Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


-MAVZU. DINIY FUNDAMENTALIZM, RADIKALIZM VA TERRORIZMNING TARIXI VA YO`NALISHLARI


Download 1.89 Mb.
bet70/139
Sana31.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1735567
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   139
Bog'liq
dinshunoslik majmua yangi

13-MAVZU. DINIY FUNDAMENTALIZM, RADIKALIZM VA TERRORIZMNING TARIXI VA YO`NALISHLARI
Reja:
1.Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati.
2.Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari.


Tayanch tushunchalar: ekstremizm, diniy ekstremizm, fundamentalizm, mutaassiblik, aqidaparastlik, terror, terrorizm, xalqaro terrorizm, firqalar, xorijiylar, soxta salafiylar.
Mavzu o‘quv maqsadi: ekstremizm, aqidaparsatlik, mutaassiblikning mohiyatini tushuntirish, terror va unga olib boradigan yo‘llarni ko‘rsatish, din niqobida faoliyat yuritadigan ekstremistik guruhlar hamda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari borasida ma’lumotlar berish.

1. Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati. Diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmagan. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish va unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylandi.


Ekstremizm (lotincha – «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish») jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. Ularga diniy tus berish esa, diniy ekstremizmga olib keladi.
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid g‘oyalarni aldov va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Ekstremistik qarashlarni barcha dinlarda, buddaviylik, xristianlik, islomdagi turli oqimlarda uchratish mumkin. Masalan, mutaxassislar katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukmron feodal-katolik cherkovi aqidalarini rad etuvchi kishilar – papa hokimiyati dushmanlarini ta’qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan inkvizitsiya faoliyatini ham ekstremizmning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida baholaydilar. Ammo hozirda islom dini niqobi ostidagi diniy-siyosiy harakatlar a’zolari tomonidan turli jinoyatlar sodir etilayotgani jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling