Mavzu: Etanol olishning bijg`ish mexanizimi Reja: Etanolning sanoatda sintezi va uning ishlatilishi


Download 306.66 Kb.
bet6/6
Sana31.01.2023
Hajmi306.66 Kb.
#1144472
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Etanol olishning bijg`ish mexanizimi

Kimyoviy xossalari : kimyoviy xossalari jihatdan gliserin etilenglikolga va bir atomli spirtlarga o’xshaydi.

  1. Gliserin ishqoriy metallar va og’ir metallar oksidlari bilan reaksiyaga kirishib, gliseratlarni hosil qiladi. Bunda bitta, ikkita yoki hamma gidroksil gruppalari ishtirok etishi mumkin :



  1. Gliserin uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan reaksiyalar mavjud. Yangi choktirilgan Cu(OH)2 ga ishqor borligida gliserin qo’shib chayqatilsa cho’kma eriydi va och hovorang eritma mis (II) glisera hosil bo’ladi.


Bu reaksiya gliseringa sifat reaksiyasi.

  1. Gliseringa anorganik va organik kislotalar ta’sir ettirilganda to’la va yarim murakkab efirlar hosil bo’ladi.


Bunda mono va di nitratli efirlar ham hosil bo’ladi.
“Nitroglisirin” - (qadimiy nom, aslida gliserin trinitrat deb nomlanadi) portlovchi xossaga ega bo’lganligi sababli dinamit tayyorlashda ishlatiladi.

  1. Sirka kislotasi bilan ta’siri :


Ishlatilishi : gliserin kimyo sanoatida, oziq – ovqat sanoatida, vino, likyor va limonadlarni shirinlashtirishda, qog’oz, to’qimachilik va poligrafiya korxonalarida, farmosevtika sanoatida, shuningdek uning ko’p qismi nitrogliserin olishda ishlatiladi.


Metil spirt. Metil spirt (boshqacha nomlari: metanol, karbinol, yog‘och spirti) — eng oddiy bir atomli spirt, rangsiz suyuqlik. Kuchli zahar (ozroq ichilganda ko‘zni ko‘r qiladi, ko‘pi — o‘ldiradi). Hozirgi olinish usuli — uglerod (II) oksid bilan vodoroddan katalitik sintez qilish (temperatura 250 °C, bosim 7 MPa, katalizator — rux va mis (II) oksidlar aralashmasi)yo‘li bilan sodir bo‘ladi:
CO + 2H2— Zn0’Cu° — , CH3OH 250 °C, 7 МПА
Etil spirt. Etil spirt, boshqacha aytganda etanol — rangsiz suyuqlik. 78,3 °C da qaynaydi, — 114 °C da muzlaydi. Salgina sho‘lalanadigan alanga berib yonadi.
Etil spirt shakarli moddalarni achitqilar ishtirokida bijg‘itish yo‘li bilan olinadi. Bijg‘itishning mohiyati shundan iboratki, kraxmaldan olinadigan glukoza, ya’ni uzum shakari C6H 120 6 fermentlar ta’sirida spirt bilan uglerod (IV) oksidga ajraladi. "Bu murakkab ko‘p bosqichli jarayonning umumiy natijasi ushbu tenglama bilan ifodalanadi:
C6H|20 6->2C2H50H+2C02
Spirt ishlab chiqarishda kraxmalga boy tabiiy mahsulotlar: kartoshka, bug‘doy va b. boshlang‘ich material sifatida ishlatiladi. Hozirgi vaqtda etil spirt ovqat bo'lmaydigan mahsulotlardan ham olinmoqda. Uni yog'och chiqindilaridan olish keng rivojlangan: bunda yog‘och glukozaga , glukoza — spirtga aylanadi. / Etil spirt olishning eng yangi usuli neftni krekinglashda ko‘plab miqdorlarda olinadigan etilenni gidratlash reaksiyasiga asoslangan:
сн=сн2+н2смсн3-сн2он
Reaksiya 260 — 300 °C temperatura, 7,5 — 10 MPa bosimda va kislotali katalizatorlar (kadmiy, mis, kobalt tuzlari qo‘shilgan alumosilikat bilan fosfat kislotaning aralashmasi) ishtirokida boradi. Kelajakda spirtni ovqat boimaydigan mahsulotdan — yog‘ochdan va neftni qayta ishlash gazlaridan olishga batamom o‘tiladi.
Etil spirt — xalq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun juda zarur mahsulot. 1 1 sintetik kauchuk olish va plastmassalar ishlab chiqarishda ko‘plab miqdorlarda sarflanadi. Etanoldan atir, dori-darmon, bo‘yoqlar uyyorlashda erituvchi sifatida, shuningdek, anatomik preparatlarni konservalashda foydalaniladi. U ko£pchilik organik moddalarni: dietil dir, bo‘yoqlar, sirka kislota, tutunsiz o‘q-dori vab. olishda ishlatiladi. I nl spirt bilan benzinning aralashmasidan ichki yonuv dvigatellari uchun yonilg‘i sifatida foydalanish mum kin. U ko'pincha «Imaturlanadi, ya’ni spirtga ichishga yaroqsiz qilish uchun boshqa moddalar va bo‘yoqlar qo‘shiladi.


Download 306.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling