Mavzu: Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari. Mundarija kirish I bob. Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari
Download 210.5 Kb.
|
Mavzu Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Etnopsixologik tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari
_ Mavzu: Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari. MUNDARIJA Kirish I BOB. Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari . 1.1. Etnopsixologiya fanining predmeti . 1.2. Etnopsixologiya fanining vazifalari. II Bob. Etnopsixologiyaning shakllangan boʻlimlarining oʻziga xos xususiyatlari. 2.1. Etnopsixologik tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari2.2. Etnopsixologiya - ilmning fanlararo o‘rganish sohasi sifatida.Xulosa .. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi: Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy etibor berish masalasi xamma zamonlarda va hamma davlatlarda xam ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning etakchi vazifalaridan biri bolib kelgan. Millat va milliy taraqqiyot bilan bogliq bolgan koplab masalalar, ularni tarkib toptiruvchi va rivojlantiruvchi omillar ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim rol oynab kelgan va bundan keyin ham uzoq davrgacha oz ahamiyatini yoqotmaydi. Olimlarning takidlashicha, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan tort mingga yaqin millat, elat va turli xalqlar mavjud ekan, tabiiy, ular har birining oz tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bor. Ularni organish millatlararo munosabatlarni yaxshi yolga qoyish, ozaro aloqalarni tashkil qilishda, turli iqtisodiy, madaniy aloqalarni har bir tomon uchun manfaatli tarzda ornatishda katta yordam beradi. Lekin yaqin davrgacha bizning ijtimoiy fanlar tizimida milliy masalalar va unda psixologik omillarning tutgan orniga yetarlicha etibor berilmay kelindi. Ayrim xollarda ushbu masalalarni organish esa asossiz ravishda inkor yetildi. Ayrim tadqiqotchilar milliy xususiyatlar, etnopsixologiya masalalarini organishga shubha bilan qarab, uni millatchilik, shovinizm ham deyishdan toymadilar. Bunda ular etnopsixologiya masalalarini organish bir xalqni maqtab, ikkinchisini kamsitishga olib kelishi, irqchiliq millatchilikning kelib chiqishiga sabab boldi, deb xavotirlanishdi. Bu xadiksirashda malum asos ham bor edi. Chunki yaqin otmish buni isbotlashi mumkin. Etnopsixologiyaga oid ayrim tadqiqotlarda mualliflar oz millatlarini xaddan tashqari koklarga kotarib yuborish, boshqa qoshni xalqlardan ustun qoyish hollari kuzatilganki, bu tabiy turli noroziliklarning tugilishiga sabab bolgan. Shuning bilan birgalikda xalqlarning voqyelik va tabiatni idrok qilish, kiyinish, avlodlar tarbiyasi, avlodlar ortasidagi munosabatlardagi oziga xosligini hisobga olmaslik, etnik oziga xosligini inkor etish, milliy munosabatlarda hisobga olmaslik mumkin emasligini tan olmas edilar. Shu bois ham etnopsixologiya fan sifatida rivojlanmadi, xattoki, sobiq shorolar davrida bu fan psixolog kadrlar tayyorlovchi fakultetlarning oquv rejasiga ham kiritilmadi. Ijtimoiy psixologiyaning organishi mumkin bolgan mavzusi sifatida qisqa maruzalar tarzida psixologiya fakultetlarida nomiga oqitildi xolos. Etnopsixologiya bu psixologiyaning shunday tarmogiki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham organadi. "Etnopsixologiya" atamasi etnologiya va psixologiya tushunchalarining qoshilishidan tarkib topgan bolib, grekcha "etnos" - xalq, qabila, "psixologiya"- ruh ilmi, degan manolarni anglatadi. Bu fan malum millat va etnik birlik vakillarining oziga xos ruhiy qiyofasi, xulq-atvorini, zamonaviy tilga ataladigan bolsa "mentalitetini" organadi. Har bir xalqka xos bolgan milliy xarakter, urf-odat va ananalar, milliy tuygular va did (tab), etnik ong va milliy ozini ozi anglashning vujudga kelishi, namoyon bilishi, ozgarishi va rivojlanishi kabi masalalar ham etnopsixologiyaning organish predmeti hisoblanadi. Oz navbatida shuni takidlash orinliki, oz navbatida etnopsixologiya ijtimoiy psixologiyaning tadbiqiy yonalishi hisoblanadi. Etnopsixologiyaga yaqin bolgan fan tarmogidan biri bu etnografiya bolib, ayrim alohida olingan madaniyatlarning xususiyatlarini bir-biriga qiyoslab, solishtirib organadi. Shu manoda etnopsixologiya turli etnoslarga mansub kishilar guruhidagi murakkab munosabatlarni organuvchi va ularni tartibga solishga ixtisoslashgan fan tarmogidir. Shu kabi va boshqa ommaviy psixologik jarayonlarning shaxs ijtimoiy xulq-atvoriga tasirini organuvchi ijtimoiy psixologiya va uning xususiy tarmogi bolgan etnopsixologiya ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarni bilishda va ularni boshqarishda katta amaliy ahamiyatga ega. Download 210.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling