Mavzu: Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari. Mundarija kirish I bob. Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari
Etnopsixologiya - ilmning fanlararo organish sohasi sifatida
Download 210.5 Kb.
|
Mavzu Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari
2.2. Etnopsixologiya - ilmning fanlararo organish sohasi sifatida.Madaniy antropologlar madaniyat va shaxsiyat oʻrtasidagi bogʻliqlikni izlaydilar, qiyosiy madaniy psixologiyada esa shaxsiyatni oʻrganish koʻpincha alohida, ajratilgan shaxsiy tuzilmalar va madaniy oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni tahlil qilishga qisqartiriladi. Qiyosiy madaniy psixologiyada shaxsning universal va madaniy oʻziga xos xususiyatlari oʻrganiladi va shaxsni oʻrganishga tipologik yondashuvning bir qismi sifatida shaxsiyat testlari qoʻllaniladi. Ammo shaxsiyatni oʻlchash uchun foydalaniladigan xususiyatlarning yagona toʻplami universal boʻlishi va har qanday madaniyatdagi odamlarning xatti-harakatlarini tushuntirishga xizmat qilishi hali nomaʼlum. Inson psixikasini umuminsoniy tushunishga erishish uchun individual madaniyatlar va etnik jamoalarning yashirin shaxsiy nazariyalaridagi individual va madaniy farqlar orasida empirik tekshiruvdan oʻtishi mumkin boʻlgan va gʻoyaga kiritilishi mumkin boʻlgan qismlarni aniqlash kerak. dunyoning barcha qismlarida yashovchi odamlarning mohiyati. Etnik stereotip — ijtimoiy stereotipning bir turi — individual gʻoyalarning yuqori darajadagi izchilligi bilan tavsiflangan ijtimoiy ob’ektlarning soddalashtirilgan, sxematik tasviri. Bu bir xalqning boshqa xalqqa milliy munosabati „Kontakt gipotezalari“ga koʻra, guruhlar oʻrtasidagi aloqa sharoitlari qanchalik qulay boʻlsa, ular oʻzaro taʼsir qanchalik uzoq va chuqurroq boʻlsa, stereotiplar mazmunidagi real xususiyatlarning nisbati shunchalik yuqori boʻladi. Hozirgi vaqtda „ijtimoiy kontekst“ tomonidan stereotiplash mexanizmining shartliligi isbotlangan. Koʻpgina empirik tadqiqotlarda sifatlar stereotiplar sifatida tan olinadi, ularning mavjudligi bilan sub’ektlarning kamida 75-80 foizi tavsiflangan guruhga qoʻshiladi. V. S. Ageevga koʻra etnik stereotiplarni oʻrganish usullari: uning bir nechta navlarida bepul tavsiflash usuli; toʻgʻridan-toʻgʻri soʻroq qilish usuli; proyektiv usullar; psixosemantik usullar «Etnografiya turli jahon xalqlarining madaniy va maishiy hayoti xususiyatlarini asosan, bevosita kuzatish yo'li bilan o'rganadigan, mazkur xususiyatlarning tarixiy o'zgarishi va rivoji, xalqlarning kelib chiqishi (etnogenez), joylashuvi (etnik geografik) va madaniy-tarixiy o'zaro munosabatlari muammolarini tadqiq qiluvchi tarixiy fan»dir. M.G.Levin, S.A. Tokarev, Yu.V. Bromley va G.E. Markov kabi mashhur etnolog olimlarning ikkinchi turdagi etnografiya (etnologiya) ta'riflari bir oz qisqa va ixcham bo'lsa-da, ammo mazmunan S.P. Tolstov ta'rifini takrorlaydi. Har bir fanning o'ziga xosligi uning tadqiqiy predmeti va uslubi bilan belgilanadi. Etnologiya fani shakllana boshlagan davrdan hozirgacha mufassal saqlanib kelayotgan mavzu etnik madaniyatlarning o'zaro munosabatlarining genezisi muammolari bilan bog'liq bo'lgan. Ammo etnologiya predmeti doimo kengayib, o'zgarib davr talabiga javob beradigan masalalarni o'rganishga qaratilgan. Oqibatda hozirgacha etnologiya fani tevaragida, har xil mulohazalar saqlanib, umumiy, barchaga ma'qul ta'rif topilgani yo'q. Shiihday bo'lsa-da ham mavjud yo'nalishlar va konsepsiyalar ko'pligiga qaramay mazkur fan sohasi hozirgi kunda eng dolzarb va muhim muammolarni tadqiq qiluvchi fan hisoblanadi. Ushbu fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda shuni alohida qayd qilish zarurki, XX asr davomida etnologiya fani doirasida nihoyatda boy empirik va nazariy materiallar to'planib, har xil tarixiy xulosalar va mulohazalarni yuzaga keltirgan. Agar XIX asrning birinchi yarmida etnologik tadqiqotlar asosan, akademik xarakterga ega bo'lib, o'tmishdagi madaniyatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plashdan iborat ekanligini qayd qilsak, XX asrning ikkinchi yarmida etnologik bilimlar to'plash tubdan o'zgarib ko'proq pragmatik ahamiyatga ega bo'la boshladi. Hozirgi kunda etnologiya fanining yutuqlari ijtimoiy hayotning turli sohalarida siyosiy, iqtiso-" diy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda, ommaviy muloqotlar, xalqaro savdo va diplomatik munosabatlarni mustahkamlashda muhim rol o'ynamoqda. Demak, barcha mavjud mulohaza va o'y-fikrlarni, konsepsiya va yo'nalishlarni umumiylashtirib quyidagi ta'rifni berish maqsadga muvofiq: «Etnologiya - har xil elat va xalqlarning kelib chiqishi, etnik tuzilishi va shakllanishi, o'ziga xos moddiy va ma'naviy xususiyatlari, turmush tarzi, etnik tabiati, xa-rakteri va his-tuyg'ularini o'rganadigan fan sohasidir». Etnologiya fanining umumilmiy ahamiyatini kamsitmay, uni umumtarix fani tarkibida mustaqil metodologik (dunyoqarash) xususiyatiga ega ekanligini alohida qayd qilish lozim. Etnologiya ayrim xalq va elatlarni o'rganishda etnik tarixning barcha tomonlari ijtimoiy jarayon bilan bog'liq bo'lganligi tufayli keng ma'noda madaniyat sohasida milliy-madaniy xususiyatlarni tarixiy arxeologik, iqtisodiy-geografik tadqiqotlar o'tkazishda eng zarur materiallarni yetkazib berishi mumkin. Bunday holat fanning boshqa soha vakillari etnologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanib uni qo'shimcha (yordamchi) soha sifatida munosabat bildirishlarida kuzatiladi. So'nggi yillarda paydo bo'lgan etnosotsiologiya, etno-psixologiya, etnogeografiya kabi egizak fan tarmoqlarining paydo bo'lishi bejiz emas. Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida jiddiy tus ola-yotgan millatlararo etnik jarayonlarning qonuniyatlarini ochib be-rish, maishiy-madaniy integratsiya va assimilyatsiya tarixini obyektiv yoritish, milliy chegaralanish va an'anaviy joylashuv muammolari-ni haqqoniy hal qilishdek etnologiya fani yutuqlari nihoyatda dol-zarb ekanligi isbotlanmoqda. Demak, etnologiya zamonaviy fan sohasi sifatida umumilmiy va sotsial ahamiyatga ega ekanligini qayd qilib, uni 1) insoniyat tarixiva ayrim xalqlarning etnik muammolarini metodologik jihatdan mustaqil hal qilishga qobil dunyoqarash; 2) inson va jamiyatni o'rganuvchi boshqa ijtimoiy fanlarga qo'shimcha materiallar beruvchi ilmiy soha; 3) davlatlar va hukumat arboblari siyosiy jihatdan dolzarb milliy muammolarni to'g'ri hal qilishda, kqchilik, millatchilik va shovinizm kabi illatlarga qarshi kurashda muhim asos bo'lib xizmat qiladigan fan hisoblanadi. Ma'lumki, tarixiylik va tarixiy-qiyoslash ilmiy dunyoqarashning butun metodolbgik negizini tashkfl qiladi. Tarixiy yondashish har bir predmetni, shu jumladan, ayrim fanni ham to'g'ri tushunishning birdan-bir haqqoniy usuli sanaladi. Shu bois etnologiya fanining mohiyati va jamiyatda tutgan o'rnini belgilash uchun uning tarixiga bir nazar tashlash zarur. Yuqorida aytib otilgan metodologik va metodik uslublar milliy psixologiyani organishda faqat asosiylari xolos. Chunki millatning kop qirralari psixologik holatini organishda yana koplab usullardan foydalanish mumkin, bu narsa tadqiqotning maqsadlariga, tadqiqotchining esa uslubiy tayyorgarlik darajasiga bogliqdir. Nima bolganda ham oxirgi yillarda Ozbekistonda otkazilayotgan qator ilmiy-tadqiqot ishlarida eng avvalo, aynan milliy-madaniy muhitimizga mos keladigan metodikalarni ishlatish, xorijliklar ishlab chiqqan metodikalarni avval milliy muhitimizga moslashtirishga alohida etibor qaratilmoqda. Bunda osha test yoki metodik uslub bir necha ming respondentlarda qollanib koriladi, olingan natijalar yana bir boshqa uslub yordamida olingan malumotlar bilan ekspertlar yordamida validliligi nuqtai nazaridan organiladi, natidalar solishtiriladi va shunday songgina katta auditoriyalarda qollash, natijalarni sharhlashga ruxsat beriladi. Bu ijtimoiy-psixologik metodikalarni qollashda etika normalariga rioya qilish, demakdir. Etnopsixologik xususiyatlar ozining kelib chiqishi jihatidan xalqling butun otmishi, hayot tarzi va tarixi bilan boglanib ketgan bolib, bu xususiyatlar millat shakllanmasdan avvalroq vujudga kela boshlagan boladi. Malumki, etnik birlik millat taraqqiyotining eng yuqori bosqichida vujudga keladi. Etnopsixologik xususiyatlarning ayrim belgilari kishilar birligining hamma tarixiy davrlariga, yani xalq, qabila, elatlarga ham xosdir. Etnopsixologik xususiyaglar ayrim tadqiqotchilar korsatganidek faqat bir omil - tabiiy muhit tasiri bilangina vujudga kelib qolmay, uning vujudga kelishida yana uchta muhim omillar tasir korsatadi. Birinchi omil bu - siyosiy-iqtisodiy va jamiyat hayotida bolayotgan ijtimoiy jarayonlar tizimi bolsa, ikkinchisiga, shu etnik birlik yashab torgan tabiiy-geografik muhitning xususiyatlari kiradi. Uchinchi omilga esa xalq hayotida bolib otgan muhim tarixiy hodisa va voqyealar kiradi. Lekin shuni takidlash mumkinki, etnopsixologik xususiyatlar tizimida odamlar ruhiyatining mazmunini, avvalo birinchi omil mamlakatdagi siyosiyiqtisodiy, ijtimoiy-mafkuraviy ozgarishlar belgilab beradi. Tabiiy-geografik omil esa asosan etnopsixologik qiyofaning tashqi ifodalarini belgilaydi. Shuning uchun ham bu omil kuzatayotgan inson nazariga birinchi omilga qaraganda yaqqol namoyon boladi. Xalq hayotida bolib otgan muhim tarixiy voqyealar sozsiz uning psixologik qiyofasida ochmas iz qoldiradi. Tabiatdagi ayni bir voqyeliklarning doimiy tasiri natijasida kishilar bu voqyelikdagi xususiyatlarni boshqa sharoitda yashayotgan etnik guruh vakillariga qaraganda chuqurroq idrok qilishga organib qoladilar. Chunki tashqi muhit bizning sezgi azolarimizga behisob axborotlar, yani xilma-xil taassurotlar yuborib turadi. Natijada evolyusion taraqqiyot davomida, tanamizda shu tashqi muhit bilan adekvat, yani, unga mutanosib munosabatni tamin ettiruvchi neyrofiziologik mexanizm shakllanadi. U kishilarning sezgi va idroklarida namoyon boladi. Shuning uchun u yoki bu xalqqa xos stereotip hatti-harakatlarni, idrok xususiyatlarini tashqi muhitga moslashuvining oliy korinishi, deb hisoblash kerak. Tashqi muhitning doimiy tasirida vujudga kelgan ruhiy xususiyatlar bu taassurotlarning butun sistemasi (tizimi)ni emas, balki uning uchun muhim bolgan va otmish tajribasida sinalgan, mustahkamlanib qolgan tomonlarnigina aks ettiradi. Olimlarning etirof etishicha, tashki olam tasiri inson miyasida ornashib qolgan his-kechinmalar, fikrlar, xohish, irodani namoyon bolishi, xullas, ideal orzu-tilak tarzida aks etadi va xuddu shu korinishda, ideal kuchlar bolib qoladi. S.I.Korolevning yozishicha10 , Millat ruhiyatida shakllangan etnopsixologik xususiyatlar malum darajada ayni shu millat vakillarini muhofaza qiluvchi mexanizm rolini ham oynaydi. U xuddi galvirdek yot narsalarni ajratib, uni yo qabul qiladi yoki shu xalqda mavjud bolgan normalar asosida qayta ishlab beradi, yoxud uni inkor etadi. Atrofdagi voqyelikni, hodisalarni oziga xos ravishda idrok qilish, tasavvur va fikr qilish va ularni tab va tuygular, urf-odat va ananalar, xarakter tarzida namoyon bolishi etnopsixologiyaning qaytarilmas, betakror xususiyatlari hisoblanadi. Xulosa Milliy masalalar va etnopsixologiya buyicha yirik mutaxassis M.Junusovning xaqli ravishda takidlashicha, millatning muhim bel-gilaridan bolgan psixik qiyofani inkor etish nazariy jihatdan asossiz bolib, amaliyotda katta xatolarga olib kelishi mumkin. Bahs tahlili shuni korsatadiki, bu masalada qator terminologik chalkashliklar ham mavjud ekan. Masalai, ayrim bahs qatnashuvchilari "milliy psixologik qiyofa", "etnik psixologiya", "milliy xarakter" kabi tushunchalarni aynan bir narsa, deb hisoblaydilar. Shuning uchun bu tushunchalarping bir-biridan farq qiluvchi tomonlarini korsatmasdan turib, ularning mazmuni va oziga xos xususiyatlari togrisida fikr yuritish mumkin emas. Shuni alohida takidlash joizki, Ozbekistonda otkazilgan psixologik tadqiqotlarning bir qismi aynan oila sharoitida, oilada saqlanib kelinayotgan udumlar, qadriyatlar, odatlar doirasida otkazilgan bolib, birinchi ijtimoiypsixologik hamda etnopsixologik tadqiqot yurtimizda XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillarning boshida I.Yoqubov9 tomonidan otkazilgan. U oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini taminlovchi ijtimoiy-psixologik omillarni organdi. Tadqiqot natijasida shu narsa aniqlandiki, oila azolarining rollar borasidagi muvofiq ozaro munosabatlari oilaviy hamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon ozbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir. Chet ellarda va mamlakatimizda amalga oshirilga ilmiy ishlarni tahlil qilar ekanmiz, etnopsixologik tatqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qollanilganining guvohi bolamiz. Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini organuvchi turlicha testlardan tortib, proyektiv metodlar, eksprementlarning turlicha korinishlari, soroq metodlari - anketa, intervyu, sosiometriya, shkala metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi kunlarda ham madaniy muhit va shaxs, guruhlararo munosabatlar hamda qiyosiy tadqiqotlarda qollanilmoqda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, balki umumiy psixologiya bilan shugullanuvchi olimlar ham otkazmoqdalar. Lekin shunday bolishiga qaramay, etopsixologik metodlarning tanqisligi kun sayin sezilmoqda. Millatlararo munosabatlar tobora yaxshilanib borayotgan, OAV orqali dunyoning qaysi chetidan bolmasin u yoki bu xalqqa oid malumotlarga ega bolish juda oson bolib qolgan bir sharoitda turli millat va xalqlarning psixologiyasini organish, millatlararo qiyosiy tajribalar otkazish fan manfaatlariga togri keladi. Shu bois ham olimlar ijtimoiy psixologiyaning qaysi muammosi bolmasin, uni u yoki bu ijtimoiy-siyosiy, milliy-madaniy muhit nuqtai nazaridan organishni afzal koradilar. Bu etnopsixologik tadqiqotlarda reprezentativ, ishonchli metodlar masalasini dolzarb etadi. Etnopsixologiya muommosi bilan shugullanishni maqsad qilib qoygan har bir tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini qayta ozgartirishga, yoki bolmasa, ozicha yangi metodni kashf qilishga majbur bolmoqda. Nihoyat, etnopsixologik metodlarni qollashning noqulayligi shundaki, masalan, Amerikada juda yaxshi natija berib, ishonchi malumotlar toplashga imkon bergan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning respublikamiz sharoitida umuman yech narsani olchamasligi, aniqlamasligi mumkin. Etnopsixologik tadqiqotlar otkazishni maqsad qilib qoygan har qanday tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muhit sharoitlarining xilma-xilligi va ularning ozaro bir birlariga tasir korsatishini inobatga olmogi zarur. Bu narsa etnopsixologik tadqiqot dasturini tuzishda albatta hisobga olinish kerak. Misol uchun, Ozbekiston sharoitida tadqiqot otkazilmoqchi bolinsa, quyidagi narsalarga etiborni qaratish lozim: 1) shu hudud sharoitida yashovchi turli millatlarga xos bolgan umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullari; 2) faqat ozbek millatiga xos bolgan psixologik sifatlar va omillarni aniqlash; 3) aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarni olchaydigan yoki eksperemental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarga moslash; 4) tadqiqotchilar guruhini tekshiralayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan taminlash. Chunki, tadqiqot obyekti hisoblangan guruhda osha guruh tilida tadqiqot otkazish kerak, toki tekshiriluvchilarga qoyilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun tushunarli bolsin. Shuni alohida takidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik stereotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yoq, shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan tanlab, saralab olinadi. Keyingi bosqichda esa tanlangan metodlar tekshiruv otkaziladigan mahallliy shartsharoitlarga moslashtiriladi, kerak bolsa, u tildan bu tilga tarjima qilish kerak boladi. Masalan, Qoraqalpogistonda tadqiqot otkazishda albatta har bir metodika kamida uch tilda bolishi inobatga olinishi lozim: ozbek, qoraqalpoq hamda zarurat bolsa, rus tillarida. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, soroqlar, shkalalar savlollarini) tarjima qilish tarjimondan yuksak bilimdonlik va professional sifatlarni talab qiladi. Aks holda, metodika oz qimmatini yoqotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki olchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal testlarni turli sharoitlarda qollab, olingan malumotlarni sharxlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi ozgarganligi koplab tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni qollashdan oldin uni kichikroq guruh doirasida sinab korish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yordamchi metodlar yordamida qayta sinovdan otkazish yoli bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir. Otkazilgan koplab tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, kuzatishlar shuni korsatadiki, faqat murakkab bilish jarayonlari bilan bogliq bolgan ruhiy jarayonlargina emas, balki nisbatan oliy jarayonlar va funksiyalar ham hayotiy tajribalar va ijtimoiy-tarixiy jarayonlar asosida vujudga kelar edi. Miya ozozidan, tashqaridan kelayotgan axborotlarsiz fikrlay olmaydi. Rus psixologi P.P.Blonskiy takidlagaidek, "Bom-bosh boshda fikr bolmaydi". Ijtimoiy-tarixiy, iqtisodiy shart-sharoitlar bosh miya faoliyatini belgilaydi. U esa oz navbatida ruhiy jarayonlar va ongning mazmun va mohiyatini belgilaydi. Turli davrlarda, zamonlarda yaratilgan mehnat mahsulotlarida osha davr va zamon odamlarining bilimlari va imkoniyatlari oz aksiii topgan boladi. Zero, mehnat jarayonida subyekt obyektga kochadi, insonning kuch va qobiliyatlari u yaratayotgan narsalarda gavdalanadi. Shuning uchun ham psixologlar turli tarixiy davrlarda yashagan kishilarning ruhiy xususiyatlarini, davr ruhini, ular yaratib qoldirgan faoliyat mahsulotlarini organish orqali bilib olishi mumkin. Har bir xalqning tarixi va taqdiri oziga xos kechadi. Aynan xalq tarixini va uning psixologik xususiyatlarini bir-biriga solishtirsak biz etnopsixologik xususiyatlar xalq tarixini chuqur aks ettirishini koramiz. Yuqorida zikr qilganimizdek, etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishida tabiiy muhit ham malum tasir korsatadi. Geografik va iqtisodiy sharoitlarniig oxshash oxshamasligi, etnik jihatdan bir-biriga yaqin bolgan ikki qoshni va qadrdon xalqlar - ozbeklar bilan qozoklarning psixologik qiyofasida malum tafovutlarni vujudga keltirib chiqardi. Malumki, ozbeklarning asosiy qismi dexqonchilik va bogdorchilik bilan shugullaish imkoniyati mavjud bolgan vohalarda joylashganlar. Yerga xususiy mulkning vujudga kelishi, yerdan intensiv ravishda foydalanish, dexqonchilik mahsulotlarini koplab etishtirishga olib keldi. Download 210.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling