi» iborasining siri ana shunda. 
Estetika-falsafiy fanlar tarkibiga kiruvchi mahsus soha. Falsafani fanlar 

Download 227.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling