Mavzu. Estetika nazariyaSI
Download 227.9 Kb. Pdf ko'rish
|
8- мавзу матн
- Bu sahifa navigatsiya:
- Estetika fanining tadqiqot doirasi va falsafiy fan sifatidagi mohiyati.
- Leybnis (1646-1716)
- «his qilish», «sezish»
- «go‘zallik falsafasi»
MAVZU. ESTETIKA NAZARIYaSI Reja: 1. Estetika tushunchasining mohiyati 2. Estetikaning kategoriyalar 3. Estetika tarbiyada san’atning roli Tayanch tushunchalar: estetika, inson ma’naviy olami, hissiy idrok etish, go‘zallik, nafosat, san’at falsafasi, go‘zallik falsafasi, nafosatli munosabat, nafosatli ong, nafosatli tuyg‘u, nafosatli did, badiiy did, nafosatli faoliyat, nafosatli qarash, nafosatli nazariyalar. Estetika fanining tadqiqot doirasi va falsafiy fan sifatidagi mohiyati. Estetika yoxud nafosatshunoslik fanining tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq uning hozirgi nomi –«Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714–1762) XYIII asrdailmiy muomalaga kiritgan (Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo‘lmish go‘zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o‘z aksini topgan edi). Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi Leybnis (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Leybnis inson ma’naviy olamini uch sohaga –aql, ixtiyor, hissiyotga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aqlni o‘rganadigan fan–mantiq, ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa-axloqshunoslik (etika) ni falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq hissiyotni o‘rganadigan fan falsafiy maqomdagi o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u yunoncha «aisthetikos» estetikos «his qilish», «sezish», ma’nolarini anglatuvchi so‘zdan «estetika» (olmoncha «yestetik»-«estetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi. Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida ilgari surdi. Lekin, ko‘p o‘tmay, u goh «go‘zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. Estetika fanining buyuk nazariyotchilaridan Gegel esa «Estetika» degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani haqida yozadi: «Shu sababli boshqa atama qo‘llashga urinishlar bo‘ldi. So‘zning o‘z-o‘zicha bizni qiziqtirmasligi va odatiy nutqqa singishib ketganini nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz. Shunga qaramay, fan mazmuniga javob beradigan ibora, bu–«san’at falsafasi» yoki «badiiy ijod falsafasi». Gegelning «estetika» atamasidan ko‘ngli to‘lmaganligiga jiddiy sabablar bor. Mazkur so‘zning barcha his-tuyg‘ularga taaluqliligi. Vaholanki, fan faqat nafosatli his tuyg‘ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Buning ustiga allaqachon fanning tadqiqot doirasi san’at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois biz «nafosatshunoslik» atamasini ilmiy muomalaga kiritishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Zero, «nafis», so‘zi «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» da-go‘zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksakma’nolarida izohlanadi. Bundan tashqari «estetika» so‘zi olmonlar yoki ruslardagi kabi bizda keng yoyilib, xalqimiz nutqiga singishib ketgan emas. Estetika tarixida «san’at falsafasi» iborasi tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Lekin, san’at bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti emas. Hozirgi paytda texnika nafosatshunosligi, dizayn, atrof-muhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shug‘ullanadi. Shu bois uning qamrovini san’atning o‘zi bilangina chegaralab qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Xaqiqatan ham bugungi kunda inson o‘zini o‘rab turgan barcha narsa-hodisalarning go‘zal bo‘lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan tayyora, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog‘lar–hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim. Demak, «go‘zallik falsafasi» degan ibora ko‘proq mos keladi. Negaki, bu fan faqat san’at, inson, jamiyat va tabiatdagi go‘zallikni o‘rganadi. Shuningdek, go‘zallikdanboshqa ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo‘jizaviylik, uyg‘unlik, Download 227.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling