Mavzu. Estetika nazariyaSI


Download 227.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana15.06.2023
Hajmi227.9 Kb.
#1484507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8- мавзу матн

dinshunoslik bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. Chunki din 
va san’at doimo bir-birini to‘ldirib keladi va ko‘p hollarda biri boshqasi uchun 
yashash sharti bo‘lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjahoniy 
dinning «o‘z tasarrufidagi» san’at turlari bor: buddhachilik uchun-haykaltaroshlik, 
nasroniylik uchun-tasviriy san’at, musulmonchilik uchun-badiiy adabiyot. 
Shuningdek, barcha umumjahoniy dinlar o‘z ibodatxonalarini taqazo etadi. 
Ibodatxonalarning esa me’morlik san’ati bilan bog‘liqligi hammamizga ma’lum. 
Estetika dinshunoslik bilan hamkorlik qillar ekan, diniy g‘oyalarning mohiyatini, 
har bir umumjahoniy dinning san’at oldiga qo‘ygan talablarini yaxshi bilmog‘i va 
hisobga olmog‘i lozim. 
Estetikaning pedagogika bilan aloqasi tarbiya muammolarini hal qilishda 
namoyon bщladi. Chunki pedagogika ham ma’lum ma’noda nafosat tarbiyasi bilan 
shug‘ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida-alohida, mustaqil qismlarga bo‘lingan 
holda, turli yosh va sohalar uchun mahsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni 
muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, 
o‘quvchilar tarbiyasi, sportchilar tarbiyasi v. h. Pedagogika ana shu soha va yoshlar 
bo‘yicha olib borilayotgan nafosatli tarbiya muammolarini o‘rganadi. Estetika esa 
nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini ishlab chiqadi, ya’ni, inson 
tug‘ilganidan boshlab to o‘lgunigacha bosib o‘tadigan bosqichlar uchun umumiy 
bo‘lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko‘radi.
Shuningdek, estetika semiotika–belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan bilan 
ham aloqador. Chunki san’at asari belgilar orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, harflar, 
notalar v.h. Bundan tashqari, estetika kibernetika, ekologiya va barcha 
san’atshunoslik fanlari bilan yaqin aloqadorlikda ish olib boradi. Har bir fanning 
inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos amaliy ahamiyati bor. Estetika ham bundan 
mustasno emas. Avvalo, kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir 
a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari 
lozim; xaqiqatiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari
«ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishlari lozim. Shu ma’noda estetika 
jamiyatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega. Bugungi kun estetika 
fani oldida ulkan vazifalar turibdi. Zotan biz qurayotgan fuqarolik jamiyati a’zosi 
har jihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo‘lmog‘i lozim. Qolaversa, 
hozirgi mashinasozlikni, aviasozlikni, umuman, sanoatni zamonaviy dizaynsiz 
tasavvur etish mutlaqo mumkin emas. Bunda bevosita texnika nafosatshunosligining 
ahamiyati katta.


Ko‘hna Sharq qadimgi dunyo nafosat ilmining beshigi sifatida Inson tabiatan 
bo‘sh vaqtga intilib yashaydi. Chunki bo‘sh vaqt mobaynida inson jisman va ruhan 
dam olishi, kundalik mehnat –tirikchilik tashvishidan forig‘ bo‘lish imkoniga ega. 
Bo‘sh vaqt insonda o‘yin hissi o‘yg‘onishining asosiy omilidir. San’atning vujudga 
kelishida o‘yinning ahamiyati katta ekanligi hammaga ma’lum. Demak, nafosatli 
anglash va nafosatli faoliyatning tadrijiy rivojida mehnat bilan birga bo‘sh vaqt ham 
asosiy omil hisoblanadi. Ichki osoyishtalikni, mehnat va bo‘sh vaqtga asoslangan 
muayyan tartibni jamiyatda qonun darajasiga ko‘tarish esa davlat paydo bo‘lganda 
ro‘y berishi mumkin. Davlat qanchaliko‘z vazifasini adolatli va mukammal bajarsa, 
bu jamiyat farovonligiga olib keladi. Farovon jamiyat esa o‘z a’zolarining bo‘sh 
vaqtini ta’minlay oladi va pirovard natijada nafosatli anglash va nafosatli faoliyat 
taraqqiyoti uchun yetarli imkoniyat yaratib beradi. Shunday qilib, davlatchilik tizimi 
paydo bo‘lishi bilan insonning badiiy-nafosatli taraqqiyotida yangi davr boshlandi. 
Ana shu davr ibtidosini biz Mesopotamiya-Qo‘sh daryo (Dajla va Frot daryolari) 
mintaqasida, hususan, Somir davlatida ko‘rishimiz mumkin. 



Download 227.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling